Geografiya olimining bu oxirgi ilovasi do‘stlariga qattiq ta’sir qildi.
— Menga qarang, Paganel, — dedi unga Glenar van, — nima uchun siz hujjatning bu yangicha tahlilini ikki oygacha sir saqlab yurdingiz?
— Sizlarni bekorga umidvor qilishni istamadim. Buning ustiga, biz bari bir ham hujjatda ko‘rsatilgan o‘sha o‘ttiz yettinchi parallelga joylashgan Oklendga kelayotgan edik.
— Xo‘sh, keyinchi, biz bu yo‘ldan chetga chiqib ketganimizdan keyin nega indamadingiz?
— Buning sababi shuki, men hujjatni qanchalik to‘g ‘ri tahlil qilgan bo'lmay, u kapitan Grantni qutqarishga bari bir yordam bermasdi.
— Nima uchun shunday deb o'ylaysiz?
— Oradan ikki yil o'tgan bo‘lishiga qaramay kapi tan Grantdan darak chiqmagan ekan, bu yo uning falokat natijasida yo‘q bo‘lib ketganini, yo yangi ze-landiyaliklar qo'lida halok bo‘lganini bildirardi.
— Xo‘sh, endi qanday fikrdasiz?
— Mening fikrim shunday: biz «Britaniya»ning qoldiqlarini topsak ham ehtimol, lekin unda falokatga uchragan odamlarning bittasi ham omon qolmagan.
— Bu to‘g ‘rida hech kimga og‘iz ochmanglar, do‘stlarim, — dedi Glenarvan. — Bu hunuk xabarni biror qulay fursat topib kapitan Grant bolalariga aytishni menga topshiringlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |