Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet326/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Y i g i r m a b i r i n ch i b o b
TABOR OROLI
Xursandlikdan hech kim o‘lgan emas: otasi ham, bolalari ham qayiq ularni kemaga olib borguncha o'zlariga keldilar. Shunda nimalar bo‘lganini tasvir-lab berishga so‘z qani! Bu uch kishining hech so‘zsiz bir-birining quchog‘ida singib ketganini ko'rib butun komanda yig‘ladi.
Garri Grant qadrdon Shotlandiyasining bir bo‘lagidek tuyulgan «Dunkan»ga chiqar ekan, Glenarvanga va uning hamrohlariga xayajondan titragan tovush bilan qizg'in tashakkur bildirdi.
Qayiq kemaga yetib kelguncha o'tgan qisqa vaqt ichida Meri va Robert kapitan Grantga bir necha og‘iz so‘z bilan uni qanday qidirganlarini so'zlab berdilar.
U olijanob xotin Elen Glenarvanga, uning ham­ rohlariga naqadar behisob qarzdor edi! Glenarvandan tortib to eng oddiy matrosgacha uni deb qanchadan-qancha qiyinchiliklar bilan kurashgan, mashaqqat tortgan emasmidi! Garri Grant qalbida to‘lib-toshgan minnatdorligini shunday oddiy, shunday olijanoblik bilan izhor qildi, shunda mardlik aks etib turgan chehrasidan shunday muloyimlik aks etar va nur yog‘ilib turardiki, buni ko'rgan butun komanda bar-cha tortgan azob-uqubatlarini unutib yubordi. Hatto hech narsaga pinagini buzmaydigan mayor ham ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Paganel esa ko‘z yoshlarini yashirishga harakat ham qilmay, yosh boladek ho‘ng-ho‘ng yig‘lar edi.
Garri Grant qizidan ko'zini ololmasdi. U Merini juda chiroyli, nafisa qiz bo‘lib yetilibdi deb va buni hammaga eshittirib ham qayta-qayta takrorlab, so‘zim to‘g‘rimi axir deb Elenni guvohlikka chaqirar-di. So‘ng o‘g‘liga qayrilib qarab, xursandlik bilan:
— Kap-katta yigit bo‘lib qolibdi-ya! — dedi. Keyin sevimli bolalarini yana qayta-qayta o‘pdi. Robert otasini navbatma-navbat hamma do'stlari
bilan tanishtirdi. Bola ularni har xil so‘zlar bilan xarakterlab, tanishtirishga harakat qilsa ham, Glenarvanning har bir hamrohi bu ikkala yetimga yaxshi munosabatda bo‘lgani bilan bir-biriga o'xshash odamlar bo‘lib chiqardi. Jon Manglsni tanishtirish navbati kelganda yosh kapitan qiz bolalardek qip-

625


qizarib ketdi, Merining otasi bilan suhbatlashar ekan, uning ovozi titrardi.
Elen kapitan Grantga o‘z sayohatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Kapitan o‘z o‘g‘li va qizi bilan faxr-lansa arzirdi.
Garri Grant kichkina qahramonning sarguzasht-larini eshitdi, shuningdek u Glenarvanga otasining qarzidan birozini qaytarganidan ham xabardor bo‘ldi. Elendan so‘ng Jon Mangls so‘zlay boshladi. U Meri to‘g‘risida shunday so'zladiki, ikkila yoshning bir-birini yaxshi ko'rishi to'g'risida Elen tarafidan oldin-roq xabardor qilib qo'yilgan Garri Grant qizining qo‘lini yosh kapitanning qo'liga tutqizdi.
Butun gaplar ming martalab hikoya qilinib bo‘lgandan so‘ng Glenarvan Garri Grantga Ayrton to‘g‘risida gap ochdi. Kapitanning so'ziga qaraganda, botsmanning uni Avstraliya sohiliga tushirib ketgan-lari to‘g‘risidagi hamma gapi rost ekan.
— U aqlli, mard yigit, — deb qo'shib qo‘ydi kapi­ tan, — lekin yomon yo'lga kirib ketgan. Esi joyiga tushib qolar, tavba qilib, odam bo‘lar, deb umid qi-lamiz.
Lekin Garri Grant Ayrtonni Mariya-Tereziya oroli-ga tushirib qo'yishlaridan oldin o‘z makonida yangi do'stlarini bir mehmon qilish umidida edi. U do‘stla-rini o‘z yog‘och uyida mehmon bo‘lishiga va Okeaniya Robinzoni dasturxonida bir maishat qilishga taklif qildi.
Glenarvan bilan hamrohlari bu taklifni mam-nuniyat bilan qabul qildilar. Robert bilan Meri ota-lari ularni sog‘inib, shuncha vaqt yolg‘izlikda kun kechirgan joylarni tezroq ko'rishga oshiqar edilar.
Suvga qayiq tushirildi, ko‘p o‘tmay kapitan bo-lalari bilan, Eduard va Elen Glenarvanlar, mayor, Jon Mangls va Paganel orolga borib tushdilar.
Garri Grantning mulkini aylanib chiqishlari uchun bir necha soat kifoya qildi. Bu orol aslda suv osti tog'ining cho‘qqisi bo‘lib, juda ko‘p bazalt qoyalar va vulqon jinslaridan iborat bir joy edi. Yer osti o'tining harakati natijasida bu tog‘ sekin-asta Tinch okean os-tidan ko‘tarilib chiqqan. Lekin oradan ko‘p asrlar o'tib, vulqon o‘chgan, shu tarzda tinchgina bir orolcha hosil bo‘lgan; unda hosil beradigan yer paydo bo'lgan; yangi yerda sekin-asta o'simliklar o‘sa boshlagan. Orol oldidan o‘tgan kit ovchilari unga uy hayvonlari —

626


echkilar va cho'chqalar tushirib ketganlar, ular esa ko'payib vaqt o'tishi bilan yowoyilashganlar.
Tinch okean suvlari orasida yo'qolib ketgan bu orolchada ana shunday qilib tabiatning uch xil mavju-dodi paydo bo'lgan. Orolda «Britaniya»da halokatga uchragan dengizchilar paydo bo‘lishi bilan tabiat kuchlari odamga bo‘ysungan. Ikki yarim yil vaqt ichi-da Garri Grant bilan uning matroslari orolni tanib bo'lmas darajada o‘zgartirib yuborgan edilar. Ular ekin eka boshlagan bir necha akr yer ularga juda yaxshi sabzavot hosili bera boshlagandi.
Mehmonlar ko‘m-ko‘k yelim daraxtlari soyasiga qurilgan uy oldiga keldilar; uy derazalari qarshisida quyosh nurlari ostida jilolanib yotgan dengiz yaslanib yotardi. Sershox daraxtlar soyasiga stol qo‘ydilar, hamma stol atrofidan joy oldi. Dasturxonga echki soni, nardu noni, bir necha idishda sut, bir necha poya yovvoyi sikoriya, toza muzdek suv keltirib

qo‘yildi.


Paganel o'zida yo‘q xursand edi. U yana Robinzon bo‘lishni orzu qila boshladi.
— Bu muttaham Ayrtonga achinmasak ham bo‘la-di: bu orol jannat-ku! —deb qichqirar edi shodlik bi­ lan geografiya olimi.
— Ha, u kema halokatiga uchragan uch bechoraga haqiqatan ham jannat bo‘ldi, — dedi Garri Grant. — Lekin men orolning kattaroq, serhosilroq emasligiga, unda ariq o'rniga daryo oqmaganiga, kichkinagina ko‘rfazcha o'rniga katta qulay port bo‘lmaganiga achinaman.
— Buning nimasiga achinasiz, kapitan? — deb so‘radi Glenarvan.
— Chunki men bu yerda, Tinch okeanda koloniya barpo qilib, uni Shotlandiyaga sovg'a qilgan bo‘lardim.
— Hali shunday deng, kapitan Grant! Demak, vatanimizda shunday dong chiqarishingizga sabab bo‘lgan o‘sha fikrdan hali ham qaytmabsiz-da? — de­ di Glenarvan.
— Yo‘q, qaytganim yo‘q, ser. Nazarimda, siz meni xuddi ana shuning uchun, o‘sha maqsadni amalga os-hirish uchun qutqarganday tuyulasiz. Bizning qadim Kaledoniyada yashovchi bechora kambag'al kishi-larimiz yangi yerda qashshoqlikdan boshpana topish-lari kerak. Vatanimizning shu dengizlarda faqat

627

uning o‘ziga qarashli bo‘lgan koloniyalari bo‘lishi kerak, Yevropada unga yetishmayotgan mustaqillik, farovonlik shu yerda bo‘lishi kerak.
— O! Yaxshi so‘z aytdingiz, kapitan Grant! — de-di Elen. — Mard odamlarga loyiq ajoyib plan! Lekin bu orol...
— Bizning qoya toshlardan iborat orolimiz bir necha kolonistnigina boqa oladi, bizga esa juda katta, hosildor yerlar kerak.
— Hechqisi yo‘q, kapitan, — dedi Glenarvan, — kelajak sizning qo'lingizda! Yangi yerlarni birga ax-taramiz.
Garri Grant bilan Glenarvan bu va’dani mus-tahkamlab qo‘ymoqchi bo‘lgandek, bir-birlarining qo'llarini mahkam qisishdi.
So'ngra hammalari bu orolda, mana shu oddiygina uyda o‘tirib, «Britaniya»da halokatga uchraganlar-ning odamlardan uzoqda uzundan-uzoq bo'lgan ikki yilni qanday o'tkazganliklarini eshitishga istak bildirdilar.
Garri Grant yangi do‘stlarining iltimosini bajoni-dil bajardi.

628


— Mening boshimga bo‘m-bo‘sh orollarga tushib qolgan barcha Robirzonlar boshiga tushgan kun kel-di,— deb boshladi u, o‘z hikoyasini. — Umid faqat o‘zlaridan ekanini yaxshi bilan bu Robinzonlar hayot uchun tabiat kuchlari bilan kurash boshlashlari ke-rakligini yaxshi biladilar. 1862-yil yigirma oltinchi iyundan yigirma yettinchi iyunga o‘tar kechasi olti kun quturgan bo‘ron vaqtida ishdan chiqqan «Britaniya» Mariya-Tereziya oroli qoyalariga kelib urilib, parcha-parcha bo'lib ketdi. Dengiz shunday quturar ediki, odamlarni qutqarib qolishning iloji bo‘lmay, butun bechora komandam halok bo‘ldi. Faqat ikki matros, Bob Pirs va Jo Bell bilan men juda ko‘p uringandan so‘ng sohilga chiqib oldik.
Bizni o‘z quchog'iga oigan yer uzunligi besh mil va kengligi ikki mil chiqadigan shu orolcha bo‘ldi. Unda o'ttiztacha daraxt o‘sib yotar, bir necha o'tloq-lar ko‘karib turar, shuningdek, baxtimizga, hech vaqt qurimaydigan bir necha toza suvli buloq qaynab yotardi. Ikki matrosim bilan yer sharining bir bur-chagida yo‘qolib ketgan bu orolga chiqib olgandan so‘ng men o'zimni yo'qotmay, qattiq kurashga tay-yorlandim. Baxtsizlikda hamrohim bo'lgan Bob bilan Jo menga g‘ayrat bilan yordam bera boshladilar.
Daniel Defo tasawuri bilan yaratilgan Robinzon singari biz ham ishni kemaning siniqlari, asbob-uskuna, biroz porox, qurol-yarog4 va biz uchun nihoyatda qimmatli bo‘lgan bir qop donni sohilga chiqarib olishdan boshladik. Dastlabki kunlarda juda qiynaldik, lekin ko‘p o‘tmay ov bizni boqa boshladi: orolda yowoyi echkilar juda ko‘p ekan, orol sohilida esa dengiz jonivorlari to‘lib yotibdi. Sekin-asta turmushimiz yaxshilanib ketdi.
Men qutqarib qolishga muyassar bo'lgan as-boblarim yordami bilan orolimizning qayerda ekanini aniqlab, u odatda kemalar qatnaydigan yo'ldan juda uzoqdaligini, faqat biror baxtli tasodifgina bizni qutqarishi mumkinligini bildim. Doimo sevimli bo-lalarim to‘g‘risida o‘ylab, lekin ularni qaytib ko‘rish-ga umid qilmay, men boshimga tushgan qiyinchilik-larga bardosh berishga ahd qildim. Biz tinim bilmay ishladik. Ko‘p o‘tmay bir necha akr yerga «Brita-niya»dan qutqarib oigan bug‘doyni ekdik. Kartoshka, sikoriy va shovul bizning odatdagi ovqatimizni yana ham quw atli qildi. Keyinchalik boshqa narsalar ham

629


eka boshladik. Keyin bir necha echki tutib oldik. Ularni o‘rgatish oson bo‘ldi. Shundan so‘ng sutli, yog‘li ham bo‘ldik. Qurib qolgan ariqlar tagidan o‘sib chiqqan nardudan ancha to‘q tutadigan non yopa boshladik. Qisqasi, qorin masalasidan endi g‘amimiz yo‘q edi.
«Britaniya»ning to'lqinlar sohilga chiqarib tashla-gan parchalaridan uycha qurib oldik, tomini yaxshi-lab mumlangan yelkanlar bilan yopdik. Shu tarzda yomg‘irlar davrida bahazo‘r jon asrasa bo‘ladigan boshpanali ham bo‘ldik. Bu uyda qanday planlar tuz-madik, qanday orzular qilmadik deysiz, — mana bu-tun o‘sha orzularimizning eng ajoyibi amalga oshdi! Oldin men «Britaniya» siniqlaridan qayiq yasab, den­ giz safariga chiqmoqchi ham bo‘ldim, lekin bizga eng yaqin bo'lgan yer — Paumotu arxipelagi bu yerdan bir ming besh yuz mil uzoqda. Bunday uzoq safarga hech qanday qayiq chidash berolmagan bo‘lardi. Bu fikrdan qaytishga to‘g‘ri keldi. Bizni faqat biror baxtli tasodif qutqarib qolishi mumkin edi.
Eh, jonim bolalarim! Sohildagi toshlar ustiga chiqib, dengizda biror kema ko‘rinib qolmasmikan deb necha-necha marta uzoqlarga tikildik! Biz bu yerda qamalib yotgan vaqt ichida nihoyati ikki-uch martag-ina uzoqdan yelkan ko‘rindi, lekin ko‘rindi-yu, darhol yana ko‘zdan yo'qoldi. Shu tarzda ikki yarim yil o‘tdi. Biz endi umidimizni uza boshlagan, lekin hali tamom umidsizlikka tushmagan edik.
Nihoyat, kecha bu yerdagi tog‘larning eng baland yeriga chiqib, birdan g‘arb tarafda yengilgina tutun ko‘rdim. Tutun tobora yaqinlashib kelaverdi. Ko‘p o‘tmay kema ham ko'rindi. U biz tarafga kelayotgan-dek edi. Lekin u orol yonidan o‘tib ketmasmikan? Axir uning bu yerda to‘xtashiga hojat yo‘q edi-da.
Eh, bu shunday og‘ir kun bo‘ldiki! Yuragimning yorilib ketmaganiga hayronman! 0 ‘rtoqlarim tog‘lar-dan birining tepasiga gulxan yoqishdi. Qorong‘u tushdi, lekin kemada bizni ko‘rganliklarini bildiruv-chi bironta ham belgi yo‘q edi. Vaholanki qutuli-shimizga butun umid ana shu kemada edi. Nahotki u ham o‘tib ketaversa! Ikkilanib o‘tirishga o‘rin qolma-di. Qorong'u quyuqlashib borardi. Kechasi kema orol-ni aylanib o‘tib o‘z yo‘liga ketaverishi mumkin. Men o‘zimni suvga tashladim-da, kema tarafga suzib ket-dim. Umid kuchlarimni uch hissa oshirib yubordi.

630



o 'y la b
Men odamzod qo‘lidan kelmaydigan darajada zo‘r g‘ayrat bilan to‘lqinlarni yorib borardim. Kemaga yetib borishimga nihoyat o‘ttiz sajencha qolganda, birdan kema yo‘nalishini o'zgartirib, boshqa tarafga burildi. Shunda men jon-jahtim bilan qichqirdim, mening ovozimni faqat bolalarim eshitibdilar, buning ularga shunday tuyulgan bo‘lishi ham mumkin emas-di. Shundan so‘ng men hayajondan o'zimni yo‘qotgan va horgan holda sohilga qaytdim. Matroslar meni cha­ la jon holda suvdan tortib oldilar. Biz orolda o‘tkaz-gan bu oxirgi kun nihoyatda og‘ir bo‘ldi. Biz xalosko-rimizning mangulikka shu yerda sekin-asta suzib yur-gan ekan. Keyin undan qayiq tushirildi. Biz qutuldik! Baxtni qarangki, qimmatli bolalarim ham o‘sha qa-yiqda men tarafga qo'lini cho'zib turar edilar!..
Garri Grantning hikoyasi tugar ekan Meri bilan Robert uni yana qayta-qayta quchoqlab o‘pdilar. Ana shundagina kapitan o‘zining najot topishiga sabab halokat yuz berganidan bir hafta keyin o‘zi shisha ichiga solib, dengizga tashlagan o‘sha hujjat ekanini bilib qoldi.
Lekin Jak Paganel bu vaqt ichida nimalarni o‘tirgan edi?
Muhtaram olim hujjatning so‘zlarini ming marta-lab miyasidan o‘tkazar edi. U hujjatni uch marta uch xil tahlil qilganini, biroq uchovi ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqqanini xotiridan o‘tkazardi. Dengiz suvi ko‘p so‘zlarini o‘chirib yuborgan bu hujjatda Mariya-Tereziya oroli qanday ko'rsatilgan bo‘lishi mumkin?
Paganel sabri chidamay, Garri Grantning qo'lidan ushladi.
— Kapitan, — dedi u, — aytsangizchi axir, o‘sha sirli hujjatga nimalar deb yozgan edingizl
Geografiya olimining bu so‘zlarini eshitib, ham-malari kapitanning og‘ziga qarab qoldilar: hozir ular to'qqiz oydan beri ma’nosiga yetolmagan sir ochilishi kerak edi-da!
— Kapitan, hujjatdagi so'zlarni aniq eslaysiz-mi? — deb davom etdi Paganel.
— Juda yaxshi esimda, — deb javob berdi Garri Grant. — Men o‘sha so‘zlarni takrorlamagan kun yo‘q edi: axir butun umidimiz o‘sha hujjatdan edi-da!
— Unga nima deb yozgan edingiz, kapitan? — deb so‘radi Glenarvan. — Shuni bizga ma’lum qiling: bu­ tun aqlimizni shunga ishlatganmiz-a!

631


— Xizmatingizga hozirman, — deb javob berdi Garri Grant. — Bu yerdan qutulishga umid ko'proq bo‘lsin uchun men shishaga uch tilda uch xujjat sol-ganman, bu sizga ma’lum bo'lsa kerak, albatta. Ulardan qaysi biri qiziqtiradi sizni?
— Axir ular bir ma’noni bildiradi-ku, — dedi Paganel.

— To‘g‘ri, faqat bir ismdan boshqa hammasi bir xil.


— Bo‘lmasa fransuz tilidagi hujjatning tekstini aytib bering, — deb iltimos qildi Glenarvan: — dengiz suvida eng kam o'chgani fransuzchasi edi, shuning uchun biz asosan fransuz tilidagi hujjatga asoslanib ish ko‘rdik.
— Hujjatni so‘zma-so‘ziga o‘qib beraman, mana u: «1862-yil 7-iyunda Glazgodan chiqqan uch machtali «Britaniya» kemasi Janubiy yarim sharda, Patagoniyadan bir ming besh yuz le masofada halokatga uchradi. Ikki matros bilan kapitan Grant Tabor oroliga yetib oldilar.»
— Nima?! — deb qichqirib yubordi Paganel.
— «Bu yerda, — deb davom etdi Garri Grant,— doim qiyinchiliklarni boshidan kechirib, 153°uzunlik-da va 37° 11' kenglikda shu hujjatni suvga tashladilar. Ularga yordam qilinglar».
«Tabor» so'zini eshitgan Paganel sakrab o'rnidan turib ketdi. So‘ng o‘zini tutolmay:
— Nima — Tabor oroli dedingizmi? Axir bu Mariya-Tereziya oroli-ku! — deb qichqirdi.
— To‘ppa-to‘g‘ri, mister Paganel, — deb javob berdi Garri Grant. — Ingliz va nemis kartalarida u Mariya-Tereziya oroli deb, fransuz kartalarida esa — Tabor oroli deb ataladi.
Shu payt allakim Paganelning yelkasiga kuchining boricha musht tushirib, uni yerga yiqitdi. Rostgo‘y bo'lish uchun shuni aytishimiz kerakki, bu birinchi marta o‘zini tutolmay qolgan mayorning ishi edi.
— Geograf bo‘lmay qol! — dedi Mak-Nabbs, chek-siz nafrat bilan.
Lekin Paganel musht zarbini sezmadi ham. Uning olimlik g‘ururiga tekkan zarbaga nisbatan bir musht-ning zarbasi nima degan gap?
Shunday qilib, kapitan Grantga o‘zi so‘zlab bergandek, u sekin-asta haqiqatga yaqinlashib kelavergan. Navbati bilan u Patagoniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya halokat yuz bergan yer ekanligi

632


shubhasiz degan qarorga kelgan Contin degan so‘z bo‘lagini u dastlab continent (kontinent) deb o'qigan, bu so‘z sekin-asta o‘zining continnenlle (doimiy) de­ gan ma’nosini oladi; indi dastlab Indiens (hindular) deb so‘ng indigens (yerliklar) deb nihoyat, indigence (muhtojlik) deb to‘g‘ri o‘qiladi. Faqat abor degan so‘z bo‘lagi zehni o‘tkir geografiya olimini yanglishtiradi. Paganel uni nuqul aborder (chiqib olmoq) degan fe’l-ning o'zagi deb o‘qiydi, vaholanki «Britaniya» halokatga uchragan, Mariya-Tereziya orolining, fran-suzlar Tabor deb ataydigan orolning ismi ekan. To‘g‘ri, «Dunkan»dagi barcha kartalarda bu orol «Mariya-Tereziya» oroli deb ko‘rsatilgandan keyin bu xatoga yo‘l qo‘ymaslikning iloji yo‘q edi.
— Bari bir! — deb qichqirar edi Paganel, jon-jahti bilan sochlarini yulib. — Men bu orolning ismi ikki xil ekanini unutmasligim kerak edi! Bu Geografiya jamiyatining sekretariga yarashmaydigan, yo‘l qo‘yib bo'lmaydigan xato! Sharmanda bo'ldim!
— Janob Paganel, o'zingizni bosing! — deb unga dalda berardi Elen.

— Yo‘q, yo‘q! Men eshakman, eshak!


— Eshak bo‘lganda ham o‘rgatilmaganisiz, — deb unga dalda bergan bo'ldi mayor.
Ovqatlanib bo‘lganlaridan so‘ng Garri Grant uy-ro‘zg‘orini tartibga keltirishga kirishdi. U jinoyatchi, sofdil odamning ro‘zg‘orini meros qilib olsin uchun hech narsa olib ketmadi.
Hammalari «Dunkan»ga qaytdilar. Glenarvan o‘sha kuniyoq jo‘nab ketmoqchi edi, shuning uchun u botsmanni sohilga tushirib qo'yishni buyurdi. Ayrtonni kemaning yut qismiga olib keldilar, Garri Grant ham o‘sha yerda edi.
— Bu menman, Ayrton, — dedi Grant.
— Ko‘rib turibman, kapitan, — deb javob berdi botsman, sira ham hayron qolmay. — Nima ham der edim, sizni sog‘-salomat ko‘rganimga xursandman.
— Ayrton, aftidan, men sizni odamlar yashaydi-gan joyga tushirib xato qilganga o‘xshayman.

— Shunaqaga o'xshaydi, kapitan.


— Siz hozir mana shu bo‘m-bo‘sh orolda mening o‘rnimga qolasiz. Odamlarga qilgan yomonliklaringiz uchun tavba qilarsiz deb o‘ylayman.
— Hammasi ham bo‘lishi mumkin, — hotirjamlik bilan javob berdi Ayrton.

633


Glenarvan botsmanga qarab dedi:
— Xo'sh, Ayrton, siz hali ham kimsasiz orolga tushirib ketishimni talab qilasizmi?

— Ha.


— Tabor oroli sizga ma’qulmi?

— Juda ma’qul.


— Ayrton, endi mening sizga aytmoqchi bo'lgan oxirgi so'zimga quloq soling. Siz bu yerda har qanday yerdan ham juda uzoqda bo'lasiz, boshqa odamlar bi­ lan munosabatda bo‘lishdan mutlaqo mahrum qolasiz. Mo’jizalar kam bo‘ladi: siz bu oroldan qochib ketol-maysiz. Siz yolg‘iz qolasiz, lekin kapitan Grant sin-gari yo‘qolib ketmaysiz, butun dunyodan ajralib qol-maysiz. 0 ‘zingiz odamlarning esga olishiga arzimay-digan kishi bo‘lsangiz ham, lekin ular sizni yodda saqlaydilar. Men sizni qay yerdan topish kerakligini bilaman, Ayrton, buni unutmayman ham.
— Rahmat, — deb oddiygina javob berdi Ayrton. Glenarvan bilan botsmanning suhbati shu bilan ta-

mom bo‘ldi.

Qayiq tayyor turardi. Ayrton unga tushdi.
Jon Mangls sal oldinroq orolga bir necha yashik konserva, kiyimbosh, asbob-uskuna, qurol, shu-ningdek porox bilan o‘q dori tushirib qo‘ygan edi. Shunday qilib, botsman ishlash imkoniyatiga va mehnat qilib odam qatoriga qo‘shilish imkoniyatiga ega edi. Odam uchun zarur bo'lgan barcha narsalar, hatto kitoblar ham bor edi.
Ayrilish vaqti keldi. Komanda va yo‘lovchilar palubaga to‘plandilar. Ko‘p kishilarning yuragi siqil-di. Meri Grant bilan Elen hayajonlarini yashira olmas edilar.
— Uni tashlab ketish juda zarurmi? — deb so‘radi yosh ayol eridan. — Shu bechorani tashlab ketish ju ­ da zarurmi-a?
— Ha, Elen, zarur, — deb javob berdi Glenarvan.

— Jazosi!


Shu payt qayiq Jon Manglsning buyrug'i bilan orol tomonga suzib ketdi. Har vaqtdagidek hotirjam bo'lgan Ayrton shlyapasini yechdi-da, jiddiylik bilan egilib ta’zim qildi.
Glenarvan, undan so‘ng esa butun komanda go‘yo o'layotgan odamning to‘shagi tepasida turgandek bosh kiyimlarini qo‘lga oldilar. Qayiq tobora uzoq-lashib borar, palubadagilar hammasi jim turardi.

634


Qayiq sohilga yetganda Ayrton sakrab qum ustiga tushdi, qayiq esa kema yoniga qaytib keldi. Kunduz soat to‘rt. Kemaning yut qismida turgan yo‘lovchilar qo‘llarini ko'ksiga qovushtirib, dengiz bo‘yidagi kat-ta qoyada haykaldek qotib turgan botsmanni ko‘rib turar edilar. Uning ko'zlari, «Dunkan»da edi.
— Jo'nayveramizmi, ser? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Ha, Jon, — deb javob berdi Glenarvan. U haya-jonlanar, lekin o‘zi buni sezdirmaslikka tirishardi.
— 01g‘a! — deb qichqirdi kapitan, mexanikka. Trubalarda bug* chiyilladi, vint ishga tushdi, soat
sakkizda Tabor orolining so'ngi cho‘qqilari kechki g‘ira-shirada ko'zdan g‘oyib bo'ldi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish