921-18 guruh talabasi
Razzakova Shalolaning
3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini shakllantirish
Ishdan maqsad: O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini shakllantirishda q’o’llaniladigan usul va vositalar haqida ma’lumot berish Vazifalar: O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini shakllantirishda q’o’llaniladigan usul va vositalarni tahlil qilish Kutilayotgan natija: Tahlil qilingan usullarni amaliyotda qo’llay olish.
Nazorat savollari: sssavsavollari
O’qitish motivatsiyasi nima?
An’anaviy va innovatsion o’qitishning afzalligi va kamchiligi?
Reproduktiv va produktiv tur nima?
Nazorat savollsriga javoblar:
O‘quv faoliyati motivlari deganda o‘quv faolligi namoyon bo‘lishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar: ehtiyojlar, maqsadlar, ustanovkalar, burch hissi, qiziqishlar va boshqalar tushuniladi. G.Rozenfeld o‘qish motivatsiyasining quyidagi omillarini ajratgan.
Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik.
Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish.
Ijtimoiy identifikatsiya uchun o‘qish.
Muvaffaqqiyatga erishish yoki muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish.
Majburlab yoki qo‘rqqanidan o‘qish.
Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga asoslangan o‘qish.
Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish.
8.Ijtimoiy maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim
2. An’anaviy ta’lim kamchiliklari:
materialni o‘rtacha umumiy o‘rganish surati
bilimlarni yagona o‘rtacha hajmi
bilimlarni o‘zlashtirishga doir mustaqil ishga tayanmay, o‘qituvchi orqali tayor holda olinadigan bilimlar salmog‘ining kattaligi
o‘qituvchi beradigan bilimlari o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishini qariyib butkul bilmaslik
diqqat chalg‘ishiga ob`yektiv zamin yaratuvchi materialni so‘zda bayon etish usullarining ustunligi
o‘quv materiali etarlicha bo‘linmagani sababli mustaqil ish qilishining qiynligi
talabalar hotirasiga ko‘p yuk tushishi: kimning hotirasi yaxshi bo‘lsa, u yaxshiroq yodga ola biladi, real professional faoliyat bilan sust aloqa va boshqalar
An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi.
O`qitishning noan`anaviy modellari ni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi. ... Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir. Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi. O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi
3. Bu usullar o’quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o’quvchilarning o’quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi.
Reproduktiv usullar - o’quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo’lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, o’quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo’q bo’lsa samarali qo’llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o’quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |