Shunday bo‘lsa ham, o‘z taqdirini hech qanday garovsiz Glenarvan qo'liga topshirgan Ayrtonning bu e ’tirofi do'stlarning yuragini yumshatib yubordi. Ularga botsmanning:
— Shunday qilib, ser, men sizlarni ogohlantirib qo'ydim: bu bitim sizlardan ham ko‘ra menga foy-daliroq bo‘ladi, — degan oxirgi gapi ularga ayniqsa qattiq ta’sir qildi.
— Buning ahamiyati yo‘q, — deb javob berdi Glenarvan. — Men taklifingizni qabul qilaman. Sizni Tinch okean orollaridan biriga tushurib ketishga va’-da beraman.
— Yaxshi, — deb qo‘ydi botsman.
Bu g'alati odam Glenarvanning qaroridan rozi edimi yo yo'qmi? Uning bundan roziligiga ishonish ham qiyin edi, chunki Ayrtonning hech qanday ehtirossiz yuzida hayajon izlari aslo sezilmadi. U g o ‘y o o‘ziga emas birovga oid muzokaralar olib boray-otgandek tuyulardi.
— Men javob berishga hozirman, — dedi u.
— Biz sizga savol berib o'tirmaymiz, — deb e’tiroz bildirdi Glenarvan. — Ayrton, siz bizga o'zingiz bil-gan bor gapni gapirib beravering, eng oldin esa o'zin-gizning kimligingizni ayting.
— Janoblar, — deb gap boshladi Ayrton, — men haqiqatan ham «Britaniya»ning botsmani Tom Ayrton bo'laman. 1861-yilning o‘n ikkinchi martida, Garri Grantning kemasida Glazgodan safarga chiqqanman. 0 ‘n to‘rt oy mobaynida biz u bilan birga Shotlandiya uchun koloniya barpo qilishga yaraydi-gan yer axtarib, Tinch okean suvlarida suzib yurdik. Garri Grant katta ishlar uchun yaratilgan odam edi, lekin ikkalamiz o'rtamizda tez-tez jiddiy chiqish-movchiliklar bo‘lib turardi. Uning xarakteri menga to‘g‘ri kelmasdi. Men birovga so‘zsiz bo‘ysunishni yoqtirmayman, Garri Grant esa biror qaror qildimi — tamom: unga sira qarshilik ko'rsatib bo'lmaydi. U o'ziga nisbatan ham, boshqalarga nisbatan ham temirdek mustahkam odam. Shunday bo'lsa ham men unga qarshi bosh ko‘tarishga jur’at etdim. Men ko-manda orasida isyon chiqarib, kemani o‘z qo‘limga ol-ishga urinib ko'rdim. Mening qanchalik haq yo no-haqligim — boshqa masala. Har qalay, Garri Grant 1862-yil sakkizinchi aprelda meni hech ikkilanmay Avstraliyaning g ‘arbiy sohiliga tushirib ketdi.
20 Kapitan Grant bolalari. 609
— Avstraliyaga deysizmi? — deb takror so'radi mayor, uning hikoyasini bo‘lib. — Demak, siz «Britaniya »dan kema to‘g ‘risida oxirgi ma’lumot olingan joy — Kalyaoga yetmasdan tushib qolgan ekansiz-da?
— Ha, — deb javob berdi botsman. — Men «Britaniya» bortida ekanimda kema Kalyaoga biron marta ham kirgani yo‘q. Paddi O’Mur fermasida siz larga Kalyao to‘g ‘risida gapirganimning sababi faqat shuki, «Britaniya»ning o‘sha yerda to‘xtaganini siz-larning hikoyangizdan eshitib oldim.
— Davom eting, Ayrton, — dedi Glenarvan.
— Shunday qilib, men deyarlik bo‘m-bo‘sh sohilda, Pert ahloq tuzatish turmasidan nihoyati o‘n ikki mil joyda yolg'iz o‘zim qoldim. Sohilda kezib yurib, men yaqindagina turmadan qochgan mahbuslarni uchrat-dim-da ularga qo'shilishdim. Keyingi ikki yarim yil-lik umrim to‘g‘risida indamay o‘tishga ruhsat etasiz-lar. Faqat shuni aytishim mumkinki, men Ben Joys laqabi ostida qochqin mahbuslar shaykasining bosh-lig‘i bo‘lib qoldim. 1864-yilning sentabr oyida men ir-landiyalikning fermasiga kelib, o‘zimning haqiqiy is-mim bilan batrak bo‘lib ishga joylashdim. Men bu fermada biror kemani qo‘lga tushirish uchun qulay fursat kelishini kutib yurdim. Bu mening eng katta orzum edi. Ikki oydan keyin u yerga «Dunkan» kelib qoldi. Sizlar fermaga kelib mehmon bo'lganingizda
kapitan Grantning tarixini gapirib berdinglar. 0 ‘shanda men o'zimga ma’lum bo‘lmagan narsalarni bilib oldim: bu — «Britaniya»ning Kalyaoga kirgani va kemaga oid oxirgi ma’lumot 1862-yilning iyun oyi da (meni kemadan tushirib ketganlaridan ikki oy keyin) olingan edi. Shuningdek, men qo‘lingizda ke-maning o‘ttiz yettinchi parallelda halokatga uchra-gani to‘g‘risida hujjat borligini va, nihoyat, Garri Grantni faqat Avstraliyadan axtarish kerak degan muhim dalillaringiz borligini eshitib oldim. Men taraddudlanib o‘tirmadim. Men «Dunkan»dan, Britaniya flotining eng tezyurar kemalarini ham orqada qoldirib keta oladigan bu ajoyib kemani qo‘lga tushirishga ahd qildim. Lekin «Dunkan» jiddiy shikastlangan bo'lib, remontga muhtoj edi. Shuning uchun men uning Melburnga ketishiga yo‘l qo'ydim. 0 ‘zim esa men «Britaniya»ning botsmaniman, deb — bu haqiqatan ham shunday edi, — sizlarni kapitan
610
Grant kemasining o‘zim o‘ylab topgan halokat joyiga, ya’ni Avstraliyaning sharqiy sohiliga boshlab borish-ni taklif qildim. Sizning ekspeditsiyangizni Viktoriya viloyatiga ana shunday qilib jo‘natdim. Shaykam goh bizdan oldin, goh keyin kelar edi. Shovvozlarim Kemden ko‘prigida befoyda bir jinoyat qildilar: u shuning uchun befoyda ediki, «Dunkan» sharqiy so-hilga kelishi bilanoq, albatta, mening qo'limga tush-gan bo'lardi, «Dunkan»dek kema bilan esa men okeanga xo'jayin bo‘lib olardim. Shunday qilib, birontangizda ham ishonchsizlik uyg‘otmay, otryadingizni Snou daryosi bo'yigacha boshlab bor-dim. Gastrolobium bilan zaharlangan otlar bilan ho‘kizlar birin-ketin o‘ldi. Aravani Snou botqoqligiga botirdim. Mening qattiq turib, qilgan iltimosim bi lan... Boshqa gaplarni o'zingiz ham yaxshi bilasiz, shunga ham imoningiz komil bo‘lsinki, agar janob Pagenel parishonlik qilmaganda, men hozir «Dunkan»da qo‘mondonlik qilayotgan bo‘lardim. Mening o‘tmishim ana shunday, janoblar. Baxtga qarshi, men keltirgan ma’lumotlar sizlarni Garri Grantning iziga tushura olmaydi. Ko'rganingizdek, bitimimiz sizdan ko‘ra menga foydaliroq.
Botsman jim qoldi, o‘z odatiga ko‘ra, qo'llarini ko'kragi ustiga qovushtirib, javob kuta boshladi. Glenarvan bilan uning do‘stlari jim o‘tirar edilar. Ular bu g ‘alati muttahamning hikoyasida sira ham yolg'on yo‘qligiga ishongan edilar. U «Dunkan»ni o'ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga binoan qo‘lga tushirolmay qolgan. Uning sheriklari Tufold ko‘rfazi sohiliga to‘planganlar, bunga Glenarvan topgan ka-torjniklar kurtkasi guvoh bo‘la oladi. Ular bu yerda atamanlarining buyrug‘iga binoan «Dunkan»ning ke-lishini kutganlar, oxiri toqatlari toq bo‘lib, yana Yangi Janubiy Uells qishloqlarini talon-toroj qilish va o‘t qo‘yib kuydirish bilan shug‘ullanib ketganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |