Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet162/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

366


sherst k o ‘y la k kiygan, iflos va zax yerlarda yashayot-gan uzun soqol oltin qidiruvchilarni bir ko‘rsangiz edi! To‘xtovsiz urilayotgan belkuraklarning taraq-turuqi quloqni batang qilar, harom o‘lgan hayvonlarning qo'lonsa hidi dimoqqa urilardi. Bechora oltin qidiruv-chilarning tepasida doim nafasni bo‘g ‘uvchi quyuq to‘zon uchib yurardi. Albatta, bunday sharoitda juda ko‘p odam qirilib ketishi turgan gap. Barcha avan-tyuristlar boyib ketsa ham boshqa gap edi-ya! Ammo bu azob-uqubatlardan naf yo‘q edi, agar yaxlilab hisoblab ko'rilsa, muhtojlik va azob-uqubatda halok bo‘lgan yuzta, ikki yuzta, hatto mingta oltin qidiruv-chidan bittasigina boyigan bo‘lib chiqardi.
0 ‘sha vaqtda oltinni qanday usulda kavlagan-larini aytib berolmaysizmi bizga, Paganel? — deb so‘radi Glenarvan.
Juda ham oddiy usulda kavlanardi, — deb javob berdi geografiya olimi. — Dastlabki oltin axtaruvchi-

367


lar qimmat baho metallni hozir Fransiyaning ba’zi yerlarida yuviladiganday yuvardilar. Endi esa oltin qazuvchi kompaniyalar boshqacha usulda ishlaydilar: ular oltinning katta-katta parchalari, mayda bo‘laklar va qumi g‘uj bo‘lib to‘planib yotadigan joygacha, avji konigacha qazib tushadilar. Lekin dastlabki oltin ax-taruvchilar oltinni faqat qumdan yuvib olish bilan cheklanar edi. Ular yerni kavlashardi, ichida oltin ko‘proq tuyulgan joyini olishardi-da, keyin uni yuvib, qimmat baho metallni ajratib olishardi. Yuvish mashina yordamida bo'lardi. Bu ikki bo‘lim^a ajratil-gan, uzunligi besh futdan olti futgacha bo'lgan tobut-ga o'xshash yashik edi. Bo'limlardan birida bir necha elak ustma-ust o'rnatilgan bo‘lar, eng tagidagisi ham-masidan ham mayda katakli edi. Ikkinchi bo‘limning tagi torroq bo'lardi. Birinchi bo‘limning eng tepasida-gi elakka oltin aralash tuproq solinardi-da, ustidan suv quyilardi, keyin uni beshikdek tebrata boshlardi-lar. Shunda yuqoridagi elakda toshlar ajrab qolardi, pastdagilarida esa ruda bilan qum to‘planardi. Suyuq loyga aylangan tuproq bo‘lsa suv bilan birga tagi tor ikkinchi bo‘limga oqib tushib ketardi. 0 ‘sha vaqtlar-da ishlatiladigan mashina ana shunday edi.
Lekin o'shani ham sotib ola bilish kerak edi-da, — dedi Jon Mangls.
Odatda bu mashinani boyib ketganlardan yo xonavayron bo'lgan oltin izlovchilardan sotib olinardi yoki usiz bir amal qilinardi.

Uning o‘rniga nima ishlatishardi? — deb so‘ra-di Meri Grant.


Tunuka ishlatishardi, aziz Meri, oddiy taxta tunuka ishlatishardi. Tuproqni xuddi bug‘doy sovur-gandek shamolda sovurardilar, farqi faqat shu ediki, bug‘doy o‘rniga ba’zan oltin zarralari ajrab chiqardi. Oltin talvasasi. boshlangan dastlabki yillarda xuddi ana shu usul bilan ham ko'pgina odamlar boyib oldi. Ko'rdingizmi, do‘stlarim, bir juft etik bir yuz ellik frank, bir stakan limonad o‘n shilling tursa ham o‘sha vaqtlar juda serdaromad edi. Doim temirni qizig‘ida bosgan kishi foyda qiladi-da. Oltin hamma yerda ham mo‘l-ko‘l edi: yerning yuzasida ham, ariq va anhorlar ostida ham, hatto Melburn ko'chalarida ham serob edi — ko'chaga tosh yotqizgan ustalarga ham oltin qumi bilan haq to‘lardilar-da. Xullas, 1852-yilning


368

yigirma oltinchi yanvaridan yigirma to ‘rtinchi fevraligacha Aleksandr tog'idan Melburnga hukumat qo‘shinlari soqchiligi ostida sakkiz million ikki yuz o‘ttiz sakkiz ming yetti yuz ellik frankli qimmat baho metall tashib olindi. Bu o‘rta hisob bilan bir kunga bir yuz oltmish to‘rt ming yuz yigirma besh frankdan to‘g ‘ri keladi.
Birdan boyib ketish hodisalari ham bo‘lgan-mi? — deb so‘radi Elen.
Ba’zi odamlar boyib ketgan.

Siz o‘sha hodisalarni ham bilasizmi? — deb so'radi Glenarvan.


Albatta, bilaman, — deb javob berdi Paga-nel. — 1852-yilda Ballarat okrugida og‘irligi besh yuz sakson ikki unsiya kelgan yaxlit oltin topilgan, boshqa bir yaxlit oltin Jislendda topilgan, — uning og'irligi yetti yuz sakson ikki unsiya kelgan; yana xuddi o‘sha yerda 1861-yilda og‘irligi sakkiz yuz o‘ttiz to‘rt unsiya kelgan yaxlit oltin bo‘lagi topildi.
Bu konlar ochilgandan keyin yer yuzida oltin qazish qancha ortdi? — deb so‘radi Jon Mangls.
Juda ortib ketdi, qimmatli Jon. Asrimizning boshida qazib olingan oltinning miqdori qirq yetti million frankka teng edi, hozir esa Avstraliya, Yevropa, Osiyo va Amerikada to‘qqiz yuz million frankli deyarlik bir milliardli oltin qazib olinmoqda.
Demak, janob Paganel, hozir siz bilan biz tur-gan yerda, oyog‘imiz ostida juda ko‘p oltin yig‘ilib yotgan bo'lishi ham mumkin ekan-da? — deb so‘radi Robert.
Ha, azizim, millionlab oltin bo‘lishi mumkin. Biz ularni bosib yuribmiz. Rostki, biz uni toptab yur-gan ekanmiz, bu bizning oltinni nazar-pisand qil-masligimizni ko'rsatadi.
Demak, Avstraliya baxtli mamlakat ekan-da?

Yo‘q, Robert, — dedi geografiya olimi, — oltin-ga boy mamlakatlar hech vaqt baxtli bo‘lgan emas. Unday mamlakatlarda kuchli va mehnatkash odamlar emas, aksincha, dangasalar ko‘payadi. Braziliya, Meksika, Kaliforniya, Avstraliyani olib ko‘r. 0 ‘n to‘qqizinchi asrda ularning ahvoli qay holatda? Shuni yaxshi bilib ol, o‘g‘lim: farovonlik oltin mamlakatiga emas, temir mamlakatiga xosdir.


369



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish