Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


‘ n b e sh i n ch i b o b



Download 0,7 Mb.
bet163/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

0 ‘ n b e sh i n ch i b o b
«AVSTRALIYa VA YaNGI ZELANDIYa GAZETASI»
2 yanvar kuni tong otarda sayohatchilarimiz oltin konlari rayoni va Talbot grafligidan chiqib ketdilar. Endi ular Dalxouz grafligidan o‘tib borar edilar. Bir necha soatdan so‘ng otryad Kalboan va Kempeys-River daryolaridan kechib o‘tdi. Sayohat-chilarimiz mo‘ljal-lagan yo'llarining yarmisini o‘tgan edilar. Shunday yaxshi sharoitda yana o‘n besh kun yo‘l yurilsa, kich-kina otryad Tfold ko‘rfaziga yetib boradi.
Hammalari sog‘-salomat edilar. Paganelning Avstraliya ob-havosi to‘g‘risida aytgan gaplari to‘g ‘ri chiqdi. Havo beg'ubor, kun ham unchalik issiq emas. Otlar bilan ho'kizlar ham odamlar singari o‘zlarini ju­ da yaxshi his qilardilar.
Shuni aytish kerakki, Kemden ko‘prigidan keyin otryadning yo‘l bosish tartibida biroz o‘zgarish bo'ldi. Ayrton temir yo‘ldagi halokat jinoyat natijasi-da bo'lganidan xabar topgach, shu vaqtgacha zarurat bo'lmagan esa-da, ba’zi ehtiyot choralarini ko‘rish kerak, degan fikrni bildirdi. Endi otliqlar aravani nazardan qochirmas, tunash uchun to‘xtagan paytlar-da esa galma-galdan navbatchilik qilar, ertalab bir, kechqurun bir qurollarini yaxshilab ko'zdan kechirar edilar. Hozircha hech qanday xavf-xatarga duch kel-magan bo'lsalar ham, shu atrofda muttahamlar shaykasi izg‘ib yurgani ma’lum bo‘lgandan so‘ng ehtiyot choralarni ko‘rib qo‘yish shart edi. Bu ehtiyot choralari Elen bilan Meridan yashirin holda ko'rilishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum: Glenarvan ularni qo'rqitish-ni istamasdi.
Bu choralarni ko'rib qo‘yish zarur edi. Ehtiyot-sizlikka yoki hatto salgina beparvolikka yo‘l qo‘yilsa, ishning chatog'i chiqishi mumkin. Muttahamlar shaykasidan xavfsirayotgan faqat bizning sayohatchi-larimizgina bo‘lmay uzoq-uzoqlardagi shahar aholisi ham, skvatterlar ham o‘z manzillarida hujum va har qanday kutilmagan voqialarga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘ymoqda edilar. Qosh qorayar-qo-raymas hamma uylarning eshigi taqqa-taq yopilar, zanjirdan bo'shatib yuborilgan itlar begona odamning yaqinlashganini sezgan hamon akillashib, shovqin-suron ko'tarardi. 0 ‘z podasini tunash uchun bir yerga to‘plagan har bir podachining egari qoshida karabin

370


osig‘liq turardi. Bu ehtiyot choralari Kemden ko‘prigida yuz bergan jinoyat to‘g‘risidagi xabar tar-qalgandan keyin ko‘rila boshladi. Shu paytgacha eshik va derazalarini lang ochib yotadigan ko'pgina kolonistlar endi qosh qoraydi deguncha eshik va de­ razalarini taqqa -taq yopib olar edilar.
Shuningdek, viloyat ma’murlari ham o‘zlarining hushyorlik va jonkuyarliklarini ko‘rsatuvchi ba’zi choralarni ko'rdilar. Tevarak-atrofga mahalliy jan-darm otryadlari jo‘natildi. Telegrammalar nazorat os­ tida yuborila boshladi. Ilgarilari pochta aravalari kat-ta yo'llarda soqchisiz yuraverar edi, sayohatchilari-mizning otryadi Kilmordan Xitkotga boradigan katta yo‘lni kesib o‘tgan kuni ular oldidan chang-to‘zon ko‘tarib, pochta aravasi o‘tib qoldi, arava qanchalik tez o‘tib ketgan bo‘lmasin, Glenarvan arava eshigi yonida borayotgan polismenlarning karabinlarini ko‘rib oldi. Avstraliyada oltin konlari ochilgan payt-da qit’aga Yevropadan odamlar uzluksiz oqib kela boshlagandagi janjal-suron payt hali ham tugamagan ekan, deb o‘ylash mumkin edi.
Kilmor yo‘lidan bir mil o'tgandan so‘ng arava yuz-lab kilometrga cho‘zilgan, azim daraxtlar o ‘sib yot-gan bepoyon o‘rmonga kirdi. Bernulli burnidan so‘ng sayohatchilarimiz bunday o‘rmonga birinchi marta kirishlari edi. Sayohatchilarimiz qalinligi besh dyuym keladigan po'stloqlari g'alvirak bo‘lib ketgan, ba-landligi ikki yuz futga yetadigan bahaybat evkalipt-larni ko‘rib, azbaroyi zavqlanib ketganlaridan qichqirib yubordilar. Yo‘g‘onligi yigirma fut chiqadi-gan bu azim daraxtlarning xushbo‘y yelim oqib yotgan tanasida bironta ham shox, hatto bironta ko‘z yo‘q edi. Ular biror usta tokarning qo‘lidan chiqqanda ham bun-chalik silliq chiqmasdi. Go‘yo bir qolipda ishlangan yuzlab katta -katta kolonnalar qad ko‘tarib turgandek tuyulardi. Bu silliq kolonnalarning eng tepasida chi-royli toqi ravoq hosil qilib, faqat uchidagina barg o'sgan shoxlar osilib turar, simmetrik joylashgan barglar orasida daraxtning to'ntarib qo‘yilgan quti-larga o'xshagan katta-katta gullari ochilib yotardi.
Bu hamisha yashil to'siq tagida havo tuproqni qu-rutib, doim harakat qilib turardi. Daraxtlar bir-biri-dan shunday uzoqda o‘sgan ediki, orasidan ho‘kizlar podasi, otliqlar va hatto ot-arava ham bahazur o‘ta olar edi. Bu qalin butalar o‘sgan sertikon chakalakzor ham


371

emas, dastlab o‘tgan yo‘lovchilar faqat bolta yoki o‘t yordami bilan yo‘l ochib boradigan, daraxtlari qulab va lianlar chirmashib ketgan, o‘tib bo'lmas yovvoyi o'rmon ham emas edi. Daraxtlar ostida o‘tlar gilam bo'lib yotadi; daraxtlarning tepasi ko‘m- ko‘k soyabon bilan yopilgan; tikka va tekis o‘sgan baland-baland daraxtlar safi uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan; o'rmon ichi soya ham, salqin ham emas; tepadan yupqa mato orasidan tushayotgandek allaqanday g ‘alati bir yorug'lik tushib turadi; bir tekis terilib tushgan oftob shu’lalari ajoyib jilvalanadi. Avstraliya q it’asining o‘rmonlari Yangi Dunyo o‘rmonlariga aslo o'xshamay-di. Mirta daraxtining son-sanoqsiz turlaridan biri bo‘lgan evkalipt Avstraliya o‘rmonlarida eng ko‘p o ‘sadigan daraxtdir. Uning soyasi quyuq emasligiga va ko‘m-ko‘k barglarining osti qorong‘u bo'lmasligi-ga sabab, barglarining g ‘alati o‘sishidir. Quyoshga barglarining yuzi emas, yoni qarab turadi ko'zingiz bu g ‘alati barglarni yonidangina ko'radi. Shuning uchun ham quyosh nurlari evkalipt barglari orasidan panjara orasidan o‘tgandek bahazur o‘taveradi.
Buni hamma sezdi va hayron qoldi: barglar nima uchun bunday g ‘alati joylashgan ekan? Turgan gapki, buning sababini Paganeldan so‘radilar, u bil-maydigan narsasi yo‘q odam bo‘lgani uchun darhol javob berdi.
Meni tabiatning bu g'alati xususiyati hayron qoldirmaydi, — dedi u: — tabiat o‘z ishini biladi, lekin botaniklar doim ham o‘ylab gapiravermaydilar. Bu daraxtlarning bargini shu xilda o‘stirgan tabiat yanglishmagan, lekin ularni evkalipt deb atagan odamlar yanglishganlar.
Bu so‘zning ma’nosi nima? — deb so'radi Meri Grant.
U grekchasiga: «Men yaxshi yopaman» degani bo‘ladi. Botaniklar bu daraxtga grekcha ism berib, o‘z xatolarini yashirmoqchi bo'lganlar, lekin shunisi aniqki, evkaliptning soyasi qalin bo‘lmaydi.
Juda to‘g ‘ri aytdingiz, aziz Paganel, — dedi Glenarvan. — Endi bizga barglarining nima uchun bunday o'sishi sababini aytib bering.

Buning sababi, do'stlarim, juda tabiiy va tushu-narlidir. Bu mamlakatning havosi quruq, yomg‘ir kam yog‘adi, yerida nam bo'lmaydi, daraxtlari na shamolga, na quyoshga muhtoj emas. Yerida nam




372

bo‘lmagandan keyin o‘simliklariga ham suv yetish-maydi. Quyosh issig‘idan saqlanish va o'zidagi suvni kamroq bug‘lantirish uchun bu barglar shunday in-gichka bo‘ladi. Ularning quyoshga yuz tomonini emas, yon tomonini tutishiga ham sabab ana shu. Bargdan aqlliroq narsa yo‘q.
Undan hudbinroq ham narsa yo‘q, — deb gap qo'shdi mayor.— Bu barglar sayohatchilarni tamom unutib, faqat o‘zini o‘ylar ekan.

Mak-Nabbsning bu so'zlariga Paganeldan boshqa hamma qo‘shilishdi, ter bosgan peshonasini tez-tez artib turgan geografiya olimi esa soya bermaydigan daraxtlar ostidan o‘tib borayotganligi uchun nihoyat-da shod edi. Daraxt barglarining bu xilda o‘sishining o‘ziga yarasha yomon jihatlari bor: u yo'lovchilarni quyoshning jazirama issig'idan saqlamagani uchun bunday o'rmonlarda yo‘l yurish juda uzoqqa cho‘zilib ketgandek tuyuladi va mashaqqatli bo'ladi.
Arava kun bo'yi sonsiz-sanoqsiz evkalipt qatorlari orasidan o‘tib bordi. Kichkina otryadning yo‘lida na bironta hayvon, na bironta yerli odam uchramadi. Bu azim daraxtlarning uchida kakadu qushlari yashar edi, lekin ular shunday balandlikda ediki, o‘zi ham zo‘rg‘a ko‘rinar, shovqin-suroni ham quloqqa zo‘rg‘a eshitilardi. Har zamonda bir rang-barang patli to‘ti qushlar galasining atrofni jonlantirib shoxdan-shoxga uchib o‘tgani ko‘zga chalinib qolardi. Lekin, umuman olganda, bu kattakon ko‘kalamzor ehromda chuqur sukunat hukm surar, bundagi jimlikni faqat ot tuy-oqlarining do‘pir-do‘piri, sayohatchilarimizning ba’zan bir-birlariga aytgan uzuq-yuluq jumlalari, ara-vaning g‘ijirlashi va Ayrtonning har zamonda bir erinchoq ho‘kizlariga baqirib qo‘ygani buzar edi.
Kechqurun tunash uchun evkaliptlar ostida to‘xtadilar. Daraxtlar tagida yaqin orada yoqilgan gulxanlarning qoldiqlari ko'rinib turar edi. Tagida olov yoqilgan bu azim daraxtlarning tanasi fabrika trubalariga o'xshardi, chunki o‘t uning tanasini to uchigacha kuydirib yuborgan edi. Daraxtning aslida faqat po‘stlog‘i qolgan bo‘lsa ham, ko‘rinishdan, hali u mahkam turardi. Lekin skvatterlar va yerliklarning bu xilda olov yoqishdek zararli odatlari bu azamat daraxtlarni sekin-asta yo‘qotib boradi, ish shu tarzda davom etaversa bu daraxtlar ham lagerlarda ehtiyot-sizlik bilan yoqilgan gulxanlar natijasida yonib, tugab



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish