Lekin shu paytgacha jim turgan Ayrton so'zga kir-
di:
— Ruxsat etsangiz, shunga men borsam. Men bu o'lkani yaxshi bilaman. Bundan ham yow oyi, bun-dan ham xavfli joylardan ko‘p yurganman. Boshqalar halok bo‘lib ketadigan joydan men eson-omon o‘tib keta olaman. Ana shuning uchun, ham-mamizning manfaatlarimizni ko‘zlab, Melburnga meni yuborishingizni so‘ray man. Siz kapitan yor-damchisiga xat yozib berasiz, «Dunkan»ning olti
418
kun ichida Tufold ko'rfaziga yetib kelishiga men kafil.
— Ma’qul gap aytdingiz, Ayrton! — dedi Glenarvan. — Siz aqlli, dovyurak odamsiz, albatta so'zingiz ustidan chiqasiz!
Haqiqatan ham, bu og‘ir vazifani boshqalardan ko‘ra Ayrton yaxshiroq bajarishi shubhasiz edi.
Buni hamma tushundi, shuning uchun hech kim u bilan tortishib o‘tirmadi. Faqat Jon Mangls: u «Britaniya» va Garri Grantni qidirishda kerak bo‘la-di, deb uni .to‘xtatib qolishga oxirgi marta urinib ko‘rdi. Lekin mayor bunga e’tiroz bildirib, botsman qaytib kelmaguncha ekspeditsiya Snou bo‘yidan hech qayoqqa jilmaydi, shuning uchun Ayrton yo‘qligida qidirish ishlarini davom etdirish to‘g ‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas, dedi. Demak, Ayrtonning sa-farga chiqishi kapitan Grantni axtarish ishiga sira ham xalaqit bermaydi.
— Xo‘p, bo‘lmasa jo‘nayvering, Ayrton, — dedi Glenarvan. — Tezroq yetib borib, Eden orqali bizning Snou bo‘yidagi manzilimizga vaqtliroq qaytishga harakat qiling.
Bu gaplarni eshitib, botsmanning ko‘zlarida sevinch o‘tlari porladi. U tez o‘girilib oldi, lekin Jon Mangls uning juda shodlanib ketganini sezdi. Yosh kapitanning qalbidagi Ayrtonga nisbatan bo‘lgan is-honchsizlik tobora ortib borar edi.
Botsman yo‘l hozirligini ko‘ra boshladi. Unga ikkala matros yordam berdilar: biri otni egarladi, ikkinchisi unga oziq-ovqat tayyorladi. Glenarvan esa bu vaqt Tom Ostinga xat yozgani o‘tirdi. Xatda u kap itan yordamchisiga darhol Tufold ko'rfaziga yetib kel-ish to‘g ‘risida buyruq berdi. Ayrton to‘g‘risida kam ilova qilib, u ishonchli odam, deb qo‘shib qo‘ydi. Kema sharqiy sohilga yetib kelgandan keyin Tom Ostin Ayrtonga bir otryad matros berishi kerak edi. Glenarvan xatning xuddi shu yerini yozayotganda Mak-Nabbs qarindoshiga tikilib turib g ‘alati bir ohangda «Ayrton »ning ismini qanday yozdingiz, deb so‘rab qoldi.
— Qanday bo‘lardi, aytilganidek yozdim-da, — deb javob berdi Glenarvan.
— Yanglishasiz, —dedi mayor xotirjamlik bilan,
— bu ism aytilishda «Ayrton» deb aytiladi-yu, yozish-da «Ben Joys» deb yoziladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |