419
Y i g i r m a n c h i b o b
«LANDIYa! LANDIYa! ZELANDIYa!»
Ben Joys degan ism yashin urgandek ta’sir ko‘rsatdi. Ayrton shartta qaddini rostladi. Uning qo'lida to'pponcha yaraqladi. Qars etib o‘q uzildi. Glenarvan yerga yiqildi. Tashqarida miltiq tovushlari eshitildi.
Dastlabki daqiqada kutilmagan bu hodisadan hay ron bo‘lib, qotib qolgan Jon Mangls bilan matroslar o‘zlariga kelib Ben Joys ustiga tashlanmoqchi bo'ldilar, lekin epchil katorjnik allaqachon g ‘oyib bo'lib, o'rmon yoqasida to‘plangan o‘z shaykasiga borib qo'shilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |