Tunni ancha betinch o‘tkazgan sayohatchilar oz-ozginadan ovqat yeb olib, ahvolni muhokama qilishga kirishdilar. Qatnashuvchilar hammasi o‘z fikrini aytishi kerak edi.
Eng oldin qaerda turganaliklarini aniq bilib olish lozim edi. 0 ‘ziga yuklatilgan bu vazifani Paganel ju-da puxta bajardi.
Geografiya olimining gapiga qaraganda, ekspedit-siya a’zolari Snou daryosining bo‘yida, o‘ttiz yet-tinchi parallelda, 147°53/ uzunlikda turar edilar.
— Tufold buxtasining aniq koordinatlari qanday?
— deb so‘radi Glenarvan.
— U bir yuz elliginchi gradus uzunlikda, — deb javob berdi Paganel.
— Bu ikki gradus-u yetti minut necha mil keladi?
— Yetmish besh mil.
— Bu yerdan Melburn qancha masofada?
— Ikki yuz mildan kam emas.
— Yaxshi, — dedi Glenarvan. — Turgan joyimizni aniqladik, endi nima qilish kerakligini maslahatlashib olamiz.
Hamma ham darhol okean sohiliga qarab yo'lga chiqish kerak degan fikrga qo‘shildi. Elen bilan Meri Grant har kuni besh mildan yo‘l yurishga va’da berdilar. Jasur ayollar agar lozim bo‘lsa,
414
Do'stlaringiz bilan baham: |