day uzoq yo‘q bo‘lib ketishimizdan xavotir olib o‘tirishmasin.
Ayrton ho'kizning tushovini, Myulredi esa otning tushovini yechdilar, so‘ng hammalari daryoning ilon izi sohilidan manzilga qarab ketdilar.
Yarim soatdan so‘ng Paganel, Mak-Nabbs, Elen va Meri Grantlar barcha voqeadan xabardor bo‘l -dilar.
— Ayrton, afsuski, Vimmera yonida hamma ot-larni taqalatib olmagan ekansiz, — dedi chiday olma-gan mayor, botsmanga.
— Nima uchun, ser?
— Chunki otlardan faqat o‘sha yerda siz topib kel-gan temirchi taqalab bergani omon qoldi.
— Rost-a, — dedi Jon Mangls. — Mana bu qiziq tasodifni qaranglar!
— Tasodif, xolos, — dedi botsman, mayorga diqqat bilan tikilib.
Do'stlaringiz bilan baham: |