Astronomik kuzatishlarga berilib ketgan Paganel-ning es-hushi yerdagi ishlardan ham ko‘ra osmondagi ishlar bilan band edi, shu vaqt birdan uning diqqatini
389
uzoqdan eshitilayotgan allaqanday ovoz jalb qildi. Geografiya olimi o‘sha yoqqa diqqat bilan quloq soldi-yu, royal ovozi kelayotganini eshitib, hayron bo‘lib qoldi. Uning qulog‘iga jarangos kuyning yoqimli sadolari kelib urildi. Bunda hech qanday xatolik yo‘q edi.
— Qirda royal chalinyapti-ya! — dedi hayron bo‘lib Paganel. — Ishonib bo‘lmaydigan gap-ku bu.
Haqiqatan ham bu juda hayron qoladigan bir hoi edi, u yerning ba’zi qushlari soat va charxning ovozi-ga taqlid qilib sayrashini bilgan Paganel bu tovushlar ham biror ajoyib qushning royal ovoziga o‘xshatib sayragani bo‘lsa kerak, deb o‘yladi.
Shu payt havoda ravshan va tiniq ovoz eshitildi — pianistga ashulachi jo‘r bo‘la boshladi. Paganel qulog‘ini ding qilib eshitib turdi. Ammo birpasdan keyin u «Don-Juan» operasidagi «J1 mió tesoro tanto» degan ariyaning ajoyib sadolari eshitilayotganini e’tirof qilishga majbur bo'ldi.
«Ana xolos! Avstraliya qushlari kishini qanchalik hayron qoldiradigan bo‘lmasin, lekin dunyodagi eng mashshoq to‘ti ham Motsartning operasidan ariya ay-tolmasa kerak deyman!» deb o'yladi geografiya olimi va kuyning yoqimli sadolariga berildi.
Tunning toza, beg‘ubor havosidan oqib kelayotgan bu yoqimli ariyaning naqadar ta’sirli ekanini tasvir-lab berish qiyin. Paganelni maftun qilgan bu tovush yana ancha eshitilib turdi; nihoyat u tindi, so‘ng atrofga yana chuqur sukunat cho'kdi.
Geografiya olimining o'rniga turgani kelgan Vilson uning chuqur xayolga botganini ko‘rdi. Paganel matrosga hech narsa demadi, bu g‘alati hoi to‘g‘risida ertaga Glenarvanga so‘zlab berishga ahd qilib, uxlagani palatkaga kirib ketdi.
Ertasiga ertalab manzildagilar to‘satdan vovulla-gan it tovushidan uyg'ondilar. Glenarvan sakrab o'rnidan turib ketdi. Ikkita ajoyib poynter, ingliz zotidan bo‘lgan iskovich it chakalak yoqasida u yoq-bu yoqqa chopib yurardi. Ular sayohatchilarning yaqinlashib kelganini ko'rgach, daraxtlar ichiga kirib yashirindi-da, yana ham qattiqroq vovullay boshladi.
— Bu qirda biror manzil borga o‘xshaydi, — dedi Glenarvan, — ovchi itlar bo'lgandan keyin, shu yerda ovchilar ham bo‘lishi kerak.
Paganel o‘zining tungi taassurotlarini aytgani en-di og‘iz ochgan ediki, qarshidan zotli ajoyib otlarga mingan ikki yigit chiqib keldi. Ular juda chiroyli ov kiyimi kiyib oigan edilar. Ikkala jentelmen ham lo‘lilar singari chodir qurib, manzilga to‘xtagan say-ohatchilarni ko‘rib, otlarini to‘xtatdilar. Aftidan, ular bu yerda qurol- yaroqli odamlarning paydo bo‘lib qolganidan hayron bo‘lgan edilar, lekin shu payt ar-avadan tushayotgan sayohatchi ayollarni ko‘rib qoldilar.
Otliqlar darrov otlaridan sakrab tushib, shlya-palarini qo'llarida tutgancha ayollar qarshisiga yurdi-lar. Glenarvan ular qarshisiga chiqib, o'zini tanitdi. Yigitlar ta’zim qilishdi, shundan so‘ng ularning kat-tasi:
— Ser, xonimlar va boshqa hamrohlaringiz bilan biznikida bir kun dam olib ketsangiz qanday bo‘larkin? — deb so‘radi.
— Men kim bilan gaplashish sharafiga muyassar bo'ldim? — deb so‘radi Glenarvan.
— Gottem chorvadorlik xo'jaligining egalari Maykl va Sendi Patersonlar bilan. Sizlar hozir shu xo‘jalikning yeridasizlar, uyimiz ham bu yerdan chorak mil chiqar-chiqmas joyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |