jonivorni otgan Paganel o‘z ovchilik g‘ururini kam-sitmaslik uchun uni juda chiroyli jonivor deb topdi.
— Qanday ajoyib jonivor-a! — dedi geografiya oli-
mi.
Robert kichkinagina tulkiga o‘xshagan dumi pax-moq bir jonivorni otib oldi. Uning oq aralash qora ser-jun terisi savsar terisidan qolishmasdi. Keyin Robert katta-katta daraxtlarning quyuq barglari orasiga yashirinib oigan dvuutrobkalardan ikkitasini otib ol di.
Lekin eng qizig'i kenguru ovi bo'ldi. Soat to‘rtlar-da itlar bu ajoyib xaltali jonivorlarning bir galasini hurkitib yubordi. Bolalari bir zumda onalarining xal-tasi ichiga kirib oldi, shundan so‘ng butun poda guril-lab qochishga tushdi. Kengurularning xaklab-xaklab qochishini tomosha qilish juda qiziq edi. Ularning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga qaraganda ikki hissa uzun bo‘ladi va xuddi prujinaga o'xshab cho‘ziladi.
Qochib qolgan bu poda oldida bo‘yi besh futcha chiqadigan kattakon erkak kenguru sakrab-sakrab bo-rardi. Ovchilar sira orqada qolmay ularni to‘rt-besh mil joygacha quvib bordilar. Kengurular charchash nim aligini bilmay qochib borar, ularning o‘tkir tirnoqli bahaybat panjasidan qo‘rqqan itlar esa ken-gurularni quvib yetishga astoydil harakat qilmasdi-lar. Nihoyat, qochaverib holdan toygan poda to‘xtadi, haligi ulkan kenguru orqasini daraxtga tirab, mudo-faaga hozirlandi. Quvib kelayotgan itlardan biri qiziq ichida to‘g‘ri borib unga yopishdi, lekin kenguru uni bir urib, osmonga uchirib yubordi, qorni yorib tash-langan it yerga chalqanchasiga tushdi.
Albatta, barcha itlar birdan hamla qilganda ham bu baquvvat jonivorlarga bas kelolmasdilar. Ovchilar miltiqlarni ishga solishga majbur bo‘ldilar — katta kenguruni faqat otib o‘ldirish mumkin edi.
Shu payt Robert o‘z ehtiyotsizligining qurboni bo'lishiga sal qoldi. U yaxshiroq nishonga olish uchun jonivorga juda yaqin borib qoldi, hayvon bundan foy-dalanib uning ustiga tashlandi. Robert qichqirib yubordi. Aravada o‘tirgan Meri qo‘rqib ketganidan og‘iz ochib, biror so‘z aytishga ham holi qolmay, qo‘llarini ukasi tomon cho'zdi. Bolaga tegib ketishi-dan qo'rqib, ovchilardan birontasi ham hayvonga o‘q uzishga botinolmadi. Jon Mangls jonidan ham kechib, ov pichog‘i ko'targancha kenguruga o‘zini otdi-da,
uning qoq yuragiga pichoq soldi. Jonivor gurs etib yerga ag‘anadi. Eson-omon qolgan Robert o'rnidan turdi. Bir lahza o‘tar-o‘tmas shodlikdan o‘zini yo‘qo-tayozgan opasi kelib, uni mahkam quchoqladi.
— Rahmat, mister Jon, rahmat! — dedi Meri Grant qo'lini yosh kapitanga uzatar ekan.
— U menirig himoyam ostida edi, — dedi Jon Mangls, qizning titroq qo‘llarini qisar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |