Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


— Nima uchun, Paganel? — deb so‘radi Glenar­ van, qiziqib



Download 0,7 Mb.
bet135/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

343

Nima uchun, Paganel? — deb so‘radi Glenar­ van, qiziqib.
Nima uchun deysizmi? Chunki u atrofdagi narsalarga yopishib tushmaydi. 0, bilaman, bilaman: siz inglizlar uzoq-uzoqlardagi yerlarni mustamlakaga aylantirishni odat qilib olgansizlar; sizlar Yangi Zelandiyada telegraf qurdinglar, hatto u yerda dunyo vistavkalari tashkil qilyapsiz, shuning uchun siz bun-day temir yo'llarga oddiy bir narsadek qaraysizlar. Lekin u mendek bir frantsuzning aqlini loi qiladi va Avstraliya to‘g ‘risidagi butun tasavvurini chalka-shtirib yuboradi.
Chunki siz bu mamlakatning hozirgi ahvoliga emas, o'tmishiga qaraysiz, — dedi Jon Mangls.
Bo'lishi mumkin, — deb bunga rozilik bildirdi Paganel. — Lekin cho‘lni boshiga ko‘tarib o‘tib bo-rayotgan parovozning chinqirgani, mimoza va evkaliptlarning shoxlarini o‘rab olayotgan tutuni, kurer poyezdidan qochib ketayotgan yexidnalar, o‘rdakburunlar va kazuarlar, soat uchu-o‘ttiz mi-nutda o‘sha kurer poyezdiga chiqib, Melburndan Kastlmenga ketayotgan yovvoyilar — bularning ham-masi inglizlar bilan amerikaliklardan boshqa har qan-day odamni hayron qilmay qolmaydi. Sizning temir yo‘lingiz cho'lning o‘ziga xos poeziyasini buzadi.
Nima qilibdi, cho‘lga yo‘l ochsa bo‘ldi-da! — de­ di mayor.
Parovozning qattiq chinqirgan tovushi bu bahsga barham berdi. Sayohatchilar temir yo‘ldan bor-yo‘g ‘i bir milcha joyda edilar. Janub tarafdan sekin-asta ke-layotgan parovoz temir yo‘lning xuddi arava kelayot-gan yo‘l kesib o'tadigan yeriga kelib to‘xtadi.
Bu temir yo‘l shoxobchasi, Paganel aytgandek, Viktoriya viloyatining markazini Avstraliyaning eng katta daryosi — Myorrey bilan ular edi. 1828-yilda Styuart ochgan bu kattakon daryo Avstraliya Alplaridan boshlanadi, keyin Laklan va Darling daryolarining suvi kelib quyilgandan keyin katta-lashib, Viktoriya viloyatining butun shimoliy chega-rasi bo'ylab oqib o'tadi va Adelaida shahri yaqinida Enkaunter qo‘ltig‘iga borib qo'yüadi. Myorrey ser-unum, chaman dalalardan oqib o‘tadi; Melburn bilan temir yo‘l aloqasi yaxshi bo'lgani uchun uning qirg‘oqlarida yangi-yangi chorva xo‘jaliklarining


344

manzillari tobora ko‘payib bormoqda. Bu temir yo‘l Sendxorstdan to Melburngacha cho‘zilgan bir yuz besh millik joyga, shuningdek Kint bilan Kastlmenga ham xizmat qiladi. Temir yo‘lning yetmish millik yangi shoxobchasi endi qurilmoqda edi. U Myorrey bo'yida shu bu yil asoslangan yangi Riverina viloya­ tining markazi Exuk shahriga borishi kerak.

0 ‘ttiz yettinchi parallel temir yo‘lni Kastlmen-dan bir necha mil shimolroqdan, Myorreyning ko'plab hisoblangan irmoqlaridan biri Lyutton daryosi ustiga qurilgan Kemden ko‘prigi yonidan kesib o‘tardi.
Ayrton aravasini xuddi o‘sha yerga qarab haydadi, arava atrofida kelayotgan otliqlar temir yo‘lga tezroq yetib borishga qiziqib ot choptirib ketdilar. Temir yo‘l ko'prigi tomonga juda ko‘p odam borardi. Shu atrof-da turadigan odamlar uylaridan chiqib, qo‘ychivonlar podalarini tashlab, to‘da-to‘da bo‘lib temir yo‘l polot-nosi tomonga kelmoqda edilar. 0 ‘xtin-o‘xtin kishi-larning:
Temir yo‘lga, temir yo‘lga! — deb qichqirgan-lari eshitilib qolardi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish