340
mayorga lom-mim deb javob bermadi, balki indamay ishini qilaverdi.
Temirchi ikki soat ichida aravani tuzatib bo‘ldi. U Glenarvanning otini bir pasda taqalab qo'ydi, chunki o‘zi bilan tayyor taqa olib kelgan ekan. Taqaning g‘alati bir xususiyati bor ekanki, bu hoi mayorning nazaridan qochmadi: taqaning tagiga qo‘polgina qilib ishlangan uch bargning shakli tushirilgan edi. Mak-Nabbs buni Ayrtonga ko‘rsatdi.
— Bu Blek-Poynt manzilining tamg‘asi, — deb izoh berdi botsman.
— U manzilda adashib ketib qolgan otlarni qidirib topishda, boshqa otlar bilan adashtirib yubormaslikda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |