337
«Dengiz! Dengiz!» deb qichqiradi hayron qolgan Fring.
Ekspeditsiyaning boshqa qatnashchilari ham yugurib keladilar va Hind okeanini uch marta «ura» qichqiriqlari bilan olqishlaydilar.
Avstraliya qit’asi to‘rtinchi marta kesib o‘tilgan edi.
Soy bo'yida manzil quradilar. Ertasiga Fring janub-g'arb tarafdan Adelaida daryosining dengizga quyi-ladigan joyiga borib bo‘ladimi-yo‘qmi — aniqlash uchun razvedkaga jo‘naydi. U yerga boradigan yo‘l ot-lar yurolmaydigan darajada botqoqlik ekan, shuning uchun bu maqsaddan voz kechishga to‘g ‘ri keladi.
Shunda Styuart daladagi eng baland daraxt ustiga chiqadi, uning pastki shoxlarini kesib tashlaydi-yu, uchiga bayroq o‘rnatadi. Daraxtning po‘stlog‘ini o‘yib: «Bir fut janubroqdan, yer ostidan izla» deb yozib qo‘yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |