tuyalar karvonining boshlig‘i Landels ekspedit-
1S ip o h la r — ingliz-hindu arm iyasining m ahalliy aholidan olingan yollanma soldatlari.
331
siyadan ajrab, bir necha tuyakash hindu bilan Darling daryosining sohiliga qaytib ketdi. Byork yo‘lida davom etdi. U goh sersuv o‘tloqlarda, goh suvsiz, qu-ruq toshloq yo‘llardan o‘tib, Kupera daryosining bo‘yiga tushib keldi. Byork uch oy yo‘l yurgandan keyin, yigirmanchi noyabrda ana shu daryo bo‘yida o‘zining birinchi oziq-ovqat skladini tashkil qildi.
Sayyohlar shu yerda ancha turib qoldilar, chunki ular bu yerdan shimolga qarab boradigan suvli yo‘l topolmadilar. Ular ko‘p mashaqqatlar tortib, Melburn bilan Karpentariya ko‘rfazi o‘rtasidagi punktga yetib bordilar. Ular shu yerni qo‘rg‘on solishga qulay joy deb topib, atrofiga devor qurdilar va unga «Uils for-ti» deb nom berdilar. Shu yerda Byork o‘z otryadini ikki qismga bo‘ldi. Brage boshchiligidagi bir otryad yangi qurilgan qo‘rg‘onda uch oy, agar oziq-ovqat yetsa, undan ham ko‘proq turishi va ikkinchi otryad-ning qaytishini kutishi lozim edi. Ikkinchi otryadga Byorkning o‘zi, King, Grey va Uils kirdilar. Ular olti-ta tuya va uch oyga yetarli oziq-ovqat, uch yuz qadoq un, ellik qadoq guruch, ellik qadoq suli uni, yuz qadoq yaxna ot go'shti, yuz qadoq tuzlangan cho‘chqa go'shti bilan cho'chqa yog‘i, shuningdek o'ttiz qadoq suxari olib ketdilar. Bu oziqa olti yuz le joyga borib kelishga yetishi kerak edi.
Shunday qilib, ana shu to‘rt kishi yo‘lga tushdilar. Zo‘r mashaqqatlarni boshdan kechirgandan keyin ular toshloq qirni kesib o‘tib, 1845-yilda Styuart kelgan Eyr daryosiga yetib bordilar. Bu yerdan ular iloji bo‘lganicha bir yuz qirqinchi meridian yaqinidan bo-rishga tirishib shimolga qarab yurdilar.
Yettinchi yanvarda ular jazirama issiqda tropik-dan o'tdilar. Ba’zida ularni sarob aldadi; suvsizlikdan juda qiynaldilar, to‘g ‘ri, har zamonda bir mo-maqaldiroq bilan yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar ularni suv bilan ta’minlar edi. Goh-gohda ular yerli ko‘chman-chilarni uchratar, ular esa sayyohlarni xursandlik bi lan qarshi olardi. Umuman olganda, sayohatchilari-miz yo'lda uncha qiynalmadilar, chunki yo‘llarini na ko‘llar, na katta daryolar, na tog‘lar to'sib chiqmadi.
0 ‘n ikkinchi yanvarda shimol tarafda bir necha qum tepa ko‘rindi, ular orasida Forbs tog‘i deb atal-gani ham bor edi, bu tepalardan so‘ng birin-ketin tizil-gan granit tog‘lar boshlandi. Shu yerga yetganda yo‘l
332
yurish juda qiyin bo‘lib qoldi: ot va tuyalar zo‘rg‘a sudralib borar, ba’zan butunlay to‘xtab turib olardi. «Biz hali ham tog‘ tizmalari orasidamiz.Tuyalarimiz qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titraydi», deb yozgan edi Byork yo‘l daftarchasiga. Har holda qattiq g ‘ayrat qilish natijasida sayohatchilar oldin Terner daryosining bo‘yiga, keyin 1841-yilda Shtok ko‘rgan Flinders daryosining yuqori oqimiga yetib bordilar. Flinders daryosi palma va evkalipt changallari orasidan oqib o‘tib, Karpentariya qo‘ltig ‘iga borib quyiladi.
Bu yerda botqoqlik ko‘pligidan okeanning yaqinli-gi sezilib turar edi. Tuyalardan biri botqoqqa botib ketdi, boshqalari nari yurmay qo‘ydi. King bilan Grey tuyalar yonida qolishga majbur bo‘ldilar. Byork bilan Uils ikkalasi shimolga qarab boraverdilar, Byorkning yo‘l daftarchasida nari-beri eslatib o ‘tilgan xoti-ralarga qarag‘anda, ular ming mashaqqatlar bilan dengiz suvi ko'tarilganda suv bosadigan botqoqlik yerlargacha yetib boradilar. Lekin ular baribir okean-ni ko'rolmadilar. Bu 1861-yil o‘n birinchi fevralda bo‘lgan.
— Demak, undan nariga borolmabdilar-da? — deb so‘radi Elen.
— Yo‘q, xonim, — deb javob berdi Paganel. — Botqoqlikdan boshqa yurishning iloji qolmaydi, shu-ning uchun ularning Uils fortida qolgan sheriklari oldiga qaytishdan boshqa choralari yo‘q edi. Bechoralarning holi haqiqatan ham achinarli bo'lgan. Ular holdan toyib, ozib-to‘zib, oyoqlarini zo‘rg‘a sud-rab, Grey bilan King yoniga yetib keladilar. Ekspeditsiya bu yerdan aw al o‘zi kelgan yo‘l orqali Kupera daryosi bo'yiga qaytadi. Bu sayohatning bar-cha mashaqqatlari, azoblari, xavf-xatarlari bizga ma’lum emas, chunki yo‘l daftarchasida bu to‘g‘rida ma’lumot yo‘q, lekin uning g'oyat qiyin bo'lgani shubhasiz.
Aprel oyida Kupera vodiysiga ulardan faqat uch-tasi qaytib keladi. Grey yo‘l azoblariga chiday olmay vafot qiladi. To'rtta tuya ham halok bo‘ladi. Lekin sayyohlar Brage o‘zining oziq-ovqat ombori bilan ularni kutib turgan Uils fortigacha yetib kela olgan-larida hammasi ham omon qolgan bo'lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |