335
li qit’ani kesib o‘tishga muyassar bo‘lolmaydi, oziq-ovqat yetishmay qolgani uchun u Adelaidaga qaytish-ga majbur bo‘ladi.
Shunga qaramay Styuart yana bir marta baxtini sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi va uchinchi marta ekspedit siya uyushtiradi. Bu safar u ko‘pdan beri orzu qilib yurgan maqsadiga erishadi.
Janubiy Avstraliya parlamenti uning yangi ekspe ditsiya uyushtirishga bo‘lgan bu intilishini quvvatlab, Styuartga ikki ming funt sterling pul ajratishga qaror qiladi. Tekshirish ishlarida ancha tajriba orttirgan Styuart endi butun ehtiyot choralarini ko'radi. Uning do‘stlari — tabiiyotshunos Uotergouz, Fring, Kekuik, shuningdek oldingi sayohatdagi hamrohlari Vudferd, Old va boshqalar, hammasi bo‘lib o‘n kishi unga qo‘shi-ladilar. U o‘zi bilan amirkon teridan qilingan, ichiga yetti gallon suv sig‘adigan yigirmata mesh oladi, 1862-yilning beshinchi aprelida ekspeditsiyaning barcha a’zolari o‘n sakkizinchi gradus kenglikning na-riyog‘ida Nyukastl-Uoter havzasiga yetib keladilar; Styuart xuddi shu yerga kelganda nari borolmay, orqa-ga qaytgan edi. Ekspeditsiyaning bundan keyingi yo‘li taxminan bir yuz o'ttiz birinchi meridian bo'ylab bora-di, ya’ni Byork o‘tgan yo'ldan bir necha gradus g'arb-roqdan o‘tadi.
Yangi tekshirish ishlarining bazasi vazifasini Nyukastl-Uoter havzasi bajarishi kerak edi. Styuart bu havzani o‘rab yotgan qalin o'rmonlar orasidan shi-mol va shimol-sharq tarafga o‘tishga zo‘r berib urina-di, lekin mehnati bekor ketadi. G‘arb tarafdan Viktoriya daryosiga ham yetib borolmaydi, o‘tib bo'lmas changalzorlar uning yo‘lini to‘sadi. Shundan keyin Styuart o‘z lagerini boshqa yerga ko‘chiradi, u yangi manzilini sal shimolroqda, Govero botqoqliklari orasiga qurishga muvaffaq bo‘ladi. Bu yerdan sharq-qa qarab borib, o‘t bosib yotgan tekis daladan iborat bo'lgan yo‘lida u Deyli soyidan chiqadi-da, soy oqimi bo‘ylab taxminan o‘ttiz mil yuqoriga yuradi.
Oldinda ajoyib manzara ochiladi: barra o‘tlar o‘sib yotgan o'tloqlar har qanday skvatterning havasini keltirar, uni boyitib yubora olar edi; evkaliptlar hay-ron qolarli darajada baland o‘sgan. Bundan xursand bo‘lgan Styuart yo‘lida davom etadi. U Stanguey daryosi bo'yiga va uning Leyxardt ochgan Roper-Krik
336
degan irmog‘i bo‘yiga yetib keladi. Bu daryo tropik mamlakatlarda o‘sadigan ajoyib palma daraxtlari orasidan oqib o‘tadi. Bu yerlarda mahalliy qabilalar yashar edilar. Ular sayyohlarni xursandlik bilan qarshi oladilar.
Ekspeditsiya bu yerdan qum va temirsimon tog‘ jinslari bilan qoplangan daladan Van-Dimena ko‘rfaziga borib quyiladigan Adelaida daryosining manbalarini axtarib topish uchun yo‘lga chiqadi. Ekspeditsiyaning yo'li yovvoyi karam, bambuq, qarag‘ay va pandanuslar o‘sib yotgan dalalar orqali o‘tadi. Adelaida daryosi borgan sari kengayib, so-hillari esa botqoqlikka aylana boradi. Dengizning yaqinligi sezila boshlaydi.
Yigirma ikkinchi iyul seshanba kuni Styuart Frish-Uoter botqoqliklari orasida to‘xtab, manzil quradi. Sonsiz-sanoqsiz ariq va soylar uning yo'lini qiyinlashtirib yuboradi, shuning uchun u hamrohlari-dan uch kishini yaxshiroq yo‘l topish uchun oldinga yuboradi. Ertasiga Styuart goh o‘tib bo‘lmas suv to‘siqlarini aylanib o‘tib, goh botqoq suvlarida sha-labbo bo‘lib, ko‘m-ko‘k o'tlar o‘sib yotgan bir oz ba-landroq yerlarga yetib oladi. U yer-bu yerda yelim daraxtlarining va allaqanday po‘stlog‘i tolali daraxt-larning chakalaklari ko‘zga tashlanar edi. Ibislar, g‘ozlar va allaqanday juda hurkak suv qushlari gala-gala bo‘lib uchib yurardilar. Yaqin orada yerlilar ko‘rinmasdi, faqat uzoq-uzoqlardagina ularning manilidan ko‘tarilayotgan tutun ko'zga chalinardi.
Adelaidadan chiqqaniga to‘qqiz oy deganda, yigir ma to‘rtinchi iyul kuni Styuart xuddi o‘sha kuniyoq okean bo‘yiga yetib chiqishni maqsad qilib, ertalab soat sakkiz-u yigirma minutda yo‘lga chiqadi. U o‘tib borayotgan yerlar past-balandliklardan iborat bo‘lib, atrof temir rudalar va vulqon paydo qilgan allaqanday tog' jinslari bilan qoplangan edi. Daraxtlar pastak-pastak bo‘la boradi. Sayohatchilar oldida qum o‘tirib qolgan va u yer-bu yerda yakkam-dukkam daraxtlar ko‘rinib turgan keng vodiy ochiladi. Styuart qirg‘oqqa kelib urilayotgan dengiz to'lqinlarining shovqinini aniq eshitadi, lekin hamrohlariga hech narsa demaydi. Ular bir chakalak orasiga kelib ki-radilar. Styuart bir necha qadam tashlaydi-yu, Hind okeani bo‘yidan chiqib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |