326
di u,— chunki o‘rtacha olganda Shimoliy yarim shar-ga nisbatan Janubiy yarim shar ancha issiq bo'ladi.
— Nima uchun? — deb so‘radi bola .'
— Nima uchun deysanmi, Robert? Yer qishda Quyoshga yaqin bo‘lishini hech eshitmaganmisan?
— Eshitganman, janob Paganel.
— Qishda Quyoshning nuri yozdagidek tik tush-magani uchun sovuq bo‘lishini ham eshitganmisan?
— Ha, eshitganman, janob Paganel.
— Xuddi ana shu sababga binoan, o‘g ‘lim, Janubiy yarim sharda kun ancha issiq bo‘ladi.
— Tushunmadim, — dedi Robert, hayron bo‘lib.
— 0 ‘zing o'ylab ko‘r, — deb davom etdi Paga nel. — Bizning Yevropada qish bo‘lgan vaqtda, an-tipodimiz bo‘lgan Avstraliyada yilning qaysi fasli bo‘ladi?
— Yoz bo'ladi, — dedi Robert.
— Xo‘p, demak, xuddi shu vaqtda Yer Quyoshga yaqin turgan bo‘lsa... Tushundingmi?
— Tushundim.
— Demak, ana shu Quyoshga yaqin bo‘lgani uchun ham Janubiy yarim sharda yoz Shimoliy yarim shardagiga qaraganda issiqroq bo'lar ekan.
— Endi hammasiga tushundim, janob Paganel.
— Demak, Yer qishda Quyoshga yaqin bo‘ladi de-yilganda, bu gap faqat bizga, yer sharining shimoliy qismida yashovchi odamlarga nisbatan aytilgan bo‘la-di.
— Bunisini sira xayolimga keltirmabman, — dedi Robert.
— Ehtiyot bo‘l, bu esingdan chiqmasin, o‘g ‘lim. Kosmografiyaga oid bu kichkinagina leksiyani
Robert qiziqib tingladi, bu leksiyaga qo'shimcha ra-vishda bola Viktoriya viloyatida harorat o‘rtacha ol
Do'stlaringiz bilan baham: |