Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Kunduz soat to‘rtlarda Jon Mangls hamrohlariga uch-to‘rt mil oldinda balandga ko‘tarilayotgan quyuq to‘zonni ko‘rsatdi. Bu nima ekanini hech kim aytol-



Download 0,7 Mb.
bet119/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Kunduz soat to‘rtlarda Jon Mangls hamrohlariga uch-to‘rt mil oldinda balandga ko‘tarilayotgan quyuq to‘zonni ko‘rsatdi. Bu nima ekanini hech kim aytol-


322

madi. Paganel bu biror meteorning ta’siri bo‘lsa ke-rak, deb o‘yladi, uning jo'shqin fantaziyasi buning tabiiy sababini izlab ketdi, lekin Ayrton uning fan-taziya dunyosiga chuqur sho‘ng‘ib ketishiga yo‘l qo'ymay, bu yaqinlashib kelayotgan kattakon poda ko'targan chang ekanini aytdi.
Botsman to‘g‘ri aytgan edi. To'zon buluti tobora yaqinlashib kelaverdi. 0 ‘sha tomondan otlarning kishnagani, qoramol va qo'ylarning ma’ragani eshiti-lardi. Bu pastoral simfoniyaga odamlarning hayqir-gani, hushtak va so‘kishlari aralashib ketgan edi.
Shovqin-suron eshitilib turgan to‘zon ichidan bir odam chiqib keldi. U ana shu to'rt oyoqlilar armiyasi-ning boshlig‘i edi. Glenarvan unga qarab yurdi, ular ortiqcha mulozimatsiz gaplasha boshladilar. Haligi kishi ham poda boshlig‘i, ham uning bir qismining egasi ekan. Ismi Sem Mitchel bo‘lib, podani sharqiy viloyatlardan Portland ko'rfaziga haydab ketayotgan ekan.
Uning podasi o‘n ikki ming yetmish besh bosh, ya’ni mingta buqa, o‘n bir ming qo‘y va yetmish besh-ta otdan iborat edi. Moviy tog‘lar vodiysida sotib olin-gan bu ozg‘in mollar yaxshilab boqib semirtirilgandan keyin katta foyda baravariga sotish uchun Janubiy Avstraliyaning barra o‘tlar o‘sib yotgan o‘tloqlariga haydab keltirilmoqda edi. Sem Mitchel har bir buqani ikki funt sterling, har bir qo‘yni yarim funt sterling foydasiga sotib, bir yuz ellik ming frankdan foyda qi-lishni mo‘ljallar edi. Bu ish juda foydali, lekin bu be-bosh podani manzilga yetkazib borish uchun qan-chadan-qancha g ‘ayrat, kuch sarf qilish kerakki, asti qo‘yaverasiz! Ha, bu mashaqqatli hunar orqasida foy­ da qilish oson emas.

Podasi mimoza chakalaklari orasidan o‘tib borar ekan Sem Mitchel qisqa qilib o‘zi to‘g ‘risida so‘zlab berdi. Elen Glenarvan bilan Meri Grant aravadan, otliqlar o‘z otlaridan tushib keldilar, hammalari kat­ ta yelim daraxtining soyasiga o‘tirib, mol jallobning hikoyasini tingladilar.
Sem Mitchel yetti oydan beri yo‘lda ekan. U bir kunda o‘rta hisob bilan o‘n mil yo‘l yurib kelayotgan ekan, uning bu uzundan-uzoq sayohati yana uch oy-cha davom etishi kerak ekan. Bu qiyin ishda unga o‘ttizta podachi bilan yigirmata it yordam qilar ekan.


323

Podachilar ichida podadan ajrab qolgan mollarni izidan borib topib keladigan juda usta beshta negr bor ekan. Poda orqasidan oltita arava kelardi. Dastasi o‘n sakkiz dyuym va qayishi besh fut keladigan qamchin ushlab oigan podachilar mollar orasida to‘xtovsiz buzilib turgan tartibni tiklab borar, podaning ikki yonida kelayotgan itlar esa uning yoyilib ketishiga yo‘l qo'ymas edilar. Podaning intizom bilan borishi sayohatchilarimizni hayron qoldirdi. Podadagi buqalar bir guruh, qo'ylar bir guruh, otlar yana bir guruh bo'lib borar edi, chunki yovvoyi buqalar qo‘ylar o‘tgan joydan o'tlamaydi. Shuning uchun buqalarni bu to‘rt oyoqlilar armiyasining boshiga qo'yish zarur. Ikki batalonga ajratilgan buqalar oldin-da borar edi. Ular ketidan yigirmata podachi nazorati ostida besh polk qo‘y borardi. Otlar vzvodi arergard-da kelmoqda. Sem Mitchel bu armiyaning boshida odamlar emas itlar ham emas, balki ba’zi buqalar, ya’ni boshqalari hurmat qiladigan idrokli «liderlar» borayotganiga hamsuhbatlarining diqqatini jalb qildi. Ular instinktiv ravishda eng yaxshi yo'lni tanlab, po­ da oldida mag‘rur borar, ko'rinishdan, podadagi eng e’tiborli mol ekaniga juda ishonar edilar. Butun poda ularga so‘zsiz bo‘ysunardi, shuning uchun ular bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q. Agar ular to'xtab dam olishni istab qolsa, ularning bu istagiga ko‘nmay bo‘lmasdi, dam olib bo'lgandan keyin yo‘lga chiqish uchun buqalarning o‘zlari signal bermasalar, podani sira yo‘lga solib bo‘lmasdi.
Mol jallob ekspeditsiyasi to‘g ‘risida yana bir qan-cha qiziq gaplar aytib berdi. Poda tekis daladan bo-rayotganda hamma ish silliq boradi — hech qanday qiyinchilik yuz bermaydi, odamlar ham charchamay-di. Mollar shu yo‘lning o‘zida o‘tlaydi, yo'lda uchra-gan ariqlarda suv ichib, chanqovini bosadi, kechasi uxlaydi, kunduzi yo‘l bosadi, itlarning hurishiga bo'ysunadi. Lekin yo‘l qit’aning katta-katta o'rmon-laridan, mimoza va evkalipt chakalaklaridan o‘tsa, podani boshqarish qiyinlashib ketadi. Vzvodlar, ba-talonlar, polklar aralashib yoki atrofga yoyilib ketadi, keyin ularni qaytadan bir yerga to‘plash ko‘p vaqtni oladi. Bordi-yu, falokat bosib, lider buqalardan biri yo'qolib qolsa, nima qilib bo'lmasin uni topish kerak bo‘ladi, aks holda butun poda tarqab ketishi mumkin;


324

bunday vaqtlarda izquvar negrlar ularni topib kelish uchun ba’zan bir necha kunlab vaqt sarf qiladilar. Qattiq yomg‘ir yog'sa dangasa mollar yurmay qo‘ya-di, qattiq momaqaldiroq vaqtlarida -esa qo'rquvdan o‘takasi yorilgan mollarni vahima bosadi.
Shunday bo‘lsa ham qayta-qayta yuz berayotgan barcha qiyinchiliklar mol jallobning g ‘ayrati va epchilligi orqasida bartaraf qilib kelinayotgan ekan. U podani to'xtovsiz haydab kelayotgan ekan. Tekis dalalar, o‘rmonlar, tog‘lar orqada qolib ketgan. Lekin faqat g ‘ayrat va epchillikning o‘zi kifoya qilmasdi, podani biror daryodan o‘tkazish vaqtida, u g'ayrat va epchillik ustiga yana nihoyatda katta chidam ko‘rsa-tish ham kerak, bu chidam bir necha soatga yoki bir necha kunga emas, balki bir necha haftalarga yetishi lozim. Bu qiyinchilikka sabab daryoning o‘tib bo‘lmasligi emas, balki podaning o'jarlik qilib, daryo­ dan o'tmay turib olishi bo‘ladi. Buqalar suv ichib olib, ketiga buriladi; qo‘ylar suvdan qo‘rqib, chor atrofga tarqab keta boshlaydi. Podani yana daryoga surishga urinib ko‘rish uchun qorong‘u tushishini kutish kerak. Bu urinish ham bekor ketadi. Qo'chqor-larni ko‘tarib, suvga otadilar, lekin boshqa qo'ylar ularga ergashmaydi. Mollarni bir necha kun sug‘or-may, suvga tashna qilib ko‘radilar, lekin bu ham foy­ da bermaydi. Bolalarining ovozini eshitib oldiga oti-larmikan deb, qo'zichoqlarni daryoning narigi tomoniga olib o'tadilar. Ammo qo‘zichoqlar qancha zorillab ma’ramasin, onalari qimir etmay turaveradi. Bunday xunobgarchilik ba’zan bir oyga cho‘ziladi, be-chora mol jallob o‘zining bu bebosh armiyasini nima qilishni bilmay boshi qotadi. Axir bir kun podaning bir qismi hech qanday sababsiz, o'zidan o‘zi daryodan kechib o‘ta boshlaydi, shunda yana bir qiyinchilik tug‘iladi — mollarning suvga betartib tushuviga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ular suvga g ‘uj bo‘lib tushadi-da, girdobga duch kelib, ko‘pchiligi cho'kib ketadi.
Sem Mitchel sayohatchilarimizga ana shularni so'zlab berdi. Sayohatchilar uning hikoyasini eshitib o‘tirganlarida, podaning yarmidan ortig'i ular ol-didan tartib bilan o‘tib ketdi, shuning uchun mol jal­ lob yaxshi o‘tloqlarni tanlab yo‘l boshlash uchun poda oldiga tushishga shoshilib, o‘rnidan turdi. U


325

Glenarvan va uning hamrohlari bilan xayrlashdi. Hammalari uning qo‘lini mahkam qisib xayrlashdilar. Keyin u podachilaridan biri jilovidan ushlab turgan ajoyib to‘riq otga mindi-da, dam o‘tmay chang-to‘zon orasida ko'zdan g'oyib bo‘ldi.
Arava yana yo'lga tushdi va kechqurun, Talbot tog‘ining etagiga yetgandan keyingina to‘xtadi. Bu yerda Paganel sayohatchilarga bugun 25-dekabr — ingliz oilalarida juda qadrlanadigan rojdestvo bayra-mi kuni deb juda o‘rinli eslatdi. Lekin buni mister Olbinet ham yodidan chiqarmagan ekan: palatkada ju­ da mazali ovqatlar tortildi. Haqiqatan ham, mister Olbinet o‘zini ko'rsatdi: u aravada bor oziq-ovqat za-pasidan Avstraliya qirlarida pishirish doim ham nasib bo‘lavermaydigan bir necha xil yevropacha taom tayy-orlagan edi. Bu ajoyib ziyofatda kiyik go‘shtidan pishirilgan vetchina, tuzlangan yaxna go‘sht, dimlan-gan semga balig‘i, arpa va suli unidan pishirilgan pirog tortildi, choy istaganingizcha bor, dasturxonga juda ko‘p viski va bir necha shisha portveyn q o ‘y ü d i .

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish