Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Bog'liq
30 11

Epidemik kasalliklar.
 
Kasalliklar endemik yoki epidemik bo‘ladi. Epidemik 
kasalliklar yoki epidemiyalar biron bir hududda infeksiyali kasalliklarning tezda 
tarqalishi, ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lishi keyin yo‘qolib kyetishidir. Ko‘plab 
yuqumli kasalliklar epidemiyalarga aylanishi mumkin. Bularga qizilcha, cho‘chqa 
grippi, qizamiq, gripp, shamollash, isitma va boshqalar kiradi. Agar kasallik yetarli 
darajada barqaror saqlansa bu kasallik endemik deyiladi. Epidemiyali kasalliklar 
―paydo bo‘ladi, cho‘qqiga chiqadi va yo‘qolib ketadi; endemik kasalliklar esa 
ma‘lum bir vaqt davomida barqaror miqdorda kasallik va o‘limlarga sabab bo‘lib 
turadi‖. Epidemiyalar asosan mahalliy darajada boshlanadi va keyin yaqin 
hududlarga tarqaladi. Agar epidemiya bir necha davlat yoki qit‘alargacha tarqalsa, 
bu ―Pandemiya‖ deyiladi. Pandemiyalar iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jihatdan 
epidemiyalarga qaraganda ancha vayronkorroq.
Jon Kaldvel epidemiyalar zamonaviy demografiya uchun muhim edi chunki 
o‘limlarning izidan tushush zarur va muhim tadqiqotga aylandi, deb yozgan edi. 
Masalan, Ispan gripp epidemiyasi millatlar ligasi tomonidan O‘sish Nazorati 
tizimining tashkil etilishiga sabab bo‘lgan edi. Yevropadagi eng dahshatli 
epidemiyalardan biri bu Qora O‘lat nomi bilan tanilgan virusli kasallik tarqalishi 
bo‘lib, u qayerdadir Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan, Ipak Yo‘li orqali O‘rta Yer 
dengiziga tarqalgan va kemalardagi kalamushlar vositasida 1347-1352-yillarda 
Yevropaga tarqalgan. Shimoliy Yevropagacha tarqalgan bu epidemiya qit‘aning 
1/3 ga yaqin aholisini qirib yuborgan. Tez-tez yuz byeruvchi epidemiyalar 
shunchalik ko‘p ediki, aholi yarmigacha qisqarib ketdi va bu aholining tiklanishiga 
keyingi ikki asr davomidagina erishildi.
1660-yillardagi Londonda yuz bergan Buyuk O‘lat keying bir necha yillar 
davomida takrorlanib turdi, ammo uning miqyosi yuqoridagi Qora O‘latchalik 
emas edi. Dastlab buni bubonik o‘lat deb jo‘ylashgan ammo hozirda buni 
ko‘pchilik virusli isitmaga o‘xshash kasallik, deb hisoblashmoqda. Jon Grayntning 
―O‘lim Billi‖ ham shu paytlarda ishlab chiqilgan.


107 
XIX-asrda Britaniya to‘rt marotaba vaboga uchragan va ayni shu paytlarda 
oddiy vrach Jon Snou vaboning tarqalish sirini yechdi va uning kashfiyoti 
Britaniya va G‘arb dunyosini vabodan ozod qilinishiga sabab bo‘ldi. Jon Snou 
Shuni ko‘rsatib byerdiki, muayyan quduqlar o‘zida zararli suvni saqlaydi va 
vabodan o‘layotganlar ham aynan shu suvlardan ichganlardir. U bugungi kunda 
ba‘zilar fan tarixidagi eng mashhur hujjatlardan biri, deb hisoblaydigan, quduqlar 
va Londonning vabo tarqalgan joylarining xaritasini chizdi. Bu Geografik Axborot 
Tizimlari (GAT) muayyan quduqlarning yopilishiga olib kelgan siyosatni 
belgilagan eng dastlabkilaridan biri edi. Stiven Jonsonning ―Arvoh Xarita‖ (2006) 
kitobi Jon Snou harakatlarining ajoyib, qiziqarli va ta‘sirlanarli jihatlari 
ta‘riflangan tengsiz asardir.
Yaqin muddat oldin sodir bo‘lgan epidemiyalardan biri bu Ispan gripp 
epidemiyasi bo‘lib, Ispaniya bundan zararlangan dastlabki Yevropa davlati 
bo‘lganligi uchun shunday atalgan. U 1918-yilda Yevropa bo‘ylab, keyin esa butun 
dunyoga tarqaldi. Epidemiologlar Nayal Jonson va Yurgen Myullyerlar 
ta‘kidlashicha epidemiya 50 millionga yaqin inson umriga zomin bo‘lgan; ba‘zilar 
esa undan ham yuqori natijani ko‘rsatishadi. Ispan grippi o‘sha paytda Yer 
sharining yarmiga teng bo‘lgan 1 milliard insonni zararlagani aniq. Ba‘zilar 
ko‘plab grippdan o‘lganlar kam rivojlangan mamlakatlarda hisobga olinmay 
ketilgan, deb taxmin qilishadi.
Epidemiya Shimoliy Amerikaga tarqalgan paytda, AQSHda 700000 ga 
yaqin kishi o‘lgan va Kanadada esa 50000 kishi. Kvebek va Labradorning ba‘zi 
kichik qishloqlari butunlay qirilib ketgan. Bu epidemiyaning asosiy qurbonlari 20 
va 40 yosh o‘rtasidagi yosh insonlar bo‘lishgan. Agar AQSHdagi 1911-1917 va 
1918-yil uchun maxsus-oylik o‘lim darajalarini tekshiradigan bo‘lsangiz, grippning 
ta‘siri 1918-yilning so‘nggi choragida, aniqrog‘i, oktyabr oyida bo‘lganiga guvoh 
bo‘lasiz. 1918-yilda San-Fransiskoda fuqarolardan ko‘chaga chiqqanlarida va 
jamoat joylarida bo‘lganlarida niqob taqishlarini talab qiluvchi qonun qabul 
qilingan. Shahar Sog‘liqni Saqlash Depatramenti tomonidan ―Niqob taqing va 
hayotingizni saqlab qoling! Bir Niqob Grippga qarshi 100% himoya!‖ nomli shiori 


108 
tarqatilgan. Shunga qaramasdan, San-Fransisko va yaqin atroflarda 3500 kishi, shu 
jumladan, bu kitob muallifi Dadli Postonning bir xolasi va uch bobo va buvilari 
ushbu grippdan vafot etishgan. Postonning 1918-yili 20-dekabrda 42 yoshida 
―gripp‖dan vafot etgan va keyingi kuni San Fransisko janubidagi Kolma 
Shaharchasida Muqaddas Hoch Qabristonida dafn etilgan ona tomondan buvisi 
Ani Karaning haqiqiy o‘lim haqidagi guvohnomasi 4.2 rasmda keltirilgan. 
Postonning onasi, Ketrin Kara ham 1918-yilda gripp bilan kasallangan va 
xayriyatki omon qolgan va 1936-yilda Dadli Postonga turmushga chiqqan va 1940-
yilda Dadli Poston Kichik (muallif) va Katlin (singlisi)ni dunyoga keltirgan.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish