Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-rasm. Dunyoning OIV infeksiyasidan zarar ko‘rgan mintaqalarida 1986-



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
Bog'liq
30 11

4.3-rasm. Dunyoning OIV infeksiyasidan zarar ko‘rgan mintaqalarida 1986-
2004-yillarda zararlanganlar sonining o‘sishi 
BMT ma‘lumotiga qaraganda, epidemiya tarqalishda davom etadi va ba‘zi 
mamlakatlar kelajakda ko‘p yillar davomida o‘z aholisi tarkibida OIV infeksiyasi 
bilan zararlanganlar soni ortishiga guvoh bo‘lishadi. OITS haqiqatda ham 
aholining kasallanishi, o‘lim darajasi va soni qisqarishiga juda ham katta sabab 
bo‘lmoqda: Bu virusdan jiddiy zarar ko‘rgan mamlakatlarda o‘rtacha umr ko‘rish 
uzoqligi shiddatli qisqarishlarga uchramoqda. 2005-yilda virusga egalar foizi 24%, 
deb hisoblangan Botsvanada o‘rtacha umr ko‘rish muddati 1985-1990 yillardagi 64 
yildan, 2000-2005 yillarda 47 yoshga tushib qoldi. 2005-2010-yillargacha umr 
ko‘rish yoshi OIV bilan kasallanishning qisqarishi va anti-retrovirus tyerapiyasi 
imkoniyatlari kengayishi natijasida yana 51 yoshga ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Janubiy Afrikada esa bu epidemiyadan eng katta zarar ko‘rgan mamlakatlar 
joylashgan bo‘lib, bu yerda aholi o‘rtacha yoshi 20 yil davomida 61 dan 49 yoshga 
tushib qolgan. Janubiy Afrikadagi ta‘sir kutilmagan bo‘lishiga qaramasdan, bu 


112 
hududdagi katta zarar ko‘rgan mamlakatlarning ko‘pchiligi yaqin yillarda umr 
davomiyligida ancha qisqarishlarni boshlaridan o‘tkazishdi. Kelinglar, o‘limning 
kelajakda kutilayotgan holatlarini hayot davomiyligi jihatidan ko‘rib chiqamiz. Biz 
bu asrda yuqori hayot darajalariga dunyodagi ko‘pgina rivojlangan davlatlar 
tomonidan yerishilganiga to‘xtaldik.
2006-yilda rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘rtacha olganda 77 yil umr 
ko‘rdi ( erkaklar 73 yosh, ayollar 80 yosh). Dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga 
ega bo‘lgan Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish 82 yoshni tashkil etgan (79 yosh 
erkaklar, 86 yosh ayollar), keying o‘rinlarda Avstraliya, Ispaniya, Shvetsiya va 
Shveysariya davlatlari 81yosh o‘rtacha umr uzoqliligi bilan joylashgan. O‘lish 
darajasini bu mamlakatlardagi holatga qarab tushib borishini taxmin qilish 
mumkinmi? Bu haqida ikki pozitsiya bor: biri buni cheklashga, ikkinchisi esa 
aksiga harakat qiladi. 
Inson hayot darajasi yuqori limitini yoqlovchi asosiy shaxs bu Jeyms Frays 
bo‘lib, u 1980-yilda insonlar maksimal hisobda o‘rtacha 85 yilgacha yashashlari 
mumkin, deb prognoz qilgan edi. U 2000-yilda e‘lon qilingan bir ishida insonlar 
o‘rtacha umr yoshi 1980-yildan byeri oshganini va bu oshish kelajakda 85 yoshdan 
ozgina ammo ko‘p oshmasligini ta‘kidladi. Jey Olshenski va Bryus Kyerns (2001) 
Fraysning fikrlarini ma‘qullab, barcha tirik organizmlar ―biologik kafolat‖ga ega 
degan fikrni bildirganlar.
O‘rtacha 100 yil umrga qarshi o‘z fikrlarini bildirib, ular ta‘kidlashdiki, 
―agar ko‘pchilik insonlar 100 yil yashash qobiliyatiga ega bo‘lishsa, 80 yoshdan 
keyin keladigan funksional va patologik pasayishlarning qandaydir bir sababi 
bo‘lishi kerak‖. Ular fikricha, ammo bunday sabab yo‘q. Haqiqatdan ham, ―80 
yoshdan keyin insonlar tanasidagi barcha biologik tizimlarida qisqarishlar sodir 
bo‘la boshlaydi‖. Ularning so‘zlariga qaraganda, AQSHda XXI asrning hech 
qanday paytida ham odamlar o‘rtacha 90 yil yashashlari qiyin.
Boshqa tarafdan, o‘limlarning qisqarishi va o‘rtacha umr uzayishini taxmin 
qilayotganlarning asosiy vakili bu mashhur demograf Jeyms Vopeldir. Uning 
tekshirishicha qachon maksimum o‘rtacha umr miqdori yuqori natijaga 


113 
ko‘tarilganida, bu natija ham ortda qoldirilgan. U va uning shogirdlari fikricha, 
insonlar va boshqa mavjudotlarning o‘lim darajalari oshib bormaydi va aksincha 
yosh o‘tib borgan sari o‘lim xavfi sekinlashib, kamayib boradi. Vopel va uning 
hamkasbi Jim Oppen o‘zlarining gapi bo‘yicha ―eng zo‘r umr ko‘rish mashg‘uloti‖ 
ma‘lumotini tekshirib ko‘rishdi. Ular umr ko‘rish ko‘rsatkichi eng uzun bo‘lgan 6 
mamlakat: Avstraliya, Islandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya va 
Shvetsiyadagi 1840-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan har yillik ma‘lumotni yig‘ib 
grafiklashtirishdi.
Biz ularning diagrammasini 4.4-suratda keltirganmiz. Oppen va Vopelning 
fikricha biron mamlakatdagi o‘rtacha daraja va rekord daraja orasidagi farq bu 
o‘sha mamlakatning o‘sha paytdagi bilimlardan amalda foydalana olganligini 
ko‘rsatadi. 4.4-suratdagi ma‘lumotdan ayon bo‘lishicha, ayollar o‘rtacha yashash 
uzoqligi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yiliga 3 oydan oshib borgan. Oppel va Vopel 
bundan shuni keltirib chiqarishmoqdaki, agar o‘sish shu chiziq bo‘ylab o‘sishda 
davom etsa, ayollar 2060-yilgacha bemalol 100 yoshgacha yashay ola boshlashadi.
Biz Fraysdan ko‘ra ko‘proq Vopel tarafida turishni ma‘qul ko‘ramiz. Bizning 
dalillarni ko‘rib chiqishimiz natijalari bizning o‘zgarmas biologik yosh 
tushunchasiga qarshi turishga undaydi. Biz o‘rtacha yosh o‘sishi shu asrning 
o‘zidayoq bir necha yoshga yuqorilaydi, deb hisoblaymiz.
Ayollar o‘rtacha yoshi 2060-yilgacha 100 yoshgacha yetadimi yo‘qmi 
buning ahamiyati yo‘q, shunisi ahamiyatliki, bu ko‘rsatkich 85 yoshda qotib 
qolmaydi. Yuqori daromadli 16 mamlakatda o‘tkazilgan empiric tajriba shuni 
ko‘rsatmoqdaki, ―yaqin yillardagi aholi o‘rtacha umr yoshining muntazam o‘sishi 
optimistlarning yaqin yillarda umr chegarasiga hali yaqinlashmasligimizni 
ko‘rsatmoqda‖. Ammo bu fikrni aytgan Bongaarts shuni ogohlantirish sifatida 
aytdiki, bu o‘sish Oppen va Vopel ta‘kidlaganidek yuqori bo‘lmaydi. 
Rivojlanayotgan dunyoda o‘rtacha umrda albatta o‘sish bo‘ladi. Ko‘plab 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, umumiy o‘lim darajasi va onalar 
o‘limi hali ham yuqori. Ularning ko‘plarida yuqumli kasalliklar ko‘plab o‘limlarga 


114 
sabab bo‘lmoqda. Zamonaviy tibbiy va ijtimoiy salomatlik texnikalari ularning 
ko‘plariga joriy qilinsa, umr ko‘rish uzoqligi anchagacha oshishi mumkin. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish