Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  Go‗daklar o‗limi koeffitsentining shkalasi



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   169
Bog'liq
30 11

4.4-jadval 
Go‗daklar o‗limi koeffitsentining shkalasi 
Go‗daklar o‗limi koeffitsienti, ‰ da 
Go‗daklar o‗limi darajasi 
20 gacha 
juda past 
20-34 
Past 
35-49 
O‗rta 
50-64 
Baland 
65 va undan yuqori 
o‗ta baland 
BMT ma‘lumotlarining tahliliga ko‗ra, go‗daklar o‗limi ba‘zi Osiyo 
davlatlarida 1-1,5 hatto 2 martaga oshganligi kuzatiladi. Go‗daklar o‗limi 
koeffitsientining pasayishi aholi umumiy o‗lim darajasining qisqarishida muhim 
rol o‗ynaydi. 
Aholi o‗lim darajasini o‗rganishda onalar o‗limini mukammal o‗rganib 
borish zarurdir. Onalar o‗lim tug‗ilish darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy 


96 
rivojlanishi nisbatan sust davlatlarda baland bo‗lib, u umumiy aholi o‗lim 
ko‗rsatkichlariga bevosita ta‘sir etadi. Onalar o‗limiga homiladorlikning oxirgi (28 
haftadan keyin) hamda farzand tug‗ilgandan keyingi (6 hafta) davrida sodir 
bo‗lgan ayollar o‗limi kiritiladi. Onalar o‗limi har 1000 ta tuqqan ayollarga yoki 
har 1000 ta tirik tug‗ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi. 
O‘zimizni bu sayyorada aktyorlar sifatida tasavvur qiladigan bo‘lsak, 
bizning yerdagi oxirgi manzilimiz bu o‘limdir. Agar bu demografik hodisa sodir 
bo‘lsa, bizning nomimiz kamida ikkinchi marta biron bir mahalliy gazetada e‘lon 
qilinishi mumkin. Birinchisi esa balki biz tug‘ilganimizda, ota va onamizning 
nomlari bilan qayd etilar. Biz tug‘ilganimizda ko‘p narsa xabar qilinmaydi. Ammo 
biz vafot etsak, bizning hayot yo‘limizni shonli ta‘ziyanomada aks ettirishlari 
mumkin. Biz haqimizdagi bu hikoyada bizning qachon va qayerda tug‘ilganimiz, 
tirik oila a‘zolarimiz, yoki tirikligimizdagi kasbimiz va o‘qish jarayonimiz kabi 
ma‘lumotlar keltirilishi mumkin.
―Ta‘ziyanoma‖ so‘zi ―o‘lim haqida e‘lon qilish, ko‘pincha marhumning 
qisqa biografiyasi (biron gazetada)‖ ma‘nosini anglatadi. Boshqa qaysi payt siz 
haqingizdagi qisqa biografiya boshqalarga o‘qish uchun nashr etiladi? Menimcha, 
hech qachon. Bizning o‘limimiz haqiqatdan ham hayotimizdagi eng muhim 
voqealardan biridir. Hammamiz tug‘ilganmiz va har birimiz o‘lamiz bu haqiqat. 
Hech kim o‘limdan qochib qutula olmaydi. Barcha mavjudotlar ham tug‘iladi va 
o‘ladi. Ammo biz insonlar o‘lim haqida o‘ylab, fikr yuritadigan yagona 
mavjudotlarmiz.
Yevropa aholisining umumiy o‗lim ko‗rsatkichi yosh bo‗yicha qaralganda, 
bolalar va o‗rta yoshdagilar o‗rtasida o‗lim kam uchraydi, keksa yoshdagilarda 
aksincha, juda baland. Aholi yosh tarkibida keksalar ko‗pligini inobatga olsak, 
tabiiy ravishda, bu umumiy o‗lim ko‗rsatkichiga ta‘sir yetishini aniqlaymiz. 
Bundan tashqari, Yevropa aholisi tarkibida ekzogen omillar tufayli sodir 
bo‗ladigan o‗lim hodisasi ko‗p uchraydi. Tug‗ilish darajasining pastligi, o‗limning 
tug‗ilishdan ko‗pligi, aholining tabiiy kamayishini keltirib chiqaradi. Bugungi 
Yevropa demografik vaziyatida aynan shu holat oddiy aholi takror barpo bo‗lishi 


97 
sodir bo‗lmoqda, ya‘ni aholi tabiiy ravishda kamaymoqda. Taqqoslash uchun 
tanlab olgan qit‘amiz Afrikada esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi qoloqlik, 
sog‗liqni saqlash sohasining yetarli rivojlanmaganligi, tug‗ilayotgan farzandlar 
sonining haddan tashqari ko‗pligi va ular o‗rtasida o‗limning yuqoriligi, umumiy 
o‗lim ko‗rsatkichining balandligiga olib kelmoqda. 
Tarix davomida o‘limning asosiy sabablarida katta o‘zgarishlar bo‘lgan. 
Odamlar asosan yuqumli va parazitik kasalliklardan o‘lgan paytlar ham bo‘lgan, 
ammo bugungi kundagi rivojlangan mamlakatlardagi o‘limlarning asosiy sababi bu 
yurak kasalliklari, huruji va saratondir. Bugungi kunda, shuningdek, o‘lim 
sabablari rivojlangan va qoloq davlatlar o‘rtasida ham bir xil emas. Bu mavzu ham 
keyinroq muhokama etiladi.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish