84
•
bu yerda: Kh- hayotiylik koeffitsenti.
•
T- tug‗ilganlar;
•
O‗- o‗lganlar.
Tug‗ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil
bo‗la vyermagan. Kaptalistik formatsiyagacha mavud bo‗lgan davrlarda tug‗ilish
biologik xaraktyerga ega bo‗lgan, ya‘ni cheklanmagan. Ko‗p bolalik jamiyat va
davlat tomonidan ham qo‗llab-quvvatlangan. Bu holni hozirgi jamiyat taraqqiyot
bosqichida turib tasavvur qilish mushkulroq albatta. Masalaning tub mohiyatiga
nazar tashlashga to‗g‗ri keladi, qaysiki, o‗sha o‗tmish zamonlardagi ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog‗liqdir. Quldorlik
feodalizm davrida ham
ko‗p bolalikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham manfaatdor edi. Nega
shunday?
Eng avval oilada bolaning iqtisodiy roli juda katta edi. Ko‗pgina
mamlakatlarda oila yumushlarida, hunarmandchilikda, dehqonchilikda va
chorvachilikda bolalar mehnatidan foydalanilgan. Demak, bola mehnati milliy
daromadning ma‘lum ulushini
tashkil etgani sababli, jamiyat tomonidan qo‗llab
quvvatlangan. Hatto ba‘zi davlatlarda, masalan, Rossiyada dehqonlarga ishlash
uchun beriladigan yer ham bolalar soniga qarab taqsimlanardi. Bunday sharoitda,
o‗z-o‗zidan ko‗rinib turibdiki, har bir oila bolalar sonini ko‗paytirishdan
manfaatdor bo‗lgan.
Kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga
kelishi bilan sanoat tez
rivojlana boshladi, yangidan-yangi shaharlar paydo bo‗ldi. Ko‗pchilik aholi ish
qidirib qishloqdan shaharga ko‗chib kela boshladi. Shahar aholisining o‗sib borishi
natijasida bir tomondan shaharlarda turar joy, oziq-ovqat muammolari kelib
chiqqan bo‗lsa, ikkinchi tomondan
fan texnika taraqqiy etib, ishsizlik vujudga
keldi. Uchinchidan, kapitalistik ishlab chiqarishda ayollar va bolalar mehnatiga
juda kam haq to‗lanar edi. Jamiyatda bunday o‗zgarishlar oilada bolalar sonini
cheklashga, tug‗ilishning qisqarishiga olib keldi.
85
Aholisining asosiy qismi shaharlarda
yashovchi Xorijdiy Yevropa
mamlakatlarida tug‗ilish, ayniqsa, kamayib ketdi. Masalan, Angliyada 1850
yillarda aholining 50 % shaharlarda yashagan va har ming kishi hisobiga tug‗ilgan
bolalar soni o‗rtacha 32,6 promilleni tashkil qilgan bo‗lsa, hozirgi aholining 80 %
ga yaqini shaharlarda yashaydi va har ming kishga nisbatan tug‗ilgan bolalar soni
10 tani tashkil qiladi yoki Fransiyani olib qaraylik. Bu mamlakatda 1850 yildan to
hozirgacha shahar aholisi 25,5 % dan 74 % gacha ko‗paydi. Har ming kishi
hisobiga tug‗ilgan bolalar soni esa 26,2 dan, 13,7 gacha kamaydi. Germaniya
Respublikasida esa aholining 94 % shaharlarda istiqomat qilishadi. Tug‗ilish
ko‗rsatkichi esa 9 %
o
ni tashkil etadi xolos va dunyoda tug‗ilish eng kam
davlatlardan hisoblanadi.
Yer yuzida tug‗ilishning kamayishi asosan 18 asrning ikkinchi yarmida
G‗arbiy
Yevropa davlatlarida boshlanib, keyinchalik, bu qit‘aning boshqa
mamlakatlariga, undan so‗ng esa AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiyaga
tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda tug‗ilish tez kamaya
boshladi. Ushbu davlatlarda 1750-1800 yillarda har ming kishi hisobiga 38 ta bola
tug‗ilgan bo‗lsa, 1970-1990 yillarda bu ko‗rsatkich 16 ni, 2007 yili 12
ni tashkil
qildi. Boshqacha qilib aytganda, tug‗ilish 3 martadan ko‗proq qisqargan. Endi
xuddi ana shu davrlar uchun rivojlanayotgan mamlakatlardagi tug‗ilishni
qiyoslaydigan bo‗lsak, boshqacha ahvolni guvohi bo‗lamiz. Ularda 1750-1790
yillarda har ming kishi hisobiga 41 tadan bola tug‗ilgan va 1970-1990 yillarda esa
har 1000 kishi hisobiga tug‗ilgan bola 34 tani, 2009 yili esa 22 tani tashkil qilgan.
Demak, rivojlanayotgan davlatlarda tug‗ilishning kamayishi, nisbatan olib
qaralganda, ancha sekin borgan. Hozirgi davrda tug‗ilish yer shari bo‗yicha bir xil
emas. Dunyo kontinentlari bo‗ylab eng yuqori tug‗ilish darajasi Afrikada, eng pasti
esa Yevropa davlatlarida kuzatilayotganligi hammaga ma‘lum.
Sayyoramizda tug‗ilishning hududlar bo‗ylab bunday farq qilishi, avvalo, u
davlat aholisining moddiy va madaniy turmush darajasiga,
ayollarning ijtimoiy
ishlab chiqarishda bandligiga hamda shu davlat halqining asrlar davomida
shakllanib, saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlariga, qolavyersa, diniga bog‗liqdir.
86
Bulardan tashqari, tug‗ilishga aholining jins va yosh bo‗yicha taqsimlanishi,
nikohdan o‗tish va ajralish kabi qator demografik omillar,
psixologik omillar,
tibbiyot rivojlanishi hamda har bir davlat tomonidan olib borilayotgan demografik
siyosat ham ta‘sir qiladi. Yuqorida qayd etilganidek, keyingi 20-30 yil ichida
dunyoning deyarli hamma hududlarida tug‗ilishning kamayib borish jarayoni
kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: