Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-rasm. 1918-yilda San-Fransiskoda kuzatilgan Gripp epidemiyasining



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Bog'liq
30 11

4.2-rasm. 1918-yilda San-Fransiskoda kuzatilgan Gripp epidemiyasining 
qurboni Enni Karaning O‘lim To‘g‘risidagi Guvohnomasi. 
1979-yilda vafot etgan Ketrin Kara Poston o‘z farzandlar va nabiralari 
hayotida ulkan o‘ringa ega edi. Bu o‘rinning shunchalik kattaligidan, Dadli Poston 
Kichikning qizi Nensi o‘z qizchasini katta buvisi sharafiga Kara, deb nomladi. 
Agar Ketrin Kara ham o‘z oila a‘zolari va singlisi bilan bu epidemiyada vafot 
etganida yuqorida sanalgan odamlarning ko‘pchiligi dunyoga kelmas edi va siz 
o‘qib turgan kitob ham yozilmas edi. Bugun bir epidemiya dunyoni larzaga 


109 
solmoqda. Bu kitob yozilishigacha, dunyo 25 yildan byeri OITS/OIV epidemiyasi 
bilan zararlanib kelmoqda.
Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (OITS) AQSHda dastlab 1981-
yilda bir jinsli nikoh tarafdorlari bo‘lgan erkak (gey)lar orasida kuzatilgan. 
OITSning gemofil xususiyatlari 1982-yilda ma‘lum bo‘lgan. Orttirilgan 
Immunotanqislik virusi (OIV) ilk bor 1983-yilda Parijdagi Pastyer Institutida 
ajratilgan va uning OITSni keltirib chiqarilishi aniqlangan. 1980-yillar oxiri va 
1990-yillarda OITS dunyoning hamma mintaqasida aniqlangan. OIV insondan 
insonga tana suyuqligi aloqasi orqali yuqadi. Basia Zaba yozishicha: ―bu jinsiy 
aloqa paytida, ona va bola aloqasida, homiladorlik paytida, dunyoga keltirish 
paytida, yoki emizish paytida yuqishi mumkin. Shuningdek bu styerillanmagan 
tyeri osti ignalari va jarrohlik uskunalari orqali ham tarqaladi‖. 
2006-yilda UNAIDS, BMT OITS/OIV bo‘yicha Qo‘shma Dasturi hisobiga 
ko‘ra virus aniqlangan 1981-yildan byeri dunyo bo‘yicha 65 million kishi 
zararlangan va 25 million kishi vafot etgan. 2006-yildagi OIV bilan yashayotgan 
barcha insonlarning uchdan ikki qismi Afrika-Janubiy Sahroi Kabir mintaqasidadir 
va u yerda OIV asosan qarama-qarshi jinsiy aloqa orqali bu virus tarqalgan. 
OIVning aynan bu hududda yuqori darajada tarqalganligi sabablaridan biri bu 
erkak va ayolning bir paytning o‘zida bir partnyerdan ortiq miqdordagi kishilar 
bilan aloqa qilishidadir. Masalan, bir erkak bir paytning o‘zida xotinga va bir yoki 
bir nechta o‘ynashlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu xususiyat virus tarqalishini bir 
necha barobar ko‘paytiradi.
Markaziy Afrika bu virusdan eng ko‘p zararlangan hudud bo‘lishiga 
qaramasdan, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada ham bu ancha tarqalgan. Bu 
hududlarda 2005-yilning o‘zida 220000 kishi zararlangan. Xitoyda ommaviyv 
OITS/OIV epidemiyasi tarqalishi xavfi bo‘lib, 30 milliondan ortiq bolakaylar 
uylanish huquqidan mahrum bo‘lishgan. Shunisi aniqki, OITS/OIV epidemiyasi 
insoniyatga ta‘sir qilgan, qilmoqda va ta‘sir qilib keladi ham. Yuqorida 
aytilganidek, 25 million kishi allaqachon OITSdan vafot etgan va yana 40 million 
kishi bu kasallik bilan yashab kelishmoqda.


110 
BMT 
o‘zining 
2006-yildagi 
Dunyo 
aholisi 
istiqbollari 
nomli 
ma‘lumotnomasida shuni keltiradiki, OIV virusi mavjudligi darajasi bu virus 
tarqalgan 58 mamlakat aholisi orasida 1 % gachani tashkil etadi. OIV mavjudligi 
darajasi 1 % dan kam bo‘lgan 4 yirik mamlakat: Braziliya, Xitoy, Hindiston va 
AQSH ham hisobga olinishi kerak, chunki ulardagi aholi soni bu virus 
tashuvchilarning ancha ko‘pligini ko‘rsatadi. Bu mamlakatlar bilan, bizning 
ro‘yxatimiz 62 mamlakatni tashkil etadi. Bu mamlakatlardan 40 tasi Markaziy 
Afrikada, 11 tasi Lotin Amerikasida va 5 tasi Osiyoda joylashgan. Bu mamlakatlar 
bir guruh sifatida butun dunyo bo‘yicha bu virus bilan zararlangan 40 million 
aholidan 35 millionini yoki 90 % ini o‘z ichiga oladi. 4.3-diagramma mintaqalar 
bo‘yicha 1986-2004-yillar bo‘yicha OIV bilan yashayotgan odamlarning yillik 
o‘sish su‘ratlarini ko‘rsatadi. Afrika Qit‘asi bu mintaqalar orasida eng birinchi 
o‘rinda turadi.
Afrikadagi 8 mamlakatda OIV virusi aniqlanganlik darajasi hayron 
qoldirarlik darajada yuqori. Svazilendda 15-49 yoshdagi aholining 33,8 foizi OIV 
virusi bilan zararlangan. Botsvanada bu ko‘rsatkich 24,4 %, Lesotoda 23,1 %, 
Zimbabveda 20,0 %, Namibiyada 19,7 %, Janubiy Afrikada 18,9 %, Mozambikda 
16, % va Zambiyada 16,9 %. Afrikadan tashqari, hech qaysi davlatda Gaitidagi 3,8 
% ko‘rsatkichga teng natija yo‘q. 


111 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish