Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   169
Bog'liq
30 11

4.5. -jadval 
Dunyo hududlarida aholi o‗limi (1000 aholiga nisbatan o‗lganlar soni)
*
Hududlar 
1958-1962 
yy. 
2001 y. 
2010 y. 
2017 y. 
Dunyo bo‗yicha 
17 



Yevropa 
10 
11 
11 
11 
Osiyo 
20 



Afrika 
23 
14 
12 

Shimoliy Amerika 
13 



Lotin Amerikasi 




Avstraliya va Okeaniya 





Население мира. М., 1965. С 12; Население и общество. (Информбюллетен РАН. М., 2001 № 56. 
Population Refyerence Bureau. 2017 World Population Data Sheet.
Bizning sanoat inqilobidan oldingi o‘lim darajalari va sharoitlari 
to‘g‘risidagi bilimlarimiz juda oz u paytlarda o‘lim darajasi baland bo‘lganligini 
bilamiz. Ammo o‘lim to‘g‘risidagi ma‘lumotning aniqligi va mavjudligi ko‘plab 
ochiq savollarga javob topgan bo‘lar edi. Urushning o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan 
natijalari hisoblash uchun ancha qiyin masala. Birinchi qiyin ishlardan biri bu 
ta‘riflash masalasidir. Urush nima? Ba‘zi harbiy tarixchilar va arxeologlar kamida 
ikki qatnashuvchi orasida bo‘ladigan har qanday konfliktlarni urush, deb 
ta‘riflashadi. Ammo bu haqiqatdan yiroq yondashuv. Hozirda olimlar urushni 
o‘limlar soniga ko‘ra ta‘riflashmoqda.


98 
Devid Uilkinson 1820-yildan byeri sodir bo‘lgan, qurbonlar soni 300 dan 
ortiq bo‘lgan 315ta to‘qnashuvni aniqlab chiqqan. Harbiy harakatlar paytida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushman kuchlari tomonidan sodir etilgan o‘limlarga qo‘shimcha 
ravishda bu yerda urush natijasida sodir bo‘luvchi aholi yo‘qotishlar, shu 
jumladan, soldatlar tomonidan tarqatilgan kasalliklar, talon taroj paytidagi 
o‘limlar, dehqonchilik dalalarini vayron etilishi natijasidagi ocharchiliklar tufayli 
o‘limlar, va nihoyat iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik sababli yuzaga keladigan 
qiyinchilik paytlaridagi o‘limlar ham hisobga olinishi kerak.
Aholining o‗lim ko‗rsatkichlari ham bevosita tabiiy o‗sishga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Avlodlarning almashinuvi, ularning uzoq yashashi esa o‗lim jarayoniga 
bog‗liqdir. Inson hamisha uzoq umr ko‗rishga intiladi. Har bir jamiyatda insonning 
uzoq umr ko‗rishi, avlodlar salomatligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar 
yaratiladi. Natijada, insonlarning uzoq umr ko‗rishiga: o‗lim hollarini esa sotsial 
chora tadbirlar bilan boshqarishga yerishiladi. Avlodlarni uzoq-umr ko‗rishi, tashqi 
muhit bilan uzoq muloqotda bo‗lishi uning demografik mayliga ham ta‘sir 
ko‗rsatadi. Aholi tez sur‘at bilan kamayib borishiga ham olib keladi.
O‗lim hodisasining katta yoki kichik ko‗rsatkichni tashkil yetishi bir 
yoshgacha bo‗lgan bolalar o‗limi bilan bevosita bog‗liq. Har 1000 ta tug‗ilgan 
chaqaloqqa to‗g‗ri keladigan go‗daklar o‗limi dunyo bo‗yicha 56 tani tashkil etadi. 
Shundan, Afrikada bu raqam 89 ta, Yevropada 9 ta, Okeaniyada 26 ta, Osiyoda 53 
taga teng.
Afrika davlatlarida dunyo bo‗yicha umumiy o‗lim ko‗rsatkichi o‗ta baland. 
Har 1000 kishiga to‗g‗ri keladigan aholi o‗limi 15-20 ‰, ba‘zi joylarda 25 ‰ ga 
ham etadi (Nigyerda- 24 ‰). O‗lim darajasi baland bo‗lgan ikkinchi mintaqa 
Yevropa hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyotiga ko‗ra bir-biridan 
keskin farq qiluvchi bu ikkala geografik hudud o‗lim hodisasi ko‗pligi bilan bir-
biriga o‗xshaydi. Yevropaning deyarli barcha qismlarida o‗lim tug‗ilishga nisbatan 
yuqori. O‗limning umumiy ko‗rsatkichi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishi 
o‗rtasidagi bog‗liqlik har doim ham o‗zini oqlamaydi. Jumladan, Yevropa iqtisodiy 
jihatdan baquvvat bo‗lishiga qaramasdan, aholi o‗rtasida o‗lim ko‗pligi bilan 


99 
ajralib turadi. Buni ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit bilan emas, balki aholi yosh 
tarkibidagi vaziyat bilan baholash maqsadga muvofiq.
Yevropa aholisining umumiy o‗lim ko‗rsatkichida bolalar va o‗rta 
yoshdagilar o‗rtasida o‗lim kam uchraydi, keksa yoshdagilarda, erkaklarda, 
aksincha, juda baland. Bundan tashqari Yevropa aholisi tarkibida ekzogen omillar 
tufayli sodir bo‗ladigan o‗lim hodisasi ko‗p uchraydi. Tug‗ilish darajasining 
pastligi, o‗limning tug‗ilishdan ko‗pligi aholining tabiiy kamayishini keltirib 
chiqardi. Bugungi Yevropa demografik vaziyatida aynan shunday holat tufayli 
qisqargan aholi takror barpo bo‗lishi sodir bo‗lmoqda, ya‘ni aholi tabiiy ravishda 
kamaymoqda.
Aholining juda ko‗p qismi, ayniqsa, Osiyo, Afrika hududlarida yuqumli 
infeksion kasalliklardan bolalik davrida ko‗z yumishgan. Qadimda yer sharida 
go‗daklar va ayollar o‗limi yuqori bo‗lgan. Ko‗pchilik ayollar farzand ko‗rish 
davrlarida turli kasalliklardan, ayniqsa, qon yo‗qotish tufayli halok bo‗lganlar. 
Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida har 1000 ta 
tug‗ilgan chaqaloqlardan bir yoshgacha bo‗lgan davrda 300-400 tasi, ba‘zi 
davrlarda esa, 500-600 tasi nobud bo‗lgan. O‗sha davrlarda aholi o‗limining 
yuqoriligi, qayd etilganidek, aholining turmush darajasiga, tibbiy xizmatlarning 
etishmasligiga, aholining ma‘lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar 
tug‗ilishining yuqoriligi va farzandlar tug‗ilishi orasidagi davrning nisbatan 
qisqaligi kabi omillar bilan bog‗liq edi. 
O‘lim hammaga bir paytda kelmaydi, ba‘zilarimiz ba‘zilarimizga qaraganda 
ertaroq, yoki kechroq o‘lamiz. O‘rtacha hisobda, ayollarga qaraganda erkaklar va 
aholini ko‘pchilik qismini tashkil etuvchi etnik guruh a‘zolariga qaraganda 
ozchilikni tashkil etuvchi etnik guruh vakillari tezroq vafot etishadi. O‘lish 
darajasining qisqarishi bir qancha ijtimoiy va iqtisodiy foydali jihatlari bor. 
Sog‘lomroq kishilar yaxshiroq va uzoqroq ishlay olishadi, shuning uchun 
ishchilarning samaradorligi va ishlab chiqarish salohiyati ancha oshdi. Ko‘plab 
tirik qolayotgan bolalar endi ancha salohiyatli va ishchan ishchilarga 
aylanishmoqda. Bolalar tirik qolishidagi ancha yutuqlar va bolalar o‘limining 


100 
qisqarishi jamiyatni bola tarbiya qilishdagi ko‘plab tashvishlardan xalos etdi. Shu 
paytning o‘zida o‘lim darajasining tushishi aholi o‘sish darajasining oshishi bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, albatta tug‘ilish darajasi ham tushmasa; shunday qilib, 
o‘limning qisqarishi aholi tarkibi va tuzilishiga ham ta‘sir qiladi. Bu ijtimoiy, 
iqtisodiy va demografik natijalar tufayli kelajakda kutiladigan o‘lim darajalari 
haqida ko‘plab muhokamalar mavjud.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish