4.4.
Aholi o‗limi va hayot davomiyligi
Hozirgi davrda dunyo bo‗yicha aholi o‗lim ko‗rsatkichlari Osiyo, Afrika,
Amerika, Okeaniya hududlarida kamayib, Yevropa hududida esa, ortib
borayotganligi kuzatiladi. Umuman, sayyoramiz aholisi orasida o‗lim jarayoni XX
asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida 2-2,5 marta kamaygan. Hozirgi davrda
o‗limga ekzogen omillar (organizmning qarishi va uning kasallanishi tufayli sodir
bo‗lgan ichki muhit omillari) sabab bo‗lmoqda. Bu hol, albatta jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, turmush tarzining yaxshilanishi, aholiga tibbiy
xizmat ko‗rsatishning oshib borishi bilan bog‗liq. Holbuki, Yevropa davlatlarida
aholi o‗lim ko‗rsatkichlarining birmuncha ko‗tarilishiga demografik omil, ya‘ni
aholi tarkibida qariyalar (60-65 yosh va undan yuqori) salmog‗ining ortib borishi
ta‘sir etgan. Ma‘lumki, aholi o‗limining umumiy koeffitsienti aholining yosh
tarkibiga bevosita bog‗liq. Agar aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) va yoshlar (16-
29 yosh) salmog‗i yuqori bo‗lsa, o‗lim koeffitsienti kamayadi.
Dunyoning juda ko‗p davlatlarida XX asr boshlarida aholi o‗rtacha 35-40 yil
umr ko‗rgan bo‗lsa, hozirgi vaqtda – o‗rtacha 63-68 yosh umr ko‗rishi kuzatiladi.
Yevropada esa, bu ko‗rsatkich 70-79 yoshga etdi. Mazkur hududda tug‗ilishning
keskin kamayishi aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog‗ining keskin
kamayishiga olib kelgan bo‗lsa, aholining umr ko‗rish muddatini uzayganligi
qariyalar salmog‗ining oshib borishiga sabab bo‗ldi, natijada, Yevropada o‗lim
ko‗rsatkichlari ko‗tarildi.
4.6 -jadval
Dunyo hududlarida aholining tug‗ilganda kutilayotgan umr ko‗rish yoshi
*
Hududlar
erkaklar
ayollar
jami
101
2010 y.
2017 y.
2010 y.
2017 y. 2010 y.
2017 y.
Dunyo bo‗yicha
67
70
71
74
69
71
Afrika
53
61
56
64
55
63
Amerika
72
74
78
80
75
77
Osiyo
68
71
71
74
69
72
Yevropa
72
75
80
81
76
78
Avstraliya va
Okeaniya
74
75
78
79
76
77
Manba*. Population Refyerence Bureau. 2010, 2017 World Population Data Sheet
.
Hammamizga ma‘lum yuqori aholi o‗limi kuzatilayotgan davlatlarda
o‗rtacha umr ko‗rish past ko‗rsatkichni tashkil qiladi. 2010 yil eng uzoq umr
ko‗rsatkichi Yaponiya (83 yosh), Xitoy-Gonkong (82 yosh), Xitoy-Makao (82
yosh), Singapur (81 yosh), Islandiya (81 yosh), Finlyandiya (80 yosh), G‗arbiy
Yevropa davlatlarida (79-82 yosh), Kosta-Rika, Gvadelupa davlatlarida (79 yosh)
kuzatilmoqda. Eng qisqa umr ko‗rish esa Markaziy Afrika Respublikalari (45
yosh), Angola (46 yosh), Nigyeriya (47 yosh), S‘yerra-Leona (48 yosh) va Burundi
(49 yosh) davlatlarida qayd etilgan.
Statistik ma‘lumotlar tahlilidan 2017 yilda aholining o‗rtacha umr ko‗rish
ko‗rsatkichi dunyoda erkaklarda 70 yosh, ayollarda 74 yoshga teng bo‗ldi.
Rivojlangan davlatlar bu borada yetakchi, ya‘ni, eng baland aholi o‗rtacha umr
ko‗rishi, aynan shu davlatlarga to‗g‗ri keladi (erkaklar- 76, ayollar- 82 yosh).
Mazkur yilda o‗rtacha umr ko‗rish yoshi 80 va undan baland bo‗lgani, aksariyat
ayollarda kuzatilmoqda. Erkaklarda deyarli bunday ko‗rsatkich qayd etilmaydi.
Ayollar o‗rtasida 80 yosh va undan katta umr ko‗rish yoshiga ega bo‗lgan
davlatlarga Yaponiya- 87, Gonkong- 86, Koreya Respublikasi – 85 yosh, Kanada-
84 yosh, AQSH -81 yosh, Isroil - 84 yosh va barcha G‗arbiy hamda Shimoliy
Yevropa (81.7) davlatlari aholisining yoshi 80 yoshdan baland.
Keyingi 10 – 15 yil ichida dunyoning deyarli hamma qismida tug‗ilishning
kamayib borishi, o‗rtacha umr ko‗rish yoshining ortishiga sabab bo‗ldi. Uzoq umr
ko‗rish yoshiga erishish har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bog‗liq
bo‗lishi bilan birga sog‗liqni-saqlash, aholi sog‗lom hayot tarzini tashkil etishdagi
erishgan yutuqlari bilan belgilanadi. Jumladan, Yaponiya (aholisi o‗rtacha umr
102
ko‗rish yoshi 83 yil, ayollarda 86 yil)
;
Shvetsiya df Shveysariyada (o‗rtacha
ko‗rsatkich 80-82 yosh); Nidyerlandiya, Norvegiya, Fransiya, Avstraliya (82
yosh); SHA, Kanada, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Finlyandiya
(80—82 yosh); O‗rtacha umr ko‗rish yoshi o‗rtacha bo‗lgan davlatlar (60—79
yosh) — Xitoy, Ruminiya, Rossiya, Polsha, Hindiston, Meksika, Braziliya,
ko‗pgina MDH davlatlari. O‗rtacha umr ko‗rish yoshi past bo‗lgan davlatlar (55
yoshdan past) Afriki, janubiy, janubiy – sharqiy Osiyo davlatlari kiradi. Aynan
mana shu sanab o‗tilgan davlatlarda dunyo miqyosida eng kichik go‗daklar o‗limi
kuzatiladi. Uzoq umr ko‗rish yoshiga erishish har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga bog‗liq bo‗lishi bilan birga, sog‗liqni-saqlash, aholi sog‗lom hayot
tarzini tashkil etishdagi erishgan yutuqlari bilan belgilanadi.
Aholining o‗rtacha umr ko‗rish muddatini aniqlashda, ayniqsa, go‗daklar
o‗limi alohida ahamiyatga egadir. BMT ma‘lumotlarining tahliliga ko‗ra go‗daklar
o‗limi ba‘zi Osiyo davlatlarida 1-1,5 hatto 2 martaga oshganligi kuzatiladi.
Go‗daklar o‗limining yuqori bo‗lishi aholi o‗rtacha umr ko‗rish muddatining
ko‗rsatkichlarini qisqarishiga olib keladi. Masalan, Rossiyada 1993 yili o‗g‗il
bolalar uchun go‗daklar o‗limi 20,0 ‰ edi. Demak, tug‗ilgan 1000 ta o‗g‗il
boladan 20 tasi 1 yoshgacha yashamaydi. Ikki yoshli o‗g‗il bolalarda esa, shu yili
o‗lim ehtimoli 6 kishini tashkil etgan. Ko‗rinib turibdiki, 1000 ta tug‗ilgan boladan
1 yoshga 980 tasi, 2 yoshgacha esa, 974 tasi o‗tadi. Ana shunday usul bilan
avlodning oxirigacha umr ko‗rish ehtimoli hisoblab chiqiladi.
Yuqorida qayd etilganidek, oldingi asrda aholi o‗rtacha 30-35 yil umr
ko‗rgan. Hozir esa bu ko‗rsatkich ikki barobarga oshgan. 2010 yilda aholi umr
ko‗rishi bo‗yicha eng past ko‗rsatkichlar Markaziy va Janubiy Afrika davlatlarida
kuzatilmoqda (erkaklar 42-44, ayollar 45-46 yosh). Agar biz AQSHda yashasak va
oq irqli ayol jinsiga mansub bo‘lsak, biz o‘rtacha hisobda eng uzoq yashaymiz;
bordi-yu afrikan-amerikan irqli erkak jinsiga mansub bo‘lsak eng qisqa umrga ega
bo‘lamiz. Bu yangi XXI asr boshlari hisobida AQSHdagi oq ayol o‘rtacha 80,2 yil,
qora erkaklar esa 68,6 yil yashashlari aniqlangan.
103
Qachon o‘lishimizni hal etishda bizning o‘zimiz muhim rol o‘ynaymiz. Biz
qayerda va qachon tug‘ilish ustidan umuman, hech qanday nazorat yurita
olmaymiz. Bizning tug‘ilishimiz ota-onwalarimizning qarorlaridir. Ammo bizda
farzandlar dunyoga keltirish yoki keltirmaslik bo‘yicha, agar keltirmoqchi bo‘lsak,
qayerda va qachon dunyoga keltirish bo‘yicha ancha nazoratga egamiz. Bizning
o‘lishimiz bu bir demografik rolga o‘xshaydi. Biz umrimizni qisqartirish yoki
uzaytirish bo‘yicha ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz ham, ega
bo‘lmasligimiz ham mimkin.
O‘lim haq bo‘lganiga qaramasdan, umrimiz miqdori ko‘plab omillarga
bog‘liq bo‘ladi; ba‘zilari ustidan nazorat qila olmaymiz (masalan: jinsimiz va
irqimiz), ammo boshqalari ustidan ancha nazoratga egamiz. Undan tashqari, biz
shunchaki o‘limimizning vaqti va xususiyatlaridan tashqari boshqalarning o‘limiga
ham ta‘sir o‘tkaza olamiz. O‘lim ta‘siri ijtimoiy va demografik xususiyatlarga
qarab ancha farqlanadi. Yuqori tabaqa vakillari quyi tabaqa vakillariga qaraganda
ko‘proq yashashadi. Turmush qurgan insonlar yakka yoki ajrashganlarga
qaraganda ko‘proq yashashadi. Bis bular haqida keyinroq to‘xtalamiz.
O‘lish va uning ta‘sirlari jamiyatda chuqur muhokamada bo‘ladi.
Demogrflar ko‘pincha barcha shaxslarni yakka jamiyat a‘zolari sifatida ko‘rishadi
va ularning yoshlarining farqlanishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar ustida tadqiqot
olib borishadi. Misol uchun, 2006-yilda Yaponiyada tug‘ilgan chaqaloq 82 yil va
Shvetsiyada tug‘ilgan chaqaloq 81 yil yashashi kutilgan. AQSHda 2006-yilda
tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha umr uzoqligi 78 yil atrofida bo‘lgan. Bunday
xavas qilarli natijalarni 2006-yilda Botsvana yoki Lesotoda tug‘ilgan chaqaloqlar
bilan solishtiring: bu mamlakatlarda ko‘rsatkich mos ravishda 34 va 36 yilni
tashkil etadi. Nega Botsvana yoki Lesotoda tug‘ilgan bolalar Yaponiya yoki
Shvetsiyada tug‘ilgan bolalarga qaraganda juda kam umr ko‘rishadi? Bunga
rivojlanish darajasi, tibbiy sharoitlar va boshqa omillar aralashadi va biz bularga
keyinroq to‘xtalamiz. Biz Afrika-Janubiy Sahroi Kabir mamlakatlar past umr
ko‘rish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan yagona mamlakatlardir degan taassurot
qoldirmoqchi emasmiz. Afg‘onistonda bu ko‘rsatkich 43 yosh va Gaiti hamda
104
Iroqda esa 58 yosh, ya‘ni yuqoridagilardan ozgina yuqoriroq va bu mamlakatlar
Afrika-Janubiy Sahroi Kabir mintaqasida joylashmagan.
Qadimgi Gretsiyadan topilgan hayot lavhachasi tug‘ilishdan boshlab umr
miqdorini 30 yosh, deb belgilagan. Rim Misri Senzusida keltirilgan ma‘lumotlarda
Misrda o‘sha paytlarda o‘rtacha umr miqdori 22-25 yosh bo‘lib, bu ma‘lumot Rim
Shimoliy Afrikasidagi qabrtoshlaridagi yozuvlar orqali tasdiqlangan. Jon Graunt
tomonidan ishlab chiqilgan hayot jadvali shuni ko‘rsatadiki, XVII-asrda Londonda
tug‘ilgan bolalarning 35 %i 6 yoshgacha yetib borishmagan. 2005-yil uchun
AQSH hayot jadvalida AQSHda tug‘ilgan qizchalarning 1% dan kamrog‘i 6
yoshgacha vafot etgan.
XVIII-asrda AQSH va Yevropaning ko‘pgina qismida hayot ko‘rish darajasi
bor yo‘g‘i 30-40 yil bo‘lgan. 1901-yilda esa AQSH erkaklari 47,9 yil ayollari esa
50,7 yil umr ko‘rishgan. Shuningdek u paytlardagi o‘lim darajasi yildan yilga
o‘zgarib turgan. Onda-sonda bo‘ladigan epidemilayar, kasalliklar urushlar tufayli
tushib kelturuvchi hayot darajalari bunday o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bular
Maltus tili bilan aytganda o‘lim darajasini yuqori ushlab turuvchi ―ijobiy
o‘lchovlar‖dir. Shaharlaridagi yomon yashash sharoitlari ham yuqori o‘lim
darajalariga sabab bo‘lgan. Ocharchilik dastlab o‘limga olib keladi, deb
hisoblangan. Preindustrial davrlarda aholi o‘z oziq-ovqatlari ustidan biz hozirda
ega bo‘lgandek nazoratga ega bo‘lishmagan.
Qishloq xo‘jaligi hosillari ko‘p jihatdan qo‘l mehnati samarasizligi,
kemiruvchilar va hasharotlar bosqini va o‘simlik kasalliklari tufayli cheklangan
edi. Mo‘l ko‘l oziq-ovqat zahiralari noqobil saqlash sharoitlari tufayli isrof etilar
edi. Transport texnologiyasi va yo‘llar rivojlantirilmagan edi, shu sababli oziq-
ovqat tanqisligiga uchragan hududlar boshqa joylardan zahira sifatida foydalana
olmas edilar. Shunday qilib, ocharchilik katta muammo edi. Ocharchiliklarning
demografik oqibatlari ko‘pincha halokatli bo‘lar edi. Ocharchilik ko‘pincha
aholining qishloqlarda yashovchi va kambag‘al qismida ro‘y bergani uchun, uning
aniq zararini aniqlash qiyin. 1315-1317-yillardagi ocharchilik davomida
Yevropaning ko‘plab hududlarida aholi soni qisqargan.
105
1690-yillarda Shvetsiyadagi hosilsizliklar tufayli Shvetsiyaning bir necha
viloyatlarida aholi soni 1/6 gacha qisqargan. 1846-1851-yillarda Irlandiyada ro‘y
bergan, buyuk ocharchilik, deb nom qoldirgan Irland kartoshka ocharchiligi 1
million, ba‘zi manbalarga ko‘ra 1,5 million odam umriga zomin bo‘lgan. Agar
1840-yillar boshida Irlandiya aholisi 8,2 million bo‘lganini hisobga oladigan
bo‘lsak, bu juda katta raqam. O‘sha kunlarni ko‘rgan bir Irland rohibi aytganidek:
―O‘lim va xonavayronlik farishtasi Irlandiya ustidan g‘olibona hukm
yurgizmoqda‖. Biz shuni ham unutmasligimiz kerakki, bu Britaniyadagi ko‘zdan
panada qolgan boshqa o‘limlarni hisobga olmagandagi natija.
Yevropadagi so‘nggi katta ocharchilik bu 1868-yilgi Fin ocharchiligi edi.
Shuningdek, Hindistonda 19 millionga yaqin odam 1891-1910-yillarda ro‘y bergan
ocharchilik tufayli qirilib ketishan. Dunyodagi eng halokatli ocharchiliklardan biri
1958-1961-yillar oralig‘ida Xitoyda yuz bergan. Sanoat va don mahsulotlari ishlab
chiqarilishi past darajalarga tushib kyetishi bilan umumiy yashash sharoiti
og‘irlashdi va tug‘ilish darajalari deyarli to‘xtab qolay dedi. Dastlab oziq-ovqat
tanqisligi keyin ocharchilik yuz byerdi va buning ustiga chetdan eksport qilinuvchi
oziq-ovqatlar ham qisqarib ketdi.
Hisob-kitoblar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ocharchilik natijasida Xitoyda 30
million aholi qirilib ketgan va o‘n yoshgacha bo‘lganlar o‘limi soni 12 millionga
chiqqan. Bu ocharchilikning asosiy sababi Mao Szedun tomonidan 1958-yilda
ilgari surilgan, ―kollektiv iqtisod afzalliklarini maksimallashtirish orqali qishloq
xo‘jaligining buyuk potensialini tushunish uchun tabiatga qarshi inqilobiy
to‘qnashuvni o‘z ichiga oluvchi‖, tushunarsiz, amalga oshirib bo‘lmaydigan ―Katta
oldinga sakrash‖ dastur edi. Bu iqtisodiy inqiroz va ocharchilik toshqinlar, o‘simlik
kasalliklari, qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar va shuningdek, byurokratik
samarasizlik va noto‘g‘ri menejment tufayli ro‘y bergan edi. Insoniyat tarixi
davomida, ko‘pincha ocharchiliklar kichik-ichik aholi guruhlarida sodir bo‘lsada,
katta zarar ko‘rsatganlari ham uchrab turadi. Xitoydai ocharchilik shunchalik
dahshatli ediki, u mamlakat aholisining 2-3 % ini qirib yubordi. Irlandiyada ham
kamdan-kam uchraydigan yirik natija – ocharchilik natijasida aholining 12-18 % i
106
qirilib kyetishi kuzatilgan edi. Endi biz epidemic kasalliklar muhokamasiga
o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |