4.3-rasm. Dunyoning OIV infeksiyasidan zarar ko‘rgan mintaqalarida 1986-
2004-yillarda zararlanganlar sonining o‘sishi
BMT ma‘lumotiga qaraganda, epidemiya tarqalishda davom etadi va ba‘zi
mamlakatlar kelajakda ko‘p yillar davomida o‘z aholisi tarkibida OIV infeksiyasi
bilan zararlanganlar soni ortishiga guvoh bo‘lishadi. OITS haqiqatda ham
aholining kasallanishi, o‘lim darajasi va soni qisqarishiga juda ham katta sabab
bo‘lmoqda: Bu virusdan jiddiy zarar ko‘rgan mamlakatlarda o‘rtacha umr ko‘rish
uzoqligi shiddatli qisqarishlarga uchramoqda. 2005-yilda virusga egalar foizi 24%,
deb hisoblangan Botsvanada o‘rtacha umr ko‘rish muddati 1985-1990 yillardagi 64
yildan, 2000-2005 yillarda 47 yoshga tushib qoldi. 2005-2010-yillargacha umr
ko‘rish yoshi OIV bilan kasallanishning qisqarishi va anti-retrovirus tyerapiyasi
imkoniyatlari kengayishi natijasida yana 51 yoshga ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Janubiy Afrikada esa bu epidemiyadan eng katta zarar ko‘rgan mamlakatlar
joylashgan bo‘lib, bu yerda aholi o‘rtacha yoshi 20 yil davomida 61 dan 49 yoshga
tushib qolgan. Janubiy Afrikadagi ta‘sir kutilmagan bo‘lishiga qaramasdan, bu
112
hududdagi katta zarar ko‘rgan mamlakatlarning ko‘pchiligi yaqin yillarda umr
davomiyligida ancha qisqarishlarni boshlaridan o‘tkazishdi. Kelinglar, o‘limning
kelajakda kutilayotgan holatlarini hayot davomiyligi jihatidan ko‘rib chiqamiz. Biz
bu asrda yuqori hayot darajalariga dunyodagi ko‘pgina rivojlangan davlatlar
tomonidan yerishilganiga to‘xtaldik.
2006-yilda rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘rtacha olganda 77 yil umr
ko‘rdi ( erkaklar 73 yosh, ayollar 80 yosh). Dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga
ega bo‘lgan Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish 82 yoshni tashkil etgan (79 yosh
erkaklar, 86 yosh ayollar), keying o‘rinlarda Avstraliya, Ispaniya, Shvetsiya va
Shveysariya davlatlari 81yosh o‘rtacha umr uzoqliligi bilan joylashgan. O‘lish
darajasini bu mamlakatlardagi holatga qarab tushib borishini taxmin qilish
mumkinmi? Bu haqida ikki pozitsiya bor: biri buni cheklashga, ikkinchisi esa
aksiga harakat qiladi.
Inson hayot darajasi yuqori limitini yoqlovchi asosiy shaxs bu Jeyms Frays
bo‘lib, u 1980-yilda insonlar maksimal hisobda o‘rtacha 85 yilgacha yashashlari
mumkin, deb prognoz qilgan edi. U 2000-yilda e‘lon qilingan bir ishida insonlar
o‘rtacha umr yoshi 1980-yildan byeri oshganini va bu oshish kelajakda 85 yoshdan
ozgina ammo ko‘p oshmasligini ta‘kidladi. Jey Olshenski va Bryus Kyerns (2001)
Fraysning fikrlarini ma‘qullab, barcha tirik organizmlar ―biologik kafolat‖ga ega
degan fikrni bildirganlar.
O‘rtacha 100 yil umrga qarshi o‘z fikrlarini bildirib, ular ta‘kidlashdiki,
―agar ko‘pchilik insonlar 100 yil yashash qobiliyatiga ega bo‘lishsa, 80 yoshdan
keyin keladigan funksional va patologik pasayishlarning qandaydir bir sababi
bo‘lishi kerak‖. Ular fikricha, ammo bunday sabab yo‘q. Haqiqatdan ham, ―80
yoshdan keyin insonlar tanasidagi barcha biologik tizimlarida qisqarishlar sodir
bo‘la boshlaydi‖. Ularning so‘zlariga qaraganda, AQSHda XXI asrning hech
qanday paytida ham odamlar o‘rtacha 90 yil yashashlari qiyin.
Boshqa tarafdan, o‘limlarning qisqarishi va o‘rtacha umr uzayishini taxmin
qilayotganlarning asosiy vakili bu mashhur demograf Jeyms Vopeldir. Uning
tekshirishicha qachon maksimum o‘rtacha umr miqdori yuqori natijaga
113
ko‘tarilganida, bu natija ham ortda qoldirilgan. U va uning shogirdlari fikricha,
insonlar va boshqa mavjudotlarning o‘lim darajalari oshib bormaydi va aksincha
yosh o‘tib borgan sari o‘lim xavfi sekinlashib, kamayib boradi. Vopel va uning
hamkasbi Jim Oppen o‘zlarining gapi bo‘yicha ―eng zo‘r umr ko‘rish mashg‘uloti‖
ma‘lumotini tekshirib ko‘rishdi. Ular umr ko‘rish ko‘rsatkichi eng uzun bo‘lgan 6
mamlakat: Avstraliya, Islandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya va
Shvetsiyadagi 1840-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan har yillik ma‘lumotni yig‘ib
grafiklashtirishdi.
Biz ularning diagrammasini 4.4-suratda keltirganmiz. Oppen va Vopelning
fikricha biron mamlakatdagi o‘rtacha daraja va rekord daraja orasidagi farq bu
o‘sha mamlakatning o‘sha paytdagi bilimlardan amalda foydalana olganligini
ko‘rsatadi. 4.4-suratdagi ma‘lumotdan ayon bo‘lishicha, ayollar o‘rtacha yashash
uzoqligi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yiliga 3 oydan oshib borgan. Oppel va Vopel
bundan shuni keltirib chiqarishmoqdaki, agar o‘sish shu chiziq bo‘ylab o‘sishda
davom etsa, ayollar 2060-yilgacha bemalol 100 yoshgacha yashay ola boshlashadi.
Biz Fraysdan ko‘ra ko‘proq Vopel tarafida turishni ma‘qul ko‘ramiz. Bizning
dalillarni ko‘rib chiqishimiz natijalari bizning o‘zgarmas biologik yosh
tushunchasiga qarshi turishga undaydi. Biz o‘rtacha yosh o‘sishi shu asrning
o‘zidayoq bir necha yoshga yuqorilaydi, deb hisoblaymiz.
Ayollar o‘rtacha yoshi 2060-yilgacha 100 yoshgacha yetadimi yo‘qmi
buning ahamiyati yo‘q, shunisi ahamiyatliki, bu ko‘rsatkich 85 yoshda qotib
qolmaydi. Yuqori daromadli 16 mamlakatda o‘tkazilgan empiric tajriba shuni
ko‘rsatmoqdaki, ―yaqin yillardagi aholi o‘rtacha umr yoshining muntazam o‘sishi
optimistlarning yaqin yillarda umr chegarasiga hali yaqinlashmasligimizni
ko‘rsatmoqda‖. Ammo bu fikrni aytgan Bongaarts shuni ogohlantirish sifatida
aytdiki, bu o‘sish Oppen va Vopel ta‘kidlaganidek yuqori bo‘lmaydi.
Rivojlanayotgan dunyoda o‘rtacha umrda albatta o‘sish bo‘ladi. Ko‘plab
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, umumiy o‘lim darajasi va onalar
o‘limi hali ham yuqori. Ularning ko‘plarida yuqumli kasalliklar ko‘plab o‘limlarga
114
sabab bo‘lmoqda. Zamonaviy tibbiy va ijtimoiy salomatlik texnikalari ularning
ko‘plariga joriy qilinsa, umr ko‘rish uzoqligi anchagacha oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |