Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

1.urug’ 
a’zolarining
bir biri bilan
qon
qarindoshlik
3.Ijtimoiy 
hayotning
turmushning va
vujudga
kelayotgan
madaniyatning
birligi
2.urug’a’zola
ri  xo’jalik
faoliyatning
birligi
 
8.1-rasm. Urug`chilik turlari. 
Ibtidoiy  jamoa  tuzumining  parchalanish  jarayonida  ko‘pgina  qabilalar 
manfaatlarining  umumiyligi  ularni  muayyan  ittifoqlarga  birlashishga  olib  keldi 
(masalan, Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi, Meksikada uchta astek qabilalar 
uyushmasi,  Janubiy  Afrikada  zulus  qabilalari  Ittifoqi  va  h.k.).  Bunday 
ittifoqlarning  shakllanishi  qabilalar  orasida  xo‘jalik  va  madaniy  aloqalarning 
kuchayishiga,  bu  esa  o‘z  navbatida,  qabilalarning  asta-sekin  qo‘shilib  kyetishiga 
olib  keldi  hamda  ilgarigi  qon-qarindoshlik  aloqalari  o‘rnini  hududiy  aloqalar 
egallay  boshladi.  Shu  yo‘l  bilan  yangi  etnos  tipi  –  kishilarning  tili,  hududi, 
iqtisodiyoti va madaniyati o‘xshash bo‘lgan kishilar guruhi – elat shakllandi. 
Dastlab  quldorlik  davrida  qadimgi  Misr,  qadimgi  ellen  va  boshqa  shu  kabi 
elatlar  shakllandi.  Yevropada  elatning  shakllanish  jarayoni  asosan  feodalizm 
davriga kelib tugallandi (qadimgi rus, polyak, nemis va h.k.). Odatda kelib chiqishi 
va tili yaqin bo‘lgan qabilalar o‘zaro birlashganlar (qadimgi rus – polyan, drevlyan, 
vyatich  va  boshqa  sharqiy  slavyan  qabilalari,  polyak  –  pomoryan,  vislyan, 
mazovshan va boshqa slavyan qabilalari, nemis - saks, aleman va boshqa gyerman 


 
172 
qabilalari)  yoki  birining  ikkinchisiga  bosqin  uyushtirishi  natijasida  turli  tilda 
so‘zlashadigan qabilalar qo‘shilib ketganlar (shimoliy fransuz va provansal elatlari 
–  gall  qabilalari,  rim  kolonistlari,  gyerman  qabilalari,  franklar,  vestgotlar  va 
burgundlar va h.k.). 
Elatlarning  qo‘shilishi  jarayonida  hamda  ularning  ayrim  qismlari  orasidagi 
iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarning  kuchayishi  natijasida,  ulardan  birining  tili 
(odatda ko‘p sonli va nisbatan rivojlangani) umumiy tilga aylanadi, boshqa qabila 
tillarining  ahamiyati  pasayib,  sheva  darajasiga  tushadi  yoki  butunlay  yo‘qolib 
ketadi;  muayyan  hududiy,  madaniy  va  xo‘jalik  birligi  shakllanadi.  Biroq,  bunday 
birlik  hali  ancha  (ayniqsa,  iqtisodiy  jihatdan)  beqaror  va  bo‘sh  edi.  Iqtisodiy  va 
madaniy  aloqalarning  kuchayishi  bilan  elatlar  asta-sekin  millatlarga  aylana  bordi. 
Elatlar  uchun  xos  belgilar  yangi  sifat  darajasiga  ko‘tariladi:  millat  barqaror 
hududiy,  iqtisodiy  va  madaniy  birlik  bilan,  umumiy  til  bilan  ajralib  turadi;  va 
nihoyat, qayd etilgan xususiyatlar natijasida, milliy xaraktyerning umumiy jihatlari 
hamda milliy ong shakllanadi. 
Odatda millat – nomi saqlanib qolgan elatning etnik rivojlanish mahsulidir. 
Biroq, davlat chegaralaridagi o‘zgarishlar tufayli, ayrim elatlar negizida bir qancha 
etnik  birliklar  yuzaga  kelgan  (masalan,  portugallar  va  galisiyaliklar,  nemislar  va 
avstriyaliklar va h.k.). Qadimgi rus elati rus, ukrain va belorus elatlarining umumiy 
ildizi bo‘lib xizmat qildi. Keyinchalik, ularning har biri alohida millatga aylandilar. 
Shunday  holatlar  uchraydiki,  bitta  millatning  shakllanishida  bir  qancha  elatlar 
ishtirok etadi (masalan, indoneziya millati yavaliklar, sundlar, madurlar va boshqa 
elatlardan, filippinlar – tagallar, visayyalar, iloklar va boshqalardan shakllangan). 
Ko‘pgina  mayda  elatlar  millatga  aylanmasligi  mumkin.  Ular  kamsonli 
bo‘lganliklari  tufayli,  ayrim  zamonaviy  yo‘nalishlarni  mahalliy  kadrlar  bilan 
ta’minlay  olmasdan,  taraqqiyotdan  orqada  qoldilar.  Vaqt  o‘tgach,  bunday  elatlar 
boshqa  ancha  rivojlangan  elat  yoki  millat  bilan  aloqaga  kirishadilar,  ularning 
madaniyati va tilini o‘zlashtiradilar va asta-sekin ular bilan qo‘shilib ketadilar. 
Ta’kidlash joizki, etnoslarning uch bosqichli bo‘linishi (qabila – elat – millat) 
yer  sharidagi  mavjud  etnik  umumiylik  shakllarining  barchasini  o‘zida  aks 


 
173 
ettirmaydi.  Bunda  ayniqsa,  ko‘pchilik  mamlakatlardagi  mavjud  oraliq  guruhlar  – 
muhojirlarning birinchi, ikkinchi va undan keyingi avlodi, qisman asosiy millatga 
assimilyasiyalashgan  aholi  vaziyatni  murakkablashtiradi.  Ular  o‘z  vatani  va  xalqi 
bilan  butunlay  aloqasini  uzmagan,  ayni  paytda,  ularni  qabul  qilgan  mamlakat 
etnosiga  yaxlit  qo‘shilib  ketmagan  (masalan,  AQSH  va  Kanadadagi  nemislar, 
shvedlar,  italyanlar  va  boshqalar).  Oraliq  guruhlar  ikki  va  undan  ortiq  xalq  aloqa 
qiladigan  etnik  chegaralar  zonasida  ham  shakllanadi.  Bunday  guruhlarning o‘ziga 
xos xususiyati – ikki xil milliy ongning yuzaga kelganligidir. 
Kishilarning  bir  jamoasi  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  etnik  umumiyliklar 
tarkibiga  kirishi  mumkin,  va  bu  narsa  ularning  o‘ziga  xos  iyerarxiyasini  yuzaga 
keltiradi. Har qanday, hatto eng jips va konsolidatsiyalashgan xalqlarda ham asosiy 
etnik  tarkibdan  farqlanuvchi  xususiyatlarni  o‘zida  saqlab  qolgan  ayrim  guruhlar 
uchraydi.  Etnografik,  deb  nomlanuvchi  bunday  guruhlar  hududiy  jihatdan  millat 
yoki elatning alohida qismini tashkil etadi, madaniyati va maishiy hayotida alohida 
xususiyatlarni  saqlab  qoladi  (ular  o‘ziga  xos  shevada  gaplashadilar,  dini,  kiyim-
kechak, urf-odatlari bo‘yicha boshqalardan farq qilishi mumkin).  
Etnografik  guruhlar  odatda  bir  elat  yoki  millatning  boshqa  milliy  guruhlar 
bilan  assimilyasiyalashuvi  yoxud  qabilaning  elatga  qo‘shilishi  bilan,  biroq  ushbu 
qabila  o‘zining  ayrim  xususiyatlarini  saqlab  qolgan  holda  yuzaga  keladi.  Ko‘p 
hollarda  asosiy  etnik  guruhdan  uzoq  vaqt  ajralib  qolishi  (migratsion  jarayonlar 
tufayli,  davlat  chegaralarining  o‘zgarishi  va  h.k.)  natijasida  etnografik  guruhlar 
yuzaga  keladi.  Konfessional  munosabatlar  bilan  farqlanadigan  guruhlar  ayniqsa, 
ajralib  turadilar  (masalan,  Hindistondagi  panjoblik  sikxlarni  alohida  xalq  sifatida 
ham e’tirof etadilar). 
Metaetnik  umumiylik,  deb  nomlanadigan,  bir  necha  xalqlar  guruhlarini 
qamrab  oladigan  birliklar  ham  mavjud.  Ular  etnogenetik  jihatdan  yaqin,  o‘zini 
anglash  unsurlari  o‘xshash,  uzoq  vaqt  iqtisodiy,  madaniy  va  siyosiy  aloqalarda 
bo‘lgan  bir  necha  xalqlarni  birlashtiradi.  Bunday  birliklarga  nafaqat  tili,  balki 
madaniyati  va  maishiy  hayotida  o‘xshashliklar  bo‘lgan  xalqlar,  masalan, 
slavyanlar, romanlar, mug‘ullar, turklar va boshqalarni kiritish mumkin. 


 
174 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish