Dinning asosiy vazifalari (rollari):
Dunyoviy - ko'rinishi - din, imon e’tiqodiga ko'ra, hayotlarini alohida ma'no
va mazmun bilan to'ldiruvchi vazifasi;
Tasalli -byeruvchi psixotyerapevtik-uning mazmuni insonni tabiiy va
ijtimoiy tafovutlarda tasalli berishda, shaxsiy zaifligining his-tuyg'ularini bartaraf
etish, shaxsiy muvaffaqiyatsizliklarida tushkunlikka tushganda, g'azablanish va
o‘lim oldida qo‘rqish, kuchsizligini his qilganda tinchlantiruvchi dunyoviy
ahamiyatga ega;
Muloqot - imonlilar o'rtasidagi o'zaro muloqot, xudolar, farishtalar (ruhlar)
bilan aloqa qilish, o'liklarning ruhlari bilan, kundalik hayotda va odamlar
o'rtasidagi muloqotda ideal vositachilik qiladigan avliyolar. Muloqot maxsus
tashkillashtirilgan marosimlarida amalga oshiriladi;
Regulyativ - har bir diniy an'ana bo'yicha ishlab chiqilgan va odamlarning
xulq-atvorining o'ziga xos dasturlari sifatida muayyan qadriyatlar va axloqiy
me'yorlarning mazmuni to'g'risida xabardor qilish;
Integrativ — yagona diniy umumiylik, umumiy qadriyatlar, maqsadlar
odamlarni birlashtirishini his qilishi, insonlarda shuningdek, qadriyatlar, dinga
e’tiqod qilish, qarashlar mavjud bo‘lgan ijtimoiy tizimda o‘zini o‘zi anglash
imkonini beradi;
Siyosiy — turli davlat, tashkilot va uyushma rahbarlari odamlarni siyosiy
maqsadlarda birlashtirish yoki tarqatish borasida olib borayotgan o‘zining xatti
harakatini diniy umumiylik ostida dindan foydalanishadi;
189
Madaniy — din madaniy e’lementlar guruhining tarqalishiga ta’sir etadi
(yozuv, muziqa, etiket, sa’nat, falsafa va boshqalar);
Dezintegrallashgan —odamlar orasida turli din va dinga e’tiqod qiluvchilar
o‘rtasida, ba’zan ichki diniy guruhlarning o‘zida ham janjal, hatto urish chiqazish
maqsadida dindan foydalanish.
Keyingi davrlarda diniy mansublik va etnik mansublik o‘rtasidagi aloqalar
susaya bordi. Ko‘pgina yirik zamonaviy xalqlar turli dinlarga sig‘inuvchi kishilar
guruhlarini o‘zida birlashtiradi, ayni paytda, bitta dinga ko‘plab etnoslar e’tiqod
qilishlari ham mumkin. Hozir faqat ba’zan, unda ham shartli ravishda milliy dinlar
haqida gapirish mumkin (arman-grigorian chyerkovi – ko‘pchilik armanlar,
sintoizm – yaponlarning asosiy qismi, sikxizm – panjobliklarning ma’lum qismi va
h.k.).
Ba’zi mamlakatlarda hukmron mavq’ega ega dinga e’tiqod qilmaydigan
deyarli barcha aholi milliy kamsonli guruhlar tarkibiga kiritiladi. Jumladan, Eronda
nafaqat armanlar, assiriyaliklar, yahudiylar, shu bilan birga fors xalqining bir qismi
bo‘lgan gebrlar (zoroastriylar) ham milliy kamsonli guruh sifatida e’tirof etiladi.
Ayrim arab davlatlarida etnik kamsonli guruhlarga nafaqat musulmon bo‘lmagan
aholi, hatto islomning mazkur mamlakatda hukmron mavqega ega bo‘lmagan
mazhabiga mansub guruhlar ham kiritiladi. Etnik birliklarda bo‘lgani kabi, diniy
birliklar uchun ham tabaqalashuv xosdir. Har bir din turli yo‘nalishlar, mazhablar,
oqimlar va sektalarga bo‘linadi. Odatda, mamlakatlar yoki xalqlar shartli ravishda
musulmon, nasroniy, budda dinlariga ajratiladi, biroq quyi taksonomik darajalarga
tushgan sari bunday bir xillik yo‘qola boradi.
Ayrim nasroniy mamlakatlar diniy jihatdan bir necha qismlarga bo‘lingan.
Masalan, nemislar protestant (uning ikki oqimiga – lyutyeranlik va reformatlik) va
katolik dinlariga e’tiqod qiladilar; shveysarlarning turli guruhlari orasida
protestantlar (reformatlik) va katoliklar tarqalgan; shotlandlar orasida protestant-
presvityerianlar ustunlik qiladi.
Bitta xalq turli qismlarining har xil diniy oqimlarga mansubligi tufayli uning
ichida madaniy-maishiy tafovutlar kelib chiqadi va bu narsa o‘z navbatida
190
etnodiniy guruhlar shakllanishiga olib keladi. Bunday guruhlar jumlasiga kurdlar
orasidagi yazidlar diniy guruhini, Suriya va Livan arablari orasida – druzlarni,
misrliklar orasida – kopitlarni misol qilib keltirish mumkin. Buning ustiga, boshqa
yo‘ldosh holatlar ham unga ta’sir etsa diniy tafovut muhim etnotabaqalashuv omili
bo‘lib xizmat qiladi.
Ayrim mamlakatlarda din kishilar hayotining ko‘pgina tomonlariga, ularning
ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, turmush tarziga va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jahonning qaynoq nuqtalarida ro‘y berayotgan siyosiy voqealarni, agar u yerdagi
diniy vaziyat hisobga olinmasa, tushunish qiyin.
XX asr 70-yillarida Hindiston diniy jihatdan ikki mustaqil davlatga bo‘lindi,
va natijada Pokistondan ko‘pgina hindlar, Hindistondan esa musulmonlar ko‘chib
ketdilar. Bunday migratsiya jarayonida yigirma milliondan ortiq kishi ishtirok etdi.
Turli diniy guruhlarga mansub kishilar orasida Livan, Isroil, Filippin, Afg‘oniston,
Syerbiya va boshqa joylarda to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Avvalo, turli siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida kelib chiqqan bunday kelishmovchiliklarda
diniy omil muhim rol o‘ynadi.
Din ko‘p mamlakatlar ichki siyosiy hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi; hatto
ularning ayrimlarida siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari diniy mansublik
tamoyili asosida tuzilgan. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki,
turli tarixiy voqealar va hozirda ro‘y berayotgan hodisalar hamda milliy
munosabatlar mohiyatini tushunish uchun o‘sha mamlakat yoki mintaqa aholisi
diniy tarkibiga e’tibor qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval
quyida dinlar tarixi haqida qisqacha ma’lumot byerilgan:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi
bilan ajdodlar ruhiga talpinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar
muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning iyerarxiyasi paydo bo‘ldi, alohida
tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashuvi shunda ham
o‘z aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo‘lindi, keyinchalik bu
jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi.
191
Eramizdan avvalgi II mingyillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil
topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan iudaizm
bo‘lib, u dastlab politeizmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o‘tgan. Er. avv.
II ming yillik boshlarida shu mintaqada boshqa din – zoroastrizm (uning asosida
dualizm – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi)
rivojlana boshladi, eramizning XII asrida uning tarmoqlaridan biri – yazidizm
paydo bo‘ldi.
Osiyoning boshqa hududlarida poliateistik dinlar shakllandi. Janubiy Osiyoda
hukmron bo‘lgan kasta tuzumi orqali shuhrat qozongan braxmanizm va kasta
tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. avv. VI-V asrlar) shular jumlasidandir. Er.
avv. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-axloqiy ta’limot –
daosizm va konfutsiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi.
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan bu mamlakatda hukmron bo‘lgan
ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Jahon bo‘yicha xalqlar o‘rtasida o‘nlab dinlar tarqalgan bo‘lib, ular
xususiyatlariga ko‘ra primitiv, milliy va dunyoviy dinlar guruhlariga bo‘linadi.
Dastlabki shakllanish bosqichida kelayotgan primitiv dinlar urug‘ va qabilachilik
holatida yashab kelayotgan kichik etnik xalqlari orasida tarqalgan. Milliy dinlar
jahonning ba’zi mamlakatlarida asosan bitta davlat doirasidagi mahalliy din
holatida
yashab
kelmoqda.
Ularga
Hindistondagi
induizm,
Xitoydagi
konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va boshqalar kiradi.
Dunyoviy dinlarga jahonda eng keng tarqalgan va aholining siyosiy-ijtimoiy
hayotida katta o‘rin tutuvchi Budda, Xiristian va Islom dinlari kiradi. Bu dinlar
orasida Budda dini eng qadimiy din hisoblanadi.
Tropik Afrika negrlari, Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy-Sharqiy
Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari orasida primitiv din ko‘rinishlari
tarqalgan. Ular orasida fyetishizm (biron tabiat jismlarining alohida qismlariga
e’tiqod qilish) Tropik Afrikada, totemizm (biron hayvonga e’tiqod qilish)
Avstraliya aborigenlari, Amerika hindulari va Hindistonda shomonlik (o‘lganlar
ruhining qayta tirilishi va tanlangan kishilarning ular bilan muloqot qila olishiga
192
ishonish) shimol xalqlari orasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, animizm,
ajdodlar ruhi madaniyati kabi primitiv dinlar ham bor.
Mahalliy dinlardan induizm (6 -asrda paydo bo‘lgan) Hindistonda yuzaga
kelgan. Bunda ular qayta tirilishga, insonlar orasida tabaqalanishning mavjud
ekanligiga ishonishgan. Muqaddas kitobi-“Vedalar” hisoblanib, “Maxabxarat” va
“Ramayana” asarlarida ham bu din vakillari qarashlari aks etadi. Sikxizm (16 -
asrda vujudga kelgan) Shimoliy Hindistonda induizm dinining bir yo‘nalishi
sifatida paydo bo‘lgan. Ular tabaqalanishga qarshi bo‘lib, birinchi ustoz-Namak
ta’limotlarini qadrlashadilar. Konfusizm, iudaizm, sintoizm kabi ko‘rinishlari
mavjud.
Dunyoviy dinlar orasida buddizm dini e’tiqod qiluvchilar soniga ko‘ra eng
kam salmoqni tashkil etadi. Bu din Shimoliy Hindistonda eramizdan avvalgi 5-6
asrlarda paydo bo‘lgan. Uning maxayana va xanayana oqimlari mavjud. Xristian
dini eramizning 1 asrida Isroilda paydo bo‘lgan bo‘lib, eng ko‘p e’tiqod
qiluvchilarga ega. Bunga Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati va
Buyuk geografik kashfiyotlar sabab bo‘lgan. Uning katolik, protestant va
provaslav mazhablari mavjud. Islom dini eramizning 7 asrida Arabiston yarim
orolida paydo bo‘lgan. Ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar soni tez o‘sib bormoqda.
Chunki, musulmon davlatlari dunyoda tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar
qatoriga kiradi. Uning sunniy va shiya mazhablari bor.
Yer yuzi bo‘ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari
nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar).
Eramizning II ming yilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din – nasroniylik
yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo‘nalishlariga ajraldi. XVI
asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi hokimiyatini inkor
qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm ajralib chiqdi.
Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (Eng yiriklari: anglikanlar, lyutyeranlik,
kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko‘rinishida shakllandi va o‘z navbatida, ular ham
mayda bo‘lakchalarga bo‘linib ketdi. Nasroniylik tarkibida yuqorida qayd etilgan
uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan tashqari, yana ikkita
193
nisbatan kam tarqalgan, v - asrda shakllanib, diniy marosimlari pravoslavlarga
yaqin bo‘lgan monofizit va nestorian yo‘nalishlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |