DUNYOVIY
DINLAR
BUDDIZM DINI –
dunyoviy dinlar
orasida eng
qadimiysi bo‘lib,
eradan oldingi VI
asrlarda SHimoliy
Hindiston, O‘rta
Osiyoning janubi
xalqlari orasida
yuzaga kelgan.
XRISTIANLIK
DINI – e’tiqod
qiluvchilar soniga
ko‘ra birinchi
o‘rinda turuvchi
ushbu din
eramizning I asrida
YAqin SHarqda
(Falastinda) yuzaga
kelgan.
ISLOM-
dunyoviy dinlar
orasida eng yoshi
bo‘lib, VII asr
boshlarida dastlab
Arabiston yarim
orolida yashovchi
Quraysh qabilasi
xalqlari orasida
yuzaga kelgan.
9.1-rasm. Dunyo dinlari.
Boshqa monoteistik din – islom – VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi
din oradan ko‘p o‘tmay uchta: sunniy, shiya va xorijiy yo‘nalishlariga ajralib ketdi.
Sunniylik va shiyalik o‘rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va
an’analar bo‘yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shiyalar esa imomat tarafdoridirlar. Diniy
marosimlar va an’analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shiyalikda
mavjud bo‘lgan “Muta”, “Shaxsey-Vaxsey” va boshqa marosimlar yo‘q. Sunniylar
Makka va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shiyalar Iroqdagi Karbalo
va Najaf shaharlarini muqaddas, deb biladilar.
Sunniylar sunnani butunligicha etirof etadilar, shiyalar esa uning ba’zi
qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday tafovutlar juda ko‘p, shu
bilan birga, malum o‘xshashliklar ham bor. Masalan, mahdiylik – zamona oxir
bo‘lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to‘g‘ri yo‘lga etaklovchi) kelishi
haqidagi diniy ta’limot ikkala oqimda ham mavjud. Xorijiylar sunniylarga yaqin
bo‘lib, ular o‘z izdoshlariga qattiq talablarni qo‘yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar,
musiqa va raqsni ta’qiqlaydilar va h.k.
194
Alohida dinlarga e’tiqod qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar birmuncha
noaniq va ishonchsiz bo‘lishiga qaramasdan, har holda ular turli dinlarning ta’sirini
baholash imkonini beradi. Nasroniylarning umumiy soni dunyo bo‘yicha –
taxminan 1,2 mlrd. dan ortiq bo‘lib, shundan katoliklar – 700 mln., protestantlar –
400 mln. va pravoslavlar – 100 mln. kishi atrofida. Katoliklarning asosiy qismi
Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko‘prog‘i) to‘plangan; Yevropada
taxminan 200 mln.kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln. kishidan. Protestantlarning
40 %i Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan qit’aning shimoliy qismida),
Afrika va Osiyoda mos ravishda 40 va 70 mln., Avstraliya va Okeaniyada –
taxminan 20 mln. kishi. Pravoslavlar va boshqa sharqiy chyerkovlar izdoshlari
Janubi-Sharqiy Yevropa, Rossiya va Shimoliy-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng
tarqalgan.
Protestantlarning eng yirik guruhlaridan baptistlar – 75 mln., lyutyeranlar – 70
mln., anglikanlar – 67 mln., reformatlar va presvityerianlar – 52 mln., metodistlar –
43 mln., pyatidesyatniklar – 8 mln., Iegova guvohlari – 5 mln., «qutqarish
armiyasi» izdoshlari – 5 mln., mormonlar – 4 mln., kongregasionalistlar – 3 mln.,
ettinchi kun adventistlari – 3 mln. kishini tashkil etadi. Sharqiy chyerkovlar
vakillari orasida – taxminan 20 mln. monofizitlar va 100 ming. kishi
nestorianlardan iborat.
Musulmonlar orasida tug‘ilishning yuqoriligi tufayli, keyingi yillarda ularning
soni nasroniylardan oshib ketdi (1,5 mlrd. kishi atrofida). Ularning taxminan 90
foizi sunniylar, 9,5 foiziga yaqini shiyalar va 0,5 foizi xorijiylardan iborat. Islomga
e’tiqod qiluvchilar asosan Shimoliy Afrika va Osiyoda (uning sharqiy qismi
bundan mustasno) jamlangan.
Boshqa barcha dinlarning izdoshlari – asosan Osiyo aholisi. Induistlar
taxminan 550 mln., buddistlar – 300 mln. (ular orasida maxayanistlar – 60%
atrofida), konfutsiylar – 200 mln., sintoistlar – 100 mln., daosistlar – 30 mln.,
sikxlar – 15 mln., jaynlar – 4 mln., zoroastrizm tarafdorlari – 300 ming, yazidlar –
100 ming kishiga teng. Iudaistlar 15 mln. kishi atrofida bo‘lib, ularning yarmidan
ko‘prog‘i Amerika xalqlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
195
Afrika, Osiyo va Okeaniyada saqlanib qolgan mahalliy dinlarga sig‘inuvchilar
sonini aniqlash ancha murakkab. Ularni hisoblashda muayyan dinga mansublik
haqidagi ma’lumot doim ham xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, mazkur
mintaqalar aholisi statistik jihatdan ham yaxshi o‘rganilmagan. Nihoyatda
taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy dinlarga sig‘inuvchilar soni dunyo
bo‘yicha 100 mln. kishi atrofida.
Aholi diniy tarkibi haqidagi ma’lumotlarning noaniqligi tufayli, turli dinlarga
sig‘inuvchilar soni bo‘yicha o‘sish dinamikasini belgilash ancha murakkab.
Shunga qaramasdan, musulmonlar va induistlar sonining jadal o‘sishi, boshqa
dinlarga e’tiqod qiluvchilar o‘sish sur’atining esa pastligi yoki hatto kamayishi
kuzatilmoqda. Buning sababi, induizm va islom hukmron bo‘lgan davlatlarda aholi
orasida tug‘ilish sur’atlarining yuqoriligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, islom
Afrikada janubga, uning tropik qismiga tomon jadal siljimoqda, induizm esa
Hindiston qabilalari orasida keng tarqalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |