Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

ishlayotgan o‘smirlar.  
Mehnat  resurslari  balansini  tuzishda  ish  bilan  band  aholining  barcha 
toifalarini  to‘liq  qamrab  olish  muhim  ahamiyatga  ega.  Yollanib  ishlaydiganlar 
ham,  yollanmasdan  ishlaydiganlar  ham  ishning  doimiyligi,  vaqtinchaligi, 
mavsumiyligi, tasodifiyligi yoki bir martalik bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodiyotda 
ish bilan band, deb hisoblanadi.  
Yollanib  ishlaydiganlar  –  band  aholining  eng  ko‘p  sonli  guruhi  bo‘lib, 
mulkchilikning  har  qanday  shaklidagi  korxona  (tashkilot,  muassasa)  rahbari  yoki 


 
209 
alohida  shaxs  bilan  pul  yoki natura holida  haq oladigan  mehnat  faoliyati shartlari 
haqida  yozma  mehnat  shartnomasi,  kontrakt  yoki  og‘zaki bitim  tuzgan  shaxslarni 
o‘z ichiga oladi.  
Yollanmasdan  ishlaydiganlar  –  1)  individual  asosda,  doimiy  yollanma 
xodimlardan 
foydalanmasdan 
mustaqil 
ishlaydigan 
shaxslarni; 
2) 
ish 
byeruvchilarni,  shu  jumladan  fyermyer  va  dehqon  xo‘jaliklari  boshliqlarini;  3) 
oilaviy  korxonalarning  haq  olmaydigan  xodimlarini;  4)  jamoa  mulkdorlar 
(koopyerativlar, shirkatlar kabi) a’zolarini birlashtiradi.  
Tarixdan  ma’lumki,  mehnatga  layoqatli  yosh  chegarasi  ijtimoiy-iqtisodiy 
sabablarga  ko‘ra  huquqiy  asosda  o‘zgarib  turgan.  Chunonchi,  1929-1933  yillarda 
14 yosh – mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‘lgan, 1937 yilga kelib, u 
15  yoshgacha  ko‘tarildi.  Urush  yillarida  ushbu  yosh  chegarasi  yana  14  yoshga 
tushdi, urushdan keyin u 16 yoshga ko‘tarildi va hozirgacha amal qilib kelmoqda. 
Xozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 
yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.  
Erkaklar  60  yoshga,  ayollar  55  yoshga  etgandan  so‘ng  ular  pensiya  olish 
huquqiga  ega.  Biroq  bu  qoidada  ham  istisno  bor.  Organizmga  yuksak  ruhiy 
fiziologik  bosimlar  bilan  bog‘liq  kasb  faoliyatining  ayrim  turlari  uchun  pensiya 
chizig‘i  5-10  yilga,  ba’zan  undan  ham  ko‘proq  qisqaradi.  Bunda  imtiyozli 
shartlarda  qarilik  pensiyasi  tizimi  amal  qiladi.  Ayollar  uchun  pensiya  yosh 
chegarasi  erkaklarnikidan  pastroq  bo‘lsa-da,  erkaklarning  o‘rtacha  umr  ko‘rishi 
ayollarga  nisbatan  sezilarli  ravishda  kamroqdir.  Iqtisodiyotda  hozirgi  paytda 
“mehnat resurslari” tushunchasi bilan bir qatorda «ishchi kuchi» atamasi ham ko‘p 
qo‘llanilmoqda.  
Ishchi  kuchi  –  mehnat  jarayonida  inson  foydalanadigan  uning  jismoniy  va 
ma’naviy  qobiliyatlar  majmuasi  bo‘lib,  xorijiy  adabiyotlarda  u  ko‘pincha 
«iqtisodiy  faol  aholi»  tushunchasining  sinonimi  sifatida  qo‘llaniladi.  «Ishchi 
kuchi» atamasi ko‘p hollarda uch ma’noni anglatadi: 


 
210 
•  organizm,  tirik  inson  shaxsi  ega  bo‘lgan  va  har  safar  u  qandaydir  iste’mol 
qiymatini  yaratish  chog‘ida  ishga  soladigan  jismoniy  va  ma’naviy  qobiliyatlar 
majmui sifatida; 
•  aholining  ish  bilan  band  bo‘lgan  yoki  ish  izlayotgan  qismi  –  iqtisodiy  faol 
aholining sinonimi sifatida; 
• umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik turmushda 
odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida. 
Shunday qilib, mehnat resurslari tushunchasiga iqtisodiyotda ish bilan band 
bo‘lgan  xodimlar;  band  bo‘lmasa-da,  mehnat  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  odamlar, 
ya’ni  haqiqiy  hamda  potensial  xodimlar  kiritiladi.  Boshqacha  aytganda,  mehnat 
resurslari  mehnatga  layoqatli  yoshdagi  mehnatga  qobiliyatli  fuqarolar  hamda 
mehnatga  layoqatli  yoshdan  kichikroq  fuqarolar  (ishlaydigan  o‘smirlar)  va 
mehnatga 
layoqatli 
yoshdan 
kattaroq 
yoshdagi 
fuqarolar 
(ishlaydigan 
pensionyerlar) dan iborat bo‘ladi.  
Ish  bilan  band  aholini  va  ish  izlayotgan  ishsizlarni  anglatadigan  «iqtisodiy 
faol  aholi»  –  mehnat  resurslari  haqidagi  tasavvurlarni  aks  ettiradigan  yana  bir 
boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda anchadan 
buyon ishlatilib kelinmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, «iqtisodiy faol aholi» 
tushunchasi BMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar 
va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o‘z mehnatini taklif 
etadigan  har  ikki  jinsga  mansub  shaxslarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  tushunchani 
aniqlaydigan  ikkita  ko‘rsatkich  mavjud:  odatda  «faol  aholi»,  deb  uzoq  davom 
etadigan  vaqtga,  masalan,  yilga  tatbiqan;  «hozirgi  paytda  faol  aholi»,  deb  qisqa 
vaqt bo‘lagiga, masalan, hafta yoki kunga nisbatan aytiladi. 
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi toifasiga o‘quv yurtlarida kunduzi o‘qiydigan 
o‘quvchilar,  talabalar,  kursantlar;  pensiya  oluvchi  shaxslar;  uy  xo‘jaligi  bilan 
shug‘ullanuvchilar; ish qidirmay qo‘ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo‘lmagan 
shaxslar kiritiladi. Ko‘rinib turibdiki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi» 
atamalari  bir-biridan  farq  qiladi.  «Iqtisodiy  faol  aholi»  tushunchasi  «mehnat 
resurslari» tushunchasidan o‘z mazmuni bo‘yicha torroqdir.  


 
211 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish