55
400
205
1930
2070
800
224
1940
2295
1000
305
1950
2527
1200
400
1960
3060
1500
440
1970
3727
1600
578
1980
4430
1700
680
1993
5510
1750
728
2000
6000
1800
954
2005
6464
1850
1248
2015
7336
1900
1630
2025**
8563
1910
1755
2050
9846
*Алисов Н.В., Хорев Б.С. Экологическая и социалная география мира. – М., 2000. – С.92;
Демографический
энциклопедический словарь. – М., 1985. – С.72; Народонаселение мира 1998. Фонд
ООН в области
Народонаселения.
Population Refyerence Bureau. 2005, 2015, 2017. World Population Data Sheet.
** BMT prognozi.
XII-XV asrlarda dunyo aholisining ma’lum qismi yuz bergan katta urushlar
tufayli qirilib ketdi. Ayniqsa, bu urushlardan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa
mamlakatlari aholisi katta talafot ko‘rdi. Urushlar nafaqat aholining bevosita qirilib
kyetishiga, balki, xo‘jaliklarni, ishlab chiqarishni izdan chiqarish hisobiga sodir
bo‘lgan ocharchilik sababli hayotdan bevaqt ko‘z yumushlariga olib kelgan. Agar
dastlabki 500 yilda (1000-1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko‘paygan
bo‘lsa, 1500-1750 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko‘rsatkich 288 millionni tashkil
qildi, ya’ni aholining o‘sishi 2 marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan
boshlab aholining o‘sishi yanada tezlashdi. Dunyo aholisining 1000 yildan 2005
yilgacha bo‘lgan o‘sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko‘paygan davr XX
asrdir. 1900-1950 yillarda yer shari aholisi har yili o‘rtacha 0,90 % dan ko‘paygan
bo‘lsa, 1950-2000 yillarda bu ko‘rsatgich 1,75 % ga etdi. XXI asrning dastlabki
yillarida esa dunyo aholisi sonining ko‘payish sur’ati birmuncha sustlashdi. 2000 –
2009 yillarda dunyo aholisining o‘rtacha yillik ko‘rsatkichi 1,42 % tashkil
etmoqda. Hozirgi davrda (2018 y.) yer sharida 7,5 milliarddan ortiq kishi istiqomat
qilishmoqda.
Aholi sonining ko‘payib borishida dunyo hududlari bo‘yicha keskin
tafovutlar mavjuddir. Natijada, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga
kelib, sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega bo‘lgan demografik muammolar
56
vujudga keldi. Ba’zi davlatlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi
soni juda tez ko‘payib borib, “aholi ko‘payishi” muammosini yuzaga keltirgan
bo‘lsa, ba’zi hududlarda esa aholi tug‘ilishining keskin qisqarishi, ya’ni
demografik mezondan kamayib kyetishi oqibatida, “demografig qarish”
muammosi kuzatilmoqda. “
Aholi ko‘payishi” muammolari asosan rivojlanayotgan
davlatlarda kuzatiladi, dunyo aholisining ko‘payishi ham deyarli ushbu davlatlar
bilan bog‘liqdir.
1967-yilda esa yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56 millioni
rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko‘payishi hisobiga ro‘y byerdi. Dunyo
aholisining bunday tez ko‘payishini olimlar “
demografik portlash”, deb
izohladilar. Rivojlanayotgan davlatlarda XX asrning ikkinchi yarmida aholi
sonining ana shunday tez sur’at bilan o‘sishi, asosan, uchta demografik omilga
bog‘liq bo‘lgan. Ulardan birinchisi – tug‘ilishning yuqori darajada saqlanib
qolayotganligi. Ikkinchisi o‘limning pasayganligi va aholi umr ko‘rish
davomiyligining uzayganligidir.
Rivojlanayotgan davlatlarda bir tomondan, feodal va ibtidoiy jamiyat
munosabatlarining saqlanib qolishi, ikkinchi tomondan, mustamlaka tuzumining
uzoq xukm surishi ularning dunyodagi iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan agrar
regionlar sifatida saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi, natijada, sanoat rivojlanmadi.
Aholining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat etib kelgan. Qishloq turmush tarzi
esa, tug‘ilishning yuqori bo‘lishiga olib keluvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
Undan tashqari ayollarning ijtimoiy tengsizligi, aholining savodlilik darajasining
nihoyatda pastligi, qator musulmon davlatlarida ko‘pbolalikni qo‘llab –
quvvatlovchi an’analarning mavjudligi, homiladorlikni oldini oluvchi vositalarni
va ular haqidagi tushunchalarning keng tarqalmaganligi kabi omillar ham
rivojlanayotgan davlatlarda aholi tug‘ilishining yuqori bo‘lishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: