3.3-jadval
Aholisi eng ko‘p va eng kam bo‘lgan davlatlar (2017 y.)
Aholisi eng ko‘p
davlatlar
Aholisi, ming
kishi
Aholisi eng kam
davlatlar
Aholisi, ming
kishi
Xitoy
1387,5
Nauru
0,01
Hindiston
1353,3
Palau
0,02
AQSH
325,7
San-Marino
0,03
Indoneziya
264,2
Monako
0,04
1
Population Refyerence Bureau. 2018. World Population Data Sheet.
59
Braziliya
207,9
Grenada
0,1
Pokiston
199,3
Seyshel orollari
0,1
Nigyeriya
190,9
Antigua-Barbados
0,1
Bangladesh
150,7
Mayot
0,2
Rossiya
146,8
San-Tome-Prinsipi
0,2
Yaponiya
126,7
Beliz
0,3
Manba:
Population Refyerence Bureau. 2017 World Population Data Sheet.
Yuqorida qayd etilgan omillar ta’sirida rivojlanayotgan davlatlarda aholi
soni XX asr oxirlarida tez oshib ketdi. Aholining tez sur’at bilan ko‘payib borishi
rivojlanayotgan davlatlarda bugungi kunda ham davom etmoqda. “Aholi
ko‘payishi” muammosi ayniqsa, Hindiston va Xitoy kabi davlatlar uchun juda
tashvishli kechmoqda. Hindistonda XX asrning 90 yillarida aholining ko‘payib
borishida rekord tezlik qayd qilingan. Ushbu davrda Hindiston aholisi 1 yilda 15,6
millionga ko‘paygan. XXI asrga kelib bu davlatda aholi soni 1 milliarddan oshdi.
Bxarat (hindlar o‘z mamlakatlarini shunday ataydilar) garchi iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘nlikka kirgan bo‘lsa ham, biroq
ularning barchasi uzluksiz o‘sib borayotgan aholi tomonidan “yeb tashlanmoqda”.
“Biz uchun eng xavflisi Xitoy yoki Pokiston atom bombasi emas, balki tug‘ilish
bombasidir!”, - degan edi o‘z zamonida Radjif Gandi.
Hindiston rahbariyati “tug‘ilishni nazorat etish” dasturlarini tuzishga majbur
bo‘ldilar. Bolalarning ko‘payishi oilada baraka timsoli, deb hisoblaydigan odamlar
yashovchi mamlakatda tug‘ilishning kamaytirilishi oson kechmadi. Qadimda bu
yerda xudolarga qilinayotgan iltijolarda odamlar yomg‘ir va farzandlar, ayniqsa,
o‘g‘il bolalarni, ularga yuborilishini so‘rar edilar. Shu bois, 1951 yilda mustaqil
Hindistonning birinchi premyer ministri Javoxarla’l Nyeru “Oilani rejalashtirish
dasturi”ni boshlaganda, bu hol hind va musulmon ruhoniylarining keskin
qarshiligiga va aholining ko‘p qismi tomonidan tushunmovchiliklarga olib keldi.
Shunday bo‘lsada, Nyeruning qizi Indra Gandi, 1966 yilda premyer
ministrlik lavozimini egallab, mazkur dasturni faollashtirishga kirishdi. Biroq
Indira Gandining besh yillik (1969 – 1974) rejalarida ko‘zda tutilganidek
tug‘ilishni 35 ‰ dan 32 ‰ ga kamaytirishni iloji bo‘lmadi. Lekin keyingi besh
60
yillikda bolalar tug‘ilishini 30 ‰ gacha tushirish rejalashtirildi. Davlatda
tug‘ilishni cheklash, nazorat etish bo‘yicha turli xarakatlar amalga oshirildi, lekin
bu xarakatlar qator qarshiliklarga ham uchradi.
70 - yillar o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan siyosiy noroziliklardan so‘ng davlatning
demografik dasturi “Oilaning farovonligi dasturi”, deb ataladigan bo‘ldi, uning
asosiy maqsadi qilib esa “targ‘ibot ishlari” qo‘yildi. Ularni amalga oshirish uchun
xorijiy mutaxassislar, shuningdek jamoatchilik tashkilotlari ham taklif etildi. 1980
yili Hind davlati rahbariyati 2000 yilga mo‘ljallangan yangi dasturni qabul qildi.
Unga ko‘ra: har bir oilada o‘rtacha bolalar sonini 4,4 dan 2,3 ga kamaytirish,
tug‘ilishning umumiy koeffitsientini esa 33 ‰ dan 21 ‰ gacha qisqartirish, hech
bo‘lmaganda 60% yer-xotinlar doimiy ravishda xomiladorlikni oldini oluvchi
vositalardan foydalanishi, shuningdek bolalar o‘limining kamaytirish ko‘zda
tutilgan edi. Bugungi kunda Hind sog‘liqni saqlash va oila farovonligi
departamenti
ma’lumotlariga ko‘ra, hind oilalarining yarmidan ko‘pi
homiladorlikni oldini oluvchi vositalardan foydalanishadi. Tug‘ilish esa har bir
oilaga 2,7 bolagacha kamaydi.
Xitoyda ham aholi ko‘payishi muammosi mavjud. Bu holni chuqur anglash
uchun demografik omilni va siyosatni hisobga olish lozim. Rasmiy xabarlarga
ko‘ra, 2017 yil mamlakat aholisi 1,3 milliarddan oshdi (bu sayyora aholisining
19,5 foizini tashkil etadi). 2025 yilda esa – bu ko‘rsatkich 1,5 milliardga etadi.
Biroq, ko‘p g‘arb analitik markazlari Xitoy aholisini hozirning o‘zidayoq 2,2
milliard, deb hisoblaydilar. Lekin, ko‘p hollarda 1,6 milliard raqami
qo‘llanilmoqda. G‘arb mutaxassislari bu borada, Xitoy rahbariyati dunyoni
xitoyliklarning haqiqiy soni bilan qo‘rqitib yubormasligi va aholining tabiiy
o‘sishini kamaytirish borasidagi o‘z muvaffaqqiyatsizliklarini yashirish uchun
shunday ma’lumotlar beradi, deb xisoblaydilar. Biroq rasmiy ma’lumotlarni
hisobga olgan holda ham, Xitoyda xitoyliklarning soni butun jahonda negroid
irqiga oid aholidan: Yevropa, Rossiya va AQSH dagi Yevropaliklardan ko‘proqdir.
Bu ko‘p sonli aholi atrof – muhitga juda ulkan ta’sir qiladi: axir har bir inson
yeyishi, kiyishi, ta’lim olishi va myehnat qilishi zarur. Iqtisodiyot ko‘lamlari
61
bo‘yicha Xitoy AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turishiga qaramay, yangi milliy
daromad borasida (bir kishiga o‘rtacha daromad hisobila) hali ham rivojlanayotgan
mamlakatlar qatorida qolayapti.
Xitoy aholisining soni shunchalik ko‘pki, dunyo unga boshqa davlatlarga
qaraganday munosabatda bo‘la olmaydi. Xitoyni ozuqa bilan ta’minlash
muammosi kundan – kunga keskinlashmoqda. Bugungi Xitoy aholisining
ko‘payishi – bu Pekinning ichki iqtisodiy inqirozini susaytirish maqsadida
investitsiyalar olish uchun boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga qilayotgan
bosimidir. Bu hol, shuningdek, Pekinni G‘arbning ehtimolidan holi bo‘lmagan
shubhali harakatlariga qarshiligidir ham: qancha xitoylik ko‘p bo‘lsa, shuncha
Xitoyni “portlatmoqchi” bo‘lganlar kamayadi.
1970 yillarning birinchi yarmida Mao Szedunning muallifligidagi “Odamlar
to‘lqinlari” konsepsiyasi natijasida, aholi soni keskin ko‘payishi tufayli XXR ning
demografik rivojlanishini qayta ko‘rib chiqish haqida jiddiy qarashlar boshlandi.
10 yilning ichida (1964 – 1974) Xitoyda aholi soni 700 mln.dan 900 mln.gacha
ko‘paydi. Biroq rasmiy siyosat doirasida tug‘ilishni nazorat qilish faqatgina 70
yillarning oxirida boshlandi. Ana shu davrda agar Xitoyda aholi soni o‘sishini
tartibga solmasa mamlakatning taqdiri xavf ostida qolishi mumkin bo‘ldi (Xitoyda
butun sayyoramiz aholisining 1/5 qismi yashaydi, xaydaladigan yerlarning esa atigi
7 foizi to‘g‘ri keladi). Biroq, bunday vaziyatda faqat buyruqbozlik va ta’qiqlashlar
orqali ta’sir ko‘rsatishning o‘zi etmasdi. Shu bois ham Xitoyda tushuntirish va
zo‘rlash usullaridan baravar qo‘llanilgan – mamlakatda kech nikohga kirish va
kech farzand ko‘rish, rag‘batlantiriladi.
Xitoyda 2016 yilning oxiriga qadar “bir oila – bir farzand” tamoyili tavsiya
etilgan edi, 2016 yilning oktyabr oyidan har bir oilada 2 tadan farzand ko‘rishga
ruxsat byerildi. Demografik siyosatning mazkur asosiy qoidalariga rioya etish
xitoy fuqarolariga qonun bilan belgilab qo‘yilgan – XXR konstitutsiyasining 49
moddasida har bir oila farzandlar tug‘ilishini nazorat yetishi zarur, deb
ta’kidlangan. Xitoyda tug‘ilishni cheklash siyosatining natijalari yaqqol namoyon
bo‘ldi. Xitoy aholishunoslik jamiyatining vitse-prezidenti so‘zlariga ko‘ra,
62
tug‘ilishni rivojlantirish siyosati olib borilayotgan 20 yil davomida, Xitoy
rahbariyati uch ko‘rsatkichni: tug‘ilish, o‘lim, aholining o‘sish darajasini
pasaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Agar 1969 yili tug‘ilishining koeffitsienti har 1000
kishiga 34,1 promilleni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘ttiz yil o‘tgach – 16,0 promillega
tushdi. O‘sha davr (20 yil) mobaynida aholining tabiiy o‘sishi deyarli 6 martaga
kamaydi. (1000 kishiga 26,1 dan 4,5 kishiga). Shunday qilib Xitoy qo‘shimcha 300
mln. “og‘iz” kulfatidan xalos bo‘la olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |