Soching, ko‘zing, qoshingni balosi boshqa kelgay,
Ko‘zim ochirmagay hech, chu boshqa-boshqa kelgay.
Nechun o‘yingga mahkum ko‘paydi, endi bildim,
Xayolu ko’ngli mahzun ko‘paydi, endi bildim.
Zamonam ichra Majnun ko‘paydi endi, bildim.
Nechun ko‘yingda mazlum ko‘paydi, endi bildim,
Jafog‘a chun zamonning ulug‘i yoshqa kelgay.
Oqar ko’zimda daryo, sanam ko’zida nam yo’q,
Yig’imda dam olur yor, mening ko’zimga dam yo’q,
G’anim dilida kam yo’q, mening kamimda ham yo’q,
Chiniqdi chun malomat toshidin, endi g‘am yo‘q,
Boshimga ermas, og‘riq, urilsa toshqa kelgay.
Nahotki Anvaring-la yaroshqa kelgan ersang,
Bechora kunlarimg’a yaroshqa kelgan ersang?
Ko’ngulga qayta o‘tlar qaloshqa kelgan ersang,
Do'stlaringiz bilan baham: |