Nimtalab kipriklarida sor taloshini qilur,
Bul tanim qay holatiga or taloshini qilur?
Mulki dil jon xayli birlan yor taloshini qilur,
Qay zamon bo‘lmish iki el o‘rtasida xon talash.
Maytalab bo‘lsin ko‘ngil, ruhimki, chayqalsin ravon,
So‘ng itoat aylasin, ishq deb bosh egsin har zamon,
Garchi jonon bir tomon yov, jon-dilim yov bir tomon,
Jonu dil xunrezlik aylab bo‘ldi oxir tilka jon,
Dil esa majruh, anorning donasidek qontalash.
Jonu dilga o‘t qaloshib, bunda keldi ming balo,
Tushdi ko‘zimga qaroshi, bunda keldi ming balo,
Ming baloki, bir balo shu, bunda keldi ming balo,
Jonu dil qildi talosh-u, bunda keldi ming balo,
O‘rtada men mubtaloyu zoru sargardon talash.
Do'stlaringiz bilan baham: |