Antidangasalik



Download 1,59 Mb.
bet3/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Cheklistdan foydalanish


Biz hammamiz nima foydali va nima zararli ekanligini, nima qilishimiz kerag-u, nima qilmasligimiz kerakligini yaxshi bilamiz. Misol uchun, hammamiz yaxshi bilamizki, ertalab badantarbiya qilish kerak va bu foydali. Ammo kim shu ishni qiladi? Amalda biladiganlardan qiladiganlar kamroq. Bu degani, bilishning o‘zi yetarli emas. Kitobda berib boradigan kichik topshiriqlarning barchasini amaliyotda qo‘llashingiz sizga kerakli natijalarni olib keladi. Topshiriqlar oson bo‘lgani tufayli siz ularga ko‘p vaqt ajratmaysiz. Topshiriqlarni bajarish jarayonida sizga quyidagicha cheklist zarur bo‘ladi.



“Topshiriqlar” deyilgan bo‘limga siz kitobda berib boriladigan topshiriqlarni kiritasiz. Keyinchalik bunga o‘zingiz ham qo‘shimchalar kiritishingiz mumkin. Bajargan topshirig‘ingizning to‘g‘risidagi sanaga moslagan holda “+” ishorasini, bajarmagan kuningizga “–” ishorasini qo‘yib borasiz. “Indikatorlar ” deb yozilgan bo‘limga esa bajargan topshiriqlarning miqdorini yozib borasiz. Bu sizga o‘zgarishlar natijasini ko‘z bilan ko‘rib borishga yordamlashadi. Jadvalni bugunoq chiqartirib, har kuni ko‘zingiz tushadigan joyga ilib qo‘ying.
Nega jadval kerak? Jadval muhim ahamiyatga ega. Bunda siz bajargan topshiriqlaringizga “+” ishorasini qo‘yib borish orqali zanjir hosil qilasiz. Bu esa sizga psixologik ta’sir ko‘rsatadi va ularni uzishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Siz bo‘sh katakni ko‘rishingiz bilan ongsiz ravishda uni to‘ldirishga intilasiz.


Affordans nazariyasi3


1966-yilda psixolog Jeyms J. Gibson (James Jerome Gibson) o‘zining “The Senses Considered as Perceptual Systems” kitobida Affordans nazariyasini keltirib o‘tadi. Bu nazariyaga ko‘ra, atrofimizdagi narsalarning bari o‘z shaklidan kelib chiqqan holda bizni ushbu narsa qanday vazifani bajarsa, shuni qilishga undaydi. Misol uchun, stulni ko‘rsangiz, o‘tirishni xohlaysiz, divanni ko‘rsangiz — yotishni, eshikni ko‘rsangiz — ochishni, bakalni ko‘rsangiz — ushlashni, telefonni ko‘rsangiz — olib ishlatishni xohlaysiz. Bu nazariyani o‘zimizning foydamizga ishlatishimiz mumkin. Buning uchun shakllantirmoqchi bo‘lgan odatlarimizni ko‘zga yaqqol tashlanadigan, oson va qulay qilishimiz, yo‘qotmoqchi bo‘lgan odatlarimizni esa ko‘zdan nari, bajarish qiyin bo‘lgan holatga keltirishimiz zarur. Shu bois ham yuqoridagi jadvalni ko‘zimizga tashlanadigan joyga ilib qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Dangasalikka sabab bo‘ladigan narsalardan yana biri — tartibsizlik. Sizning atrofingizda hozirgi ishingizga tegishli bo‘lmagan narsalarning ko‘p bo‘lishi, Affordans nazariyasiga ko‘ra, sizni asosiy ishlardan chalg‘itib yuboradi. Shu bois ishlayotgan vaqtingizda atrofingizda ortiqcha narsalar bo‘lmasligi muhim.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish