Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi anorganik kimyo



Download 0,63 Mb.
bet84/192
Sana22.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#573736
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192
Bog'liq
anorganik kimyo

KIMYONING ASOSIY QONUNLARI
Kimyoning asosiy qonunlari kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo’lib, ular kimyo fanining asosiy negizini tashkil etadi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni . Bu kimyoning eng birinchi qonuni. Bu qonun dastlab 1784 yilda M.V.Lomonosov tomonidan va keyinchalik 1789 yilda A.Lavuaze tomonidan ta’riflangan:
"Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining yig’indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig’indisiga tengdir" Misol:
CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2 + H2 O
100 73 111 44 18
173 173
CaCO3 = CaO + CO2
100 56 44
Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo’ysunadi. Agar jarayon davomida E energiya ajralib chiqsa, bu jarayon davomida massaning o’zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi:
E=m*c2
c - vakuumdagi yorug’lik tezligi.
m-reaksiyalarda massa o’zgarishi nihoyatda kichik bo’ladi va uni tarozi
yordami bilan payqash qiyin.
Masalan:
H2 + 1/2O= H2O + 241,8 kj/mol
Massaning o’zgarishi kimyoviy reaksiyalarda juda oz bo’lganligidan amalda uni o’zgarmaydi deb olinadi.
2.Tarkibning doimiylik qonuni. 1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib, gaz tarkibidagi uglerod va kislorod massalari orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi.
Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega degan xulosa chiqarildi. 
1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tekshirishlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi degan xulosa chiqardi.
Fransuz olimi J.P.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi.
U kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p tajribalarida isbotlab berdi va 1809 yilda tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’rifladi:
"Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin:
1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:
2H2 + O2 = 2H2O
2) neytrallanish reaksiyasi asosida:
NaOH + HCl = H2O + NaCl
3) metanni yondirib:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
4) kristallogidratni parchalash:
CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4
5) gidroksidlarni qizdirish:
Cu(OH)2 = CuO + H2O
6) kislotalarni parchalash:
H2SiO3 = H2O + SiO2
7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida:
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
Hosil bo’lgan suvlarning tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv 0 o C da muzlaydi, 100 o C da qaynaydi, 4,5o C da zichligi 1 g/sm3 ga teng, o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega. Bu qonunga molekulyar tuzilishli moddalar - gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.
Barcha noorganik moddalarning faqat 5% gina molekulyar tuzilishga ega.Molekulyar tuzilishli moddalar qatoriga inert gazlar(1 atomli), O2 , N2,F2,Cl2,H2 va bosqalar(2 atomli), suv, ammiak, metan, uglerod oksidlari kiradi(ko’p atomli). Bunday moddalarning tarkibi doimiy bo’ladi.
Mavjud anorganik moddalarning 95% molekulyar tuzilishga ega emas.Bunday moddalar tarkibi atomlardan, ionlardan tashkil topgan.Shuning uchun ular nomolekulyar tuzilishga ega.
Zamonaviy tekshrishlar asosida ko’pdan ko’p moddalar o’zgaruvchan tarkibga ega ekanligi aniqlandi.Masalan,titan oksidi TiO1,8 dan TiO 1,2 gacha , mis(1) oksidi tarkibi Cu1,8O dan Cu2O gacha , temir(11) oksidi Fe0,89O danFe0,95O gacha,TiO1,46 TiO1,56 gacha o’zgarishi aniqlangan.Bunday moddalar d-elementlarning oksidlari,gidridlari,karbidlari,nitridlari va sulfidlari orasida keng targalgan. Ular k’opincha ravshan rangli,yarim o’tkazgich xossasiga ega, ularning reaksion qobiliyati va katalitik aktivligi ancha yuqori. O’zgaruvchan tarkibli moddalar xossalarini tekshirgan N.S.Kurnakov taklifiga ko’ra o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertolidlar deb, o’zgarmas , ya’ni molekulyar tarkibli birikmalar daltonidlar deb ataladigan bo’ldi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish