Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi anorganik kimyo


MA’RUZA KIMYONING ASOSIY QONUNLARI. ANORGANIK BIRIKMALARNING SINFLANISHI



Download 0,63 Mb.
bet83/192
Sana22.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#573736
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   192
Bog'liq
anorganik kimyo

1 MA’RUZA
KIMYONING ASOSIY QONUNLARI. ANORGANIK BIRIKMALARNING SINFLANISHI.
Reja:
1. Kimyoning tarixi.
2.Moddalar massasining saqlanish qonuni.
3.Tarkibning doimiylik qonuni.
4.Karrali nisbatlar qonuni.
5.Ekvivalent tushunchasi. Ekvivalentlar qonuni.
6.Gaz qonunlari.
7.Gazlarning molekulyar massasini aniqlash.
Tayanch so’zlar: Kimyo tarixi, alkimyo, yatro kimyo, kimyoning asosiy qonunlari, mol, ekvivalent, molyar hajm, molekulyar massani aniqlash, gazlarning partsial bosimi.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Ma’ruzaning maqsadi - Talabalarni kimyoning asosiy qonunlari bilan tanishtirish hamda olingan bilimlarni fizik va kolloid kimyo, analitik kimyo va yuqori kurslarda amaliy farmatsiyada ishlata bilish ko’nikmasini hosil qilish.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Axmedov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Ю.А. Ершов,Общая химия,М., Высшая школа,2003 г. 390 с.
3.Umumiy va anorganik kimyodan amaliy mashg’lotlar.Farmatsevtika institute talabalari uchun/ mualliflar: S.N.Aminov?R.Aristanbekov, H.R.To’xtaev va boshqalar, Toshkent,2005. 368 b.
4.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov , Anorganik kimyo- Toshkent. ”O’zbekiston”, 2003.-428 b. 
5.N.S.Axmetov,Obshaya i neorganicheskya ximiya. Uchebnik dlya VUZov,
Vыsshaya shk. 1981. 679 s.
6.E.T.Oganesyan Neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya VUZov po spe-
tsialnosti Farmatsiya.- M. Vыssh. shk. 1984. 384 s.
7.N.L.Glinka,Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya VUZov.- L.Ximiya
1980, 780 s.
8. H.R.Rahimov , Anorganik kimyo T., O’qituvchi. 1984. 422 s.
9. H.R.To’xtayev, Anorganik kimyo ma’ruzalar matni. Toshkent,2001.244 b. 
KIMYONING TARIXI
Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o’zgarishlarni hamda o’zgarishlarni yuzaga keltiradigan jarayonlar to’g’risidagi fandir. Kimyoning mustaqil fan sifatida o’rganilayotganligiga 200 yildan ortdi.Chymeia- so’zi quyish ,tindirish ma’nosini beradi. Bu so’z qadimgi sharq tabiblari –farmasevtlarini o’simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida alkimyogarlar tomonidan tilga olingan.
Boshqacha fikrlarga ko’ra , alkimyo so’zini ildizi “khem” yoki “chemi”
balki “chima”- “qora tuproq” yoki “qora yurt” ma’nosini anglatgan.Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustlar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar.Qadimda kimyogarlar o’z faoliyatlarini yer boyliklarini o’rganishga (lotincha humus-er) bag’ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to’g’risidagi san’at deb qaralgan. Kimyogar esa yerdan turli metallar oladigan san’atkor deb hisoblangan.
Insonlar juda qadimdan oltin,kumush,mis, temir va metallarni ajratib olishni bilganlar.Musallas, sirka, dori-darmon,teri oshlash,matolarni bo’yash,bo’yoqlar tayyorlash,kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi.Ammo nazariy kimyo avval grek filosoflari asarlarida,keyinchalik arablar asarlarida paydo bo’la boshladi.
Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar.Jabr ibn Xayon, ar-Raziy,o’zbek olimlari Forobiy.Beruniy,al-Xorazmiy,ibn Sino butun dunyoga tanilgan olimlar hisoblanadi.
1V asrdan XVI asrni o’rtalarigacha kimyo alkimyo davriga kiritiladi. Bu davr turli metallardan oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan.Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo’ladi deb hisoblangan.
XVI asrdan boshlab yatrokimyo – davolash kimyosi paydo bo’ldi. Yatrokimoning asoschisi nemis olimi Parasels(1493-1541) edi.Barcha hayotiy jarayonlar kimyo nuqtai nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir,mis,simob, mishyak,qo’rg’shin,surma va boshqalarni birikmalarini dori sifatidagi ta’siri o’rganila boshlandi.
XV11 asrdan boshlab kimyoda Flogiston(flogiston grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan.Nemis olimi G.Shtal yonish,oksidlanish,qaytarilish jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra metall yonsa flogiston ajraladi,shu tufayli yengillashadi.Ko’mirda flogiston ko’p bo’ladi va u zang bilan qizdirilsa uni metallga aylantiradi.Ammo keyinchalik bu nazariya noto’g’ri bo’lib chiqdi.
XV111 boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o’zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto’g’riligini ko’rsatdi.Keyinchalik fransuz olimi A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta’sirlanishini isbotladi. U yonish,oksidlanish jarayonlarini to’g’ri ifodaladi.Dj.Dalton o’z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikmalarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo’lishini to’g’ri ko’rsatdi.
1869 y. D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasini yaratganligi kimyoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Keyinchalik O’rta Osiyoda kimyoni rivojlanishida akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov,M.N.Nabiyev, H.U,Usmanov, K.S.Ahmedov, M.A.Askarov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi.
Toshkent farmasevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi boyicha ilmiy izlanishlar olib borildi (prof. M.A.Azizov). Tibbiyotga feramid, kupfur,ferrozink kabi dori moddalari joriy etildi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish