Nn = 2•n2 Birinchi energetik pog’onada Nn = 2•12=2 2 ta elektron bor. Ikkinchi energetik pog’onada elektronlar soni 8 ta, ulardan 2 tasi s elektronlar 6 tasi p elektronlarga tegishli bo’ladi.
N2=8=2•22=8
3-energetik pog’onada n=3, l=0,1,2 m= -3,-2,-1,0,+1,+2,+3 bo’lgan holatda va s= +1|2 yoki -1|2 bo’lgan 18 ta elektron bor.Jami elektronlar soni :
N3= 2•32 = 2• 9 = 18
N4= 2 •42 = 2•16 = 32
Bir pog’onachada joylashgan elektronlar soni:
Nl=2(2l+1)
s 2
p 6
d 10
f 14
1- pog’onachada n=1 l=0 shuning uchun va hokazo:
s- pog’onachada N0=2(2•0+1) = 2
p- pog’onachada N1=2(2•1+1) = 6
d- pog’onachada N2=2(2•2+1) = 10
f- pog’onachada N3=2(2•3+1) = 14
uchinchi davr Na (z=11) boshlanadi. Na va Mg(z+12) s-elementlar.
11Na 1s2 2s2 2p6 3s1 12Mg 1s2 2s2 2p6 3s2 Al dan boshlab p-pog’onacha to’la boshlaydi.
p-pog’onachaning to’lishi inert gaz Ar(18) gacha davom etadi.
13Al 1s2 2s2 2p6 3s2 3p1 18Ar 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 Agar 2 va 3 davr elementlarining bir xil guruh elementlari solishtirilsa ularning elektron tuzilishlari o’xshash bo’ladi.Demak, elementlarning davriy jadvalda joylanishi ularning atomlarini elektron tuzilishiga mos keladi.
Argonda 3s va 3p energetik pog’onalar elektronlarga to’lgan, lekin 3d pog’ona bo’sh.To’rtinchi davr elementlari argondan keyin keladigan 19К va 20Са da 3 energetik pog’onaning to’lishi vaqtinchalik to’xtaydi. d pog’onacha o’rniga 4s qavatcha to’la boshlaydi.
19К 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s1 20Са 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2 4s pog’onadagi elektronlar 3d pog’onadagiga qaraganda kamroq energiya zahirasiga egadir. Shuning uchun ham K va Ca da tashqi elektron qavatlarning to’lishi atomning barqaror holatiga mos keladi.
4s pog’onadaga elektronlarni to’ldirish V.M.Klechkovskiy(1900-1972) qoidasiga asoslanib amalga oshirilishi mumkin.Bunda eng asosiy ko’rsatkich bosh(n) va orbital(l) kvant son hisobga olinadi.
Klechkovskiyning 1 qoidasi. Atomning yadro zaryadi ortishi bilan elektronlarni pog’onachalarga to’ldirish ketma-ketligi bosh va orbital kvant sonlar yig’indisi (n+l) ortib borish tartibida amalga oshiriladi.Masalan, kaliy uchun 3d 4s 4p holatlar uchun shu qoida hisobga olinsa 3d holat uchun n=3 l=2 n+l=5. Agar 4s holat amalga oshirilsa n=4 l=0 n+l=4.
Agar 4p holat to’ldirilsa edi n=4 l=1 n+l=5.Klechkovskiy qoidasiga ko’ra 4s holat uchun n+l qiymat eng kichikligi ko’rinib turibdi.
21 element Scandiy atomining tuzilishi qaralsa,bunda 3d4s4p pog’onachalar to’ldirilishi hisobga olinsa 3d uchun n=3 l=2 n+l=5. 4s po’g’onachaning to’lishi hisobga olindi.4p pog’onachada bo’lsa n=4 l=1 n+l=5. Demak,n+l 3d holatda ham va 4p holatda ham bir xil qiymatga ega bo’lib qoldi.
Elektron orbitalarda n qiymati qancha katta bo’lsa elektronning energiyasi shuncha yuqori bo’ladi.Kvant yacheykalarni elektronlar bilan to’ldirish Klechkovckiyni ikkinchi qoidasiga ko’ra olib boriladi.
Klechkovckiyni 11 qoidasi.Atomning yadro zaryadi ortishi bilan bosh va orbital kvant sonlari bir xil bo’lganda (n+l) elektronlarni pog’onachalarga to’ldirish bosh kvant sonining qiymati ortib borish tartibida amalga oshiriladi.Sc atomida shu qoida amalga oshirilgan va elektronlarni d-pog’onachaga joylashtirish kerak.
21Sc 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d1 4s2 Keyingi keladigan elementlarda elektronlarni to’ldirish yuqoridagi qoida asosida olib borilgan.
30Zn 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 Sc-Zn orasida keladigan elementlar d-elementlar jumlasiga kirib, ularda elektronlarni to’lishi tashqaridan ikkinchi qobiqni joylanishi bilan amalga oshadi. Lekin 24 element Cr va 29 element Cu da bu qoidadan chetlanish ro’y beradi.Xrom va mis atomlarida elektronlarning 4s holatdan 3d holatga sakrashi ro’y beradi.
24Cr 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d5 4s1 29Cu 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s1 Xrom va misning bunday holati pog’onachalardagi elektronlarning s-dan d-ga o’tishida yuqori energetik barqaror holatga o’tishi bilan tushuntiriladi. Atomning ayni holatga o’tishida kamroq energiyali holatga o’tish kuzatiladi.
31 element Galliy p-elementlar qatoriga kiradi.
Shu tufayli galliyda p-pog’onacha elektronlarga to’ladi:
31Ga 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p1 p- pog’onachani to’lishi Kr gacha davom etadi.
36Kr 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p64d04f0 Beshinchi davr elementlari 37Rb va 38Sr s-elementlar qatoriga kiradi.Ularning atomlari quyidagi tashqi elektron konfigurasiyaga ega: 5s1 va 5 s2.Keyingi elementlar 39 Y (ittriy) dan 48Cd gacha davom etadi.
38Sr 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 5s2 39Y 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d1 5s2 48Cd 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d10 5s2 49In 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d10 5s2 5p154Xe 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p6 4d10 5s2 5p6 Oltinchi davr elementlari Cs va Bariydan boshlanib ular s-elementlarga kiradi.
6 davr elementlari 2s1 (Cs, Ba) boshlanadi. Bularda orbatallar n+l ortib borish tartibida to’lib boradi.Bu elementlar tashqi elektron konfigurasiyasi:6s1 va 6s2.6 davrning 3 guruh elementi qatoriga La kiradi.Bu element lantanoidlar qatorini hosil qiladi.
57La 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104fo5s25p65d16s2 Lantanda 4f pog’onacha to’lishi kerak edi. Bu chetlanish vaqtinchalik sodir bo’ladi.Keyingi element seriydan boshlab 4f pog’onacha to’la boshlaydi:
58Ce 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f15s25p65d16s2 Ushbu tartib Lu gacha davom etadi:
59Lu 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65d16s2.
72 element Gafniy d-element qatoriga kiradi.Hf dan Hg gacha d-pog’onani elektronlarga to’lishi amalga oshadi:
72Hf 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p66s2 80Hg 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65d106s2 Tl dan boshlab 6p-pog’onani elektronlarga to’lishi ro’y beradi.
81Tl 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65d106s26p1 Bu pog’onachani to’lishi Rn gacha davom etadi.
86Rn 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65d106s26p6.
Yettinchi davr elementlari Fr va Ra s-elementlar hisoblanadi.Bu elementlar eng tashqi elektron konfigurasiyalari 7s1 va 7s2.89 element Ac da lantanga o’xshash vaqtinchalik d- pog’onachani elektronlarga to’lishi sodir bo’ladi.Toriy f-element jumlasiga kirib uning elektron formulasi:
89Ac 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65f06s26p66d17s2.
90Th 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65f16s26p66d17s2.
103Lr 1s22s22p63s23p63d104s24p64d104f145s25p65f146s26p66d17s2.
Shunday qilib 10 ta elemehtda elektronlar ko’chishi kuzatiladi(24Cr,29Cu,41Nb,42 Mo, 45Rh, 47Ag, 78Pt,79Au),1 ta elementning tashqi qavatida elektron qolmagan (46Pd).104 elementdan 109 elementgacha hozirgi paytda o’rganilgan. Ular d-elementlar qatoriga kirib radioaktiv elementlardir.