Pauli prinsipi
Atomdagi elektronlarni holati ana shu 4 la kvant son bilan tasniflanadi. Volfgang Pauli(1925 y.) prinsipiga ko’ra to’rttala kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas.
Atomdagi elektronlarning holati to’rtala kvant soni bilan tasniflanishi mumkin (s, p, d, f).Ular elektronning spini,energiyasi,fazodagi elektron bulutning hajmi va shakli hamda yadro atrofida bo’lish ehtimolligini ko’rsatadi.
Atomning bir kvant holatdan ikkinchisiga o’tishida kvant son o’zgarib, elektron bulut o’z tuzilishini o’zgartiradi.Bunda atom energiya kvantlarini yutadi yoki chiqaradi.
Masalan, birinchi energetik pog’onadagi vodorod atomida mavjud elektronlarning kvant sonlarini topamiz. Birinchi pog’onada eng ko’pi bilan 2 ta elektron bo’lishi mumkin. Bu holat uchun bosh kvant son n=1, l=0, m= 0 va spin kvant soni s=+1|2 ga teng.
Shuning uchun ham vodorod atomi elektron formulasi 1s1.
Geliy atomi uchun yadro atrofida ikkita elektron aylanadi. n=1, l=0,m=0 elektrolardan biri uchun spin kvant soni +1|2 ga va ikkinchisi uchun -1|2 ga teng.Geliyning elektron formulasi 1s2.
Ikkinchi davr elementlari uchun bosh kvant son qiymati 2 ga teng. Bu davrda elementlar litiydan boshlanib neongacha davom etadi. Litiy uchun elektron formula 1s22s1. Bu elementdagi tashqi qavatdagi elektron uchun n=2, l=0, m=0, s=+1|2 ga teng.
Berilliyning elektron formulasi 1s22s2.Bor p-elementlar qatoriga kirgani uchun uning elektron formulasi 1s22s2p1.Tashqi qavatdagi p-elektron uchun n=2, l=1, m=0, s= +1|2 ga teng.Uglerodning elektron formulasi 1s22s22p2.Uglerodning p- pog’nachasidagi elektronlar 2 ta:
2p
Bu elektronlar uchun n=2, l=1, m=0 yoki m=-1 va s= +1|2.Uglerodning toq elektronlari soni 2 ta. Shuning uchun ham uning valentligi 2ga teng.
Gund qoidasi.Yadro zaryadi ortishi bilan elektronlarning kvant yacheykalarga to’ldirish spin kvant sonining qiymati maksimal bo’lish tartibida amalga oshiriladi.Shu qoida 2p holatda elektronlarning joylanishida o’z aksini topgan.
Uglerodga ma’lum energiya berilsa u qo’zg’algan holatga o’tib uning valentligi 4 ga teng bo’ladi.
2s 2p
Azotning elektron formulasiga ko’ra 1s22s22p3.
Tashqi qavatdagi elektronlar uchun n=2, l=1, m=0, -1, +1 uchta qiymatga ega. Gund qoidasiga ko’ra uchala elektron uchun ham S= +1|2.Chunki elektron bulutlarning fazoviy holatlari uchta.
Azotdagi toq elektronlar soni 3 ta. Agar 2s va 2 p –pog’onachalar hisobga olinsa eng ko’p valentlik imkoniyati 4 ga teng bo’ladi.Shuning uchun azotning valentligi 5 bo’lishi mumkin emas.
2s 2p
Kislorod quyidagicha elektron formulaga ega bo’lib 1s22s22p4.Kisloroddagi to’rtinchi elektron faqat spin kvant soni bilan farq qiladi.Kislorodda toq elektronlar soni ikkita, shuning uchun uning valentligi doimiy bo’lib ukkiga teng.
2p
Ftorning elektron formulasi 1s22s22p5.Ftor atomining tashqi pog’onasidagi toq elektronlar soni bitta.Ftor doimiy 1 valentli. Ikkinchi davrning oxirgi elementi neon. Uning elektron formulasi 1s22s22p6.
2p
2 davrda 8 ta element bor. Ulardan 2 tasi s- element. 5 –element B dan 10-element Ne gacha p-pog’onacha to’lgani uchun ular p-elementlar qatoriga kiradi.
Atomning elektron pog’onasida joylashgan elektronlar soni quyidagicha topilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |