Hosildorlik ko‘z bilan chamalab yoki o‘lchanib aniqlanadi.
Meva belgilari — hajmi, shakli, rangi, tashqi ko‘rinishi, ta ’mi, xarakteri va bahosi. Barglarning parsha va boshqa kasalliklarga chidamliligi 5 ballik
sistemada baholanadi. Duragay tipi va madaniyligi belgilari pitomnikdagidek baholanadi.
Duragayning umumiy bahosi — ballarda quyidagicha baholanadi:
≪1≫ ball — mevalarning sifati yomon, o‘simlikni olib tashlash kerak.
≪2≫ ball — duragaydan qaysidir belgisi bilan kelgusi seleksion ishda foydalanish mumkin.
≪3≫ ball — duragay o'simliklardan tanlashda foydalanish mumkin.
≪4≫ ball — duragay alohida belgilari bilan rayonlashgan navlardan ustun, elitaga nomzod.
≪5≫ ball — duragay o ‘z belgilari bilan rayonlashgan navdan ustun, elitaga nomzod.
Duragay o‘simliklarni baholash va tanlashda keltiriladigan ma’lumotlar:
Ekilgan joy (xo‘jalik) ____________________________________________________
Kvartal, uchastka______________________ q a to r____________________________
D a rax t_____________________________ ekin tu r i__________________________
Ekilgan vaqti va y ili_____________________ yoshi____________________________
Duragayning kelib chiqishi_______________ yozilgan vaqti______________________
Topshiriq: bog‘da meva ekinlari misolida yuqorida keltirilgan belgilar bo‘yicha daraxt ko‘chatlarini baholash va natijasini jadvalga yozish.
Muhokama uchun savollar
1.Duragay o’simliklarni tanlashning seleksiyada qanday ahamiyati bor?
2.Qaysi belgilar bo‘yicha duragay o’simliklar tanlanadi?
3.Duragaylarning umumiy bahosini ballar bo‘yicha keltiring.
8-AMALIY MAShG’ULOT: ANOR O‘SIMLIGINING NAVLARI MORFOLOGIK TUZILIShI
Anor(Punica granatum L.)–(anorgullilarga mansub, bo‘yi 2–7 m yoki Vatani va; yovvoyi turlari atrofi, O‘rta Osiyoning, Eron, Afg‘oniston,va uchraydi. (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur.
Botanik tavsifimayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin meva-lisida tikani kamroq gullaydi ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urug‘chisi(onaligi) normal rivojlangan, ko‘zachasimon guli meva tugadi, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi.
Anor o’simliklarining ildiz, poya va barglardan iborat asosiy vegetativ organlari bor.
Anor daraxti yer ustki qismi, ya’ni tana va shox-shabbaning qay darajada rivojlanishi, o’simlik naviga hamda parvarishga bog’liq.
Anor daraxtning ildiz bo’g’zidan yuqori qismi uning yer ustki qismi hisoblanadi. Tananing vazifasi juda kattadir. Ildiz yerdan o’zlashtirgan oziq moddalarni nam bilan birgalikda daraxtning shox-shabbalariga o’tkazadi, barglarida paydo bo’lgan plastik organik moddalar tanadan ildiz tizimiga keladi.
Anor tanasining hamda po’stlog’ining shikastlanmasligiga, quyosh nuri ta’siridan kuyishiga, qattiq sovuqdan zararlanishiga alohida ahamiyat berish lozim.
Anor tupi yil sayin o’sib kattalashgan sari tanada yangi-yangi yog’ochlik qatlam hosil bo’ladi.
Tana po’stloq bilan qoplangan, po’stloqning tashqi qavati hujayralardan iborat, ichki ikkinchi qavatning hujayralarida bargda hosil bo’lgan organik moddalar harakat qiladi. Po’stloq bilan yog’ochlik orasida tananing ishchan kambiy qatlami bor. Bu qatlam hujayralari ko’payib ichki tomonidan tanani yo’g’onlashtirsa, tashqi tomondan po’stloqni yangi qismlarini hosil qiladi.
Barg bilan qoplangan bir yillik shoxcha novda deyiladi.
Anor juda uzoq , yani 200 (300) yilgacha umr ko`rish mumkin. Anor asosan ildiz bachkilaridan ko`paytiriladi. O`zbekistonda madaniy anor navlaridan tashqari, tabiatda tog` daralarida saqlanib qolgan kichik-kichik yovvoyi anorzorlarni uchratish mumkin.
Meva shoxchalari o’sib, ko’p yillik shoxga aylanadi va ulardan ham bir necha mayda shoxchalar chiqadi. Ba’zan bu shoxchalarning meva birikkan joyi yo’g’onlashadi. Bular 5-20 yilgacha yashaydi.
Novdadagi har bir barg qo’ltig’idan kurtak chiqadi, bular yon kurtak deyiladi. Novdaning uchida uchki kurtak bo’ladi. Yon kurtaklarning hammasi ham o’savermaydi. Ularning ko’pchiligi po’stloq orasida qolib ketadi, bularni uyqudagi kurtaklar deyiladi. Biror sababga ko’ra daraxt shoxlari sinsa yoki biror maqsad bilan butalsa, uyqudagi kurtaklardan novdalar o’sib chiqadi.
Anorning kurtaklari yoz davomida shakllanadi, anor kurtaklari yumaloq, uchi to’mtoq, o’sish kurtaklari esa yumaloqroq va uchi nayzasimon bo’ladi, urug’li meva daraxtlarda ba’zan meva kurtaklaridan gul va novdalar o’sib chiqadi, bu kurtaklar aralash kurtak deb ataladi.
Kurtaklar ikki xil : o’suv – vegetativ va meva – reproduktiv bo’ladi. Vegetativ kurtaklar ham o’z navbatida ikki guruhga barg kurtaklari va o’suv kurtaklariga bo’linadi. Barg kurtaklaridan barg va keyinchalik halqali, vegetativ kurtaklardan esa novdachalar hosil bo’ladi. Meva kurtaklari ham ikkiga: sof gulli va aralash gulli kurtaklarga bo’linadi. Sof gulli kurtaklar olcha, gilos, olxo’ri, shaftoli, o’rik, bodom daraxtlarida mavjud. Bunday kurtaklardan gulyonligi, gul tugunchalar va mevalar hosil bo’ladi.
Aralash gulli kurtaklarda yon barglar, gul va mevalardan tashqari yana bir, ikki yoki uchta novda ham chiqadi. Bu novdalarning uchlarida ko’pincha meva kurtaklari paydo bo’ladi. Bu kurtaklar kelgusi yili hosil beradi.
Anor gullari chiroyli, qizil rangda bo`lib, shoxlarining ustida uchida
4-5 donagacha joylashadi. Chetdan urug`lanadi. Guli ikki xil: birinchisi yirik, urug`chisi uzun, kuzasimon bo`ladi, ularning urug`chisi odatda changchi chang xaltasidan yuqori yoki uning bilan qator turadi. Bu gullar meva tugadi. Ikkinchisi mayda, urug`chisi kalta, qung`roqsimon turda bo`ladi. Ularning urug`chisi kalta bo`lib, changchi chang xaltadan pastda joylashadi. Bu gullar meva tugmaydi. Yaxshi ishlov berilmagan dalalarda urug`chi qisqa gullar ko`proq bo`ladi. Lekin urug`chi gullari ko`proq bo`lmaydi.
Anor mevasi 150-200 grammdan 1-1.2 kg gacha bo’ladi. O’sish davri 180-225 kun, gullashi 50-75 kun, mevasinging o’sish va yetilishi 120-160 kun davom etadi. Anor may oyining oxiri, iyun oyining birinchi yarmida yoppasiga gullaydi. Mevasi uzib olingandan keyin ular to’liq pishadi, meva tarkibidagi kislotalar kamayadi.Anor mevasi o’z vaqtida uzib olinmasa unda yorilib ketadi.
Mevasi yirik, dumaloq, qizg‘ish (qizil po‘st) yoki oqish (oq po‘st) bo‘lib, og‘irligi 250–1000 g keladi. Mevasi 6–12 uya (xona) li, doni och pushti yoki to‘q qizil. Ta’mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40–60%), tarkibida 14–21% qand, 0,3–9% bor. Pusti 29–50%, doni 10– 20% ni tashkil etadi. Mevasi, po‘sti 28%gachabor. Anorasosan,mevasi iste’mol etiladi.Anordan qandolat va kengfoydalaniladi bo‘yashda ishlatiladi. Gulbargi va meva po‘stidan bo‘yoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Ba’zi turlari xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladi.
Kurtak yorgandan so‘ng bir oy o‘tib yangi shakllangan novdalarda gullar (yangi mavsumda shakllangan novdalar asosida) hosil bo‘ladi, aksariyat hollarda spur kurtaklar yoki qisqa novdalarda gullar yakka, juft yoki to‘p (5tagacha)ko‘rinishda bo‘ladi. Yakka gullar spurlarda (novda tanasiga yaqin joyda), gulto‘plar esa novdalar uchida hosil bo‘ladi. Gullash va meva hosil bo‘lish jarayoni bir oy davom etadi. Anor gullari ikki turda bo‘ladi:
• germofrodit - meva hosil qiluvchi yaxshi rivojlangan urug‘don va gul
naychasiga ega gul.• erkak gul - ko‘plab shakllangan gul changlari bo‘ladi, lekin urug‘doni yaxshi rivojlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |