Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet74/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

Savollar:

  1. Ota-ona juftlarini ekologik-geografik printsip bo`yicha tanlash deganda nimani tushunasiz?

  2. Diallelь chatishtirish selektsiyada qanday ahamiyatga ega?

  3. Chatishtirishda mahalliy navlarning belgi va xususiyatlari duragaylarga kuchliroq o`tish sababi nimada?

  4. Uzoqdan chatishmaslikni bartaraf qilish «vositachi» usulini tushuntirib bering.

12-MAVZU. CUN’IY MUTAGENEZ VA UNDAN SELEKTSIYaDA FOYDALANISh
Mutatsiya o`simliklar evolyutsiyasi va selektsiyasida irsiy o`zga-ruvchanlikning muhim manbalaridan biridir.
Mutatsiya deb, o`simlik (organizm) belgi va xususiyatlarining to`satdan bir holatdan ikkinchi holatga o`zgarib qolishiga aytila-di. Mutatsiya nasldan-naslga beriladigan (o`tkaziladigan) o`zgaruv-chanlik bo`lib, genotipni o`zgarishi bilan bog`liq. Demak, mutatsiya bu irsiy o`zgaruvchanlikdir. Masalan, boshog`i qiltiqli hisoblangan o`simlikda qiltiqsiz boshoq, g`o`zada shoxlanishi cheklanmagan tipda bo`lsa cheklangan tipdagi o`simlik rivojlanishi va bu o`zga-rishning irsiy (turg`un) bo`lishi mutatsiyadir.Evolyutsiya jarayonida vujudga keladigan mutatsiyalar organizm
uchun foydali, zararli va neytral bo`lishi mumkin. Foydali muta-tsiyalar organizmning noqulay sharoitga chidamliligini (hayotchan-ligini) oshiradi. Zararli mutatsiyalar bu xususiyatni su saytiradi.
Mutatsiyalar yirik (makro) va mayda (mikro) bo`ladi. Makro-mutatsiyalar organizmning irsiyatini keskin o`zgartiradigan muta-tsiyalardir. Mikromutatsiyalar organizmning morfologik, fizio-logik va istalgan miqdoriy belgilarida yuz beradigan kichik o`zg a-rishlardan iborat. Ular tabiatda makromutatsiyalarga nisbatan ko`p hosil bo`ladi. Shuning uchun selektsiya ishida muhim ahamiyatga ega. Mutatsiya natijasida o`simliklarning turli belgi yoki xususi-yatlarini o`zgartirish mumkin. Shunga muvofiq mutatsiyalar morfologik, fiziologik va bio-ximik bo`lishi mumkin. Morfologik mutatsiya natijasida o`sim-likning tashqi ko`rinishi va organlari o`zgaradi (ko` sagi, shoxla-nishi, boshog`i, bargi, urug`i, poyasi kabilar).
Fiziologik mutatsiyalar oqibatida organizmning fiziologik xususiyatlari (nafas olishi, fotosintez jarayon, transpiratsiya ka-bi) o`zgaradi. Bioximik mutatsiyalar natijasida organizmning bioximik tarkibi ayrim moddalarning sintezlanishi o`zgaradi.Masalan, makkajo`xorida Opak-2, Flouri-2 genlarning hosil bo`lishi dondagi lizin aminokislotasining miqdorini oshirib uning to`yimligini oshiradi. Mutatsiya o`simlikning irsiy imkoniyatlarini ham o`zgartira-di. Organizm genotipining o`zgarish xossalariga qarab mutatsiyalar 3 xilga bo`linadi:
- gen mutatsiyalari;
- xromosomalar tarkibining qayta tuzilishi;
- xromosomalar sonining o`zgarishi.
Gen mutatsiyasi xromosomaning ayrim lokuslari (genlar)to`satdan o`zgarib qolishidir. Gen mutatsiyasi ayrim genlarning s i-fat o`zgarishidir. Mutatsiyalarning sodir bo`lishi qonuniy hodisa bo`lib, organizmning normal holatini o`zgartirishi mumkin.
Xromosomaning qayta tuzilishi. Xromosomalar strukturasi-ni o`zgarishi (xromosomalarning qayta tuzilishi) xromosomaning ichida va xromosomalararo bo`ladi. Bitta xromosoma ichida sodir bo`ladigan o`zgarishlarga xromo-soma ichida bo`ladigan qayta tuzilish deyiladi va ular quyidag i-larni o`z ichiga oladi:
a) xromosomaning bir bo`lagi yo`qolishi yoki yetishmasligi (d ye-letsiya va defishensi);
b) xromosomaning bir qismi ikki hissa yoki undan ko`p orti-shi (duplikatsiya);
v) xromosomaning qismlari 180 daraja burilishi (inversiya);
g) genlarning o`rin almashinishi (insertsiya).
Gomozigota organizmlarda xromosomaning kichikroq bo`lagi yetishmasligi odatda gen mutatsiyalarining vujudga kelishiga sabab bo`lib, fenotipga katta ta’sir ko`rsatadi. Bunday organizmlarda xromosomaning kattaroq bo`lagi yetishmasligi esa genotipda keskin o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib keladi. Natijada organizm nobud bo`ladi. Agar organizm geterozigota holatda bo`lsa, u yashab qoladi. Xromosoma bo`laklarining yetishmasligi organizmning xayotchanligini va nasl qoldirish qobiliyatini pasaytiradi.
Xromosomaning bir xil genli qismlarining ortishi–takrorlanishi duplikatsiya deyiladi. Duplikatsiya xromosoma bo`laklari yetishmasligiga teskari hodisa bo`lib, organizm belgilarini o`zgarishiga olib keladi. Xromosomaning bo`laklarini 180 daraja burilishi natijasida organizmning ilgarigi xususiyati saqlanishi yoki o`zg a-rishi mumkin. Xromosomalarning tashqi muhit omillari (ioniza-tsiya nurlari, ximiyaviy moddalar) ta’sirida qayta tuzilishi organizmning fiziologik holatiga ham bog`liq. Translokatsiya, inver-siya, duplikatsiya va defishensi natijasida bir xromosomaning genlari boshqasiga o`tishi mumkin. Natijada ko`pincha fenotipik o`zgarishlar sodir bo`ladi.
1933-1935 yillarda genetik olimlari N.P.Dubinin va B.N.Sidorovlar xromosomalar qayta tuzilganda genlar o`z ta’si-rini o`zgartirishini to`la aniqlashga erishdilar. Ba’zi bir retsessiv genlar boshqa xromosomalarga o`tganda dominant xususiyatga ega bo`lib qolishi va ular oldingi o`ringa qaytarilganda retsessivlik xususiyati yana tiklanishini ham bilib oldilar.
Xromosomalar sonining o`zgarishi bilan bog`liq mutatsiyalar gaploid va diploid xromosomalar sonining o`zgarishi natijas i-dir. Bu masalani kelgusi Poliploidiya va gaploidiyadan selek-tsiyada foydalanish degan mavzuda batafsil o`rganamiz.Mutatsiyalar tabiiy va sun’iy bo`ladi. Tabiatda odam ishtiro-kisiz hosil bo`ladigan mutatsiyalar tabiiy mutatsiyalar deb atala-di. Tabiiy (spontan) mutatsiyalarning hosil bo`lishi quyidagilar-ga bog`liq: o`simlik turini tashkil qilgan genotipning mutatsiyala-nish imkoniyati, o`simliklarning tashqi sharoitga moslashganligi, o`simlikning tarqalgan rayonlari va boshqa xusu siyatlar. Agar o`simlik turi sharoitga yomon moslashgan bo`lsa, tog`li yerlarda, t ye-kislik rayonlarga nisbatan ko`p mutatsiyaga duchor bo`ladi. Genotip va fenotip tushunchalarini fanga 1909 yilda Daniyalik genetik olim V.Iogansen kiritgan. Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yig`indisiga ytiladi.
Fenotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar to`plamiga aytiladi. Sun’iy mutatsiya deb, kishilar tomonidan sun’iy ravishda hosil qilinadigan mutatsiyalarga aytiladi. Sun’iy mutatsiya se-lektsiyasida boshlang`ich material tayyorlashning istiqbolli usuli bo`lib hisoblanadi.Sun’iy mutatsiya selektsiya ishida 1920-yillardan boshlab qo`llanilmoqda. 1925 yilda Rossiya olimlari G.A.Nadson va Filippovlar achitqi zamburug`lariga rentgen nurlari bilan ta’sir etib, mutatsiyalar hosil qildilar. 1927 yil amerikalik olim G.Myuller drozofila pashshasida sun’iy yo`l bilan irsiy o`zgari-shlar hosil qilishda katta yutuqlarga erishdi. 1928 yil amerikalik olim Stadler makkajo`xori, arpaning mutantlarini hosil qiladi. 1928-1932 yillarda L.N.Delone va Sapegin birinchi bo`lib, o`simliklarga rentgen nurlari ta’sir ettirib, irsiy o`zgarishlar hosil qilish va shu yo`l bilan mutatsion jarayonni tezlashtirish mumkinligini isbotladilar. Ular rentgen nurlari ta’sir ettirib, bug`doyning qimmatli xo`jalik belgi va xususiya tlariga ega xillarini hosil qildilar. Shu bilan radiatsion mut a-tsiya faniga asos solindi. 1932 -1936 yillarda S.Ya.Krayevoy rentgen nu rlari ta’sirida goroxning, 1937 yil A.N.Lutkov arpaning fo y-dali mutatsiyalarini yaratdi. 1935 yilda T.V.Aseyeva rentgen nurla-ri ta’sirida kartoshkada irsiy o`zgarishlar ro`y berishini aniqladi. Keyingi yillarda sun’iy mutatsiya ishlari Shvetsiya, Rossiya, Hamdo`stlik mamlakatlari, AQSh, Chexiya, Slovakiya, Frantsiya, Hindiston, Yaponiya kabi mamlakatlarda keng avj oldi. Akademik I.A.Rapoport rahbarligida Rossiya fanlar akademiyasining ximi-yaviy fizika institutida mutagenez markazi tashkil qilindi.
Akademik N.P.Dubinin 1957 yilda radiatsion genetika laboratoriyasini tashkil qiladi. Qimmmatbaho va muhim xo`jalik-biologik belgi hamda xususiyatlarga ega bo`lgan sun’iy mutantlar hosil qilish uchun turli mutagenlardan foydalaniladi. Mutagen deb, sun’iy mutatsiyalarni hosil qiluvchi omillarga aytiladi. Selektsiya ishida sun’iy mutagenlarni hosil qilish uchun fizikaviy va ximiyaviy mutagenlardan foydalaniladi.
Fizikaviy mutagenlar – ionizatsiya, alьfa, betta, gamma, rent-gen va lazer nurlari, neytronlar, ulьtrabinafsha nurlar, o`ta past
va o`ta yuqori harorat kabilardan iborat.Bularning ta’sir etuvchi miqdori (dozasi) o`simlikning turi, navi, yoshi va boshqa omillarga qarab 5 dan 200 kr gacha (kiloren t-gen) bo`ladi. Gamma va rentgen nurlari o`simlik urug`iga ta’sir e t-tirilganda ularning dozasi 5 -10 kr. dan oshmasligi kerak.
Ximiyaviy mutagenlar – etilenemin, nitrozometilmochevina, nitrozoetilmochevina, dimetilsulьfat, metilmetansulьfanat, gidroksilaminlardan iborat – murakkab ximiyaviy moddalar. Ularning suvdagi 0,0001-3 foizli eritmalariga o`simliklarning urug`i, ildizi, qalamchasi, no vdasi, o`sish nuqtasi (kurtagi), tugana-gi va piyozlari 8 soatdan 24 soatgacha ivitib olgandan keyin ekil adi. Bunday o`simliklar ichida irsiyati o`zgargan yangi belgili – xususiyatli o`simliklar hosil bo`ladi. Bu o`simliklarda tanlash o`tk a-zib, kerakli belgili – xususiyatli o`simliklar – mutantlar tanlab olinadi. Ximiyaviy mutagenlarning o`ta ta’sirchan ekanligini inobatga olib mutatsiya chaqirish uchun quyidagi miqdordagi suv-dagi eritmalari qo`llaniladi:
Nitrozometilmochevina – 0,0001-0,015 foiz;
Nitozoetilmochevina - 0,0001-0,025 foiz;
Dimetilsulьfat - 0,01-0,15 foiz;
Dietilsulьfit - 0,01-0,2 foiz;
Etilenemin - 0,01-0,5 foiz;
Etilmetansulьfanat - 0,1-1,5 foiz;
Gidroksilamin - 0,5-3,0 foiz.
Bunday kuchli murakkab ximiyaviy moddalar-mutagenlar bilan ishlaganda juda ham katta ehtiyotlik choralari ko`rilishi kerak.Mutagenlar ta’sir etilib hosil qilingan o`simlik avlodi mutant deyiladi va katta (bosh) M harfi bilan ifodalanadi (M1M2 M3va boshqalar).
Mutantlardan Morfozlar (irsiy bo`lmagan o`zgaruvchanlikni) farqlash uchun tanlash mutantlarning birinchi (M1) bo`g`inida o`tkazilmay, balki ikkinchi (M2) bo`g`indan boshlab o`tkaziladi. Sun’iy mutatsiyalardan selektsiya ishida foydalanishning ikki yo`li bor:
1. Rayonlashtirilgan eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, ulardan to`g`ridan to`g`ri foydalanish asosida
(tanlash, o`rganish, sinash) yangi navlar yaratish;
2. Eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, ularni boshqa navlar bilan chatishtirish asosida yangi navlar yara-tish. Sun’iy mutatsiyadan foydalanib mamlakatimizda va chet el-larda ekinlarning yuqori hosilli, mahsulot sifati yaxshi bo`lgan, tezpishar, kasalliklarga chidamli, yotib qolmaydigan, pakana bo`yli nav va xillari yaratilgan, ular ishlab chiqarishga keng joriy etilmoqda. Masalan, bahori bug`doyning Novosibirskaya-67, arpa-ning Minskiy, soyaning Universal, sulining Zelyonыy navlari mu-tantlardir. AQShda kuzgi bug`doyning mashhur bo`lgan Geyns, Hindistonda–Sharbati Sonora degan mutant navlari rayonlashtirilgan. Bu navlar pakana bo`yli bo`lib gektaridan 120 -140 tsentnergacha hosil bera oladi. Ularning donida oqsil moddasi 2,5 foiz, oqsilida esa lizin aminokislotasi 1,5 marta ko`pdir. Shvetsiyada arpaning Pallas navi Bonus navi urug`iga rentgen nurlari ta’sir etilib, AQShda sulining zang kasalligiga chidamli, yotib qolmaydigan, pakana bo`yli serhosil Florad navi Florigen naviga issiq neytronlar ta’sir ettirib yaratildi.V.S.Pustovoyt nomidagi moyli ekinlar ilmiy-tadqiqot in-stitutida ximiyaviy mutagenez yo`li bilan kungaboqarning Pervenets degan navi yaratilib, uning urug`ining moyida olein kislota-sining 75 foizgacha to`planishiga erishilgan. Shu ko`rsatkich Peredovik standart navida 27,6 -32,0 foizni tashkil qilgan. Pervenets mutant navining moyi sifati jihatidan zaytun moyiga yaqinligi aniqlangan. Mutagenez yo`li bilan yaratilgan bu xususiyatli kungaboqarning Pervenets navi kabi mutant nav jahonda birinchi nav bo`lib hisoblanadi.



Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish