Dastlabki nav o`rganish. Pomologik bog`larda yoki ilmiy tadqiqot institutlarining tajriba xo`jaliklarida olib boriladi. Bu bosqichda yangi selektsion navlar, muHim xo`jalik belgilari bo`yicha ajratilgan maHalliy, chet eldan keltirilgan navlar va klonlar, ilmiy tadqiqot institutlaridan selektsiya jarayonida yaratilgan elita ko`chatlari va nazorat sifatida rayonlashtiril-gan navlar o`rganiladi.
O`rganish natijasida biologik xususiyatlari va xo`jalik ko`rsatkichlari bo`yicha rayonlashtirilgan navlardan ustun turgan navlar davlat nav sinashga beriladi.
Kollektsiyalarda nav o`rganish.Ilmiy tadqiqot institutlari-ning kollektsiyalarida olib boriladi. Kollektsiyada o`rganilayot-gan namunalar tarkibi dastlabki nav o`rganish bosqichidan farq qilmaydi. Faqat bunda tezlashtirilgan usulda namunalarga baHo beriladi.
Hozirgi kunda kollektsiyalar nav o`rganishning asosiy bos-qichi bo`lib qolmoqda. Bu yeda keltirilgan dastur bo`yicha kuza-tishlar olib boriladi. Shuning uchun istiqbolli navlarni nav sinash Hay’atiga topshirish mumkin.
Davdat nav sinovi.Uning asosiy vazifasi navlarni respublikamizning Har xil tuproq-iqlim sharoitlarida xo`jalik nuqtai nazaridan sinab ularga qiyosiy baHo berish va eng yaxshilarini ma’lum bir tumanlarda, viloyatlarda yetishtirish uchun tavsiyalar berishdan iboratdir. Navlarni Har xil muHitlarda si-nash ularning muHim xo`jalik belgilari to`la namoyon bo`ladigan sharoitlarni aniqlashga imkoi beradi. Natijada ishlab chiqarish uchun eng zarur xo`jalik ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan navlar tavsiya etiladi.
Navlarning davlat nav sinoviga ilmiy tadqiqot institutlari yoki jamoa xo`jaliklari taklif qilishlari mumkin. Navlar Davlat nav sinov Hay’atiga pasportlari bilan beriladi. Foydali xo`jalik belgilari, maHalliy sharoitga moslashganligi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha nazorat navdan ustun turgan navlar shu mintaqada Davlat nav sinov Hay’ati tomonidan rayonlashti-riladi.
Ishlab chiqarishda nav sinash.Dastlabki nav o`rganish va Davlat nav sinov belgilarida biologik - xo`jalik xususiyatlari bo`yicha ajratilgan navlar ishlab chiqarish sharoitida sinaladi. Nav sinashning bu bosqichi asosan ixtisoslashtirilgan bog`dor-chilik xo`jaliklarida yoki tumandagi ilg`or xo`jalikning maxsus dalalarida o`tkaziladi. Navni ishlab chiqarishda sinash Haqidagi bilimlarni kengaytiradi, Davlat nav bo`limlaridagi sinov natijalarini to`ldiradi. Keyinchalik bu bog`lardan ona bog`lar sifatida foydalanish mumkin.
3. Davlat nav sinovi Hay’ati tomonidan ishlab chiqarishda ekishga tavsiya etilgan nav rayonlashtirilgan nav deyiladi. Respublikamizda Har bir viloyat o`zining rayonlashtirilgan nav-lariga ega. Bu navlar yig`indisi rayonlashtirilgan navlar maj-mui deyiladi. Navlarni o`rganish, sinash jarayoni to`xtovsiz davom etib, Har yili rayonlashtirilgan navlar majmuiga o`zgar-tirishlar kiritiladi.
Rayonlashtirilgan navlarni ko`paytirishda nav tozaligiga va navni yaxshilash maqsadida klon selektsiyasiga katta e’tibor berilishi kerak. Rayonlashtirilgan navlar ko`paytirilganda elita ko`chatlari yetishtiriladi. Elita – navga xos bo`lgan morfo-logik belgilarga, xo`jalik-biologik sifatlarga ega bo`lgan, yuqo-ri darajada saralangan ko`chatlardir. Elita ko`chatlari virus ka-salliklaridan, karantin va xavfli kasallik va zararkunanda-lardan xoli bo`lishi kerak.
Savollar: Elita ona bog`larni tashkil etish.
Ona bog`larda aprobatsiya o`tkazish xususiyatlari.
Olma va o`rikning tez, o`rta va kech muddatda hosilga kiruvchi navlarini ayting.
Meva ekin navlarida unumdorlik deganda nimani tushunasiz?