Chatishtirish uchun foydalaniladigan ota-ona formalarining
qimmatli xo‘ja!ik belgilari
Otaona
fbrnialari
|
Qishga
chidamlilik
|
Qasla
tiklash
qobili-
yati
|
Tezpisliarli
|
Hosildorlik
|
Mevalarniiig
to'kiluvclianligi
|
Meva
kattaiigi
|
Mevaning
qoplama
rangi
|
Meva
ta ’mi
|
Kasalliklarga
chidamliligi
|
Boslxia
belgilari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chatishtirishlar miqdori adabiyotlar mazmunida keltirilgan, perspektiv va elita o’simliklarning chiqishi va irsiylanish qonuniyatlariga asoslanib belgilanadi. 0 ‘rtacha bu ko‘rsatkich 200—10000 ta ko‘chatdan bitta kerakli o‘simlik hisobidan olinadi.
Ba’zan bu ko‘rsatkichlarni har bir ekin uchun gullarda meva hosil bo‘lishi, mevadagi o ‘rtacha urug‘lar soni, urug‘larning unuvchanligi va boshqa ba’zi xususiyatlarini nazoratga olish kerak bo‘ladi (11-jadval).
Meva va rezavor meva ekinlarining ba’zi ko‘rsatkichlari
Nav nomi
|
Gullarda
meva hosil
bolishi, %
|
Mevadagi
urug‘lar
miqdori,
dona
|
Uruglar
unuvchanligi,
%
|
K o ‘chatlarning
no bud
bolishi, %
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yangi navni yaratishning loyihasida taxminan quyidagi o‘simliklar miqdori belgilanadi. Masalan, seleksion pitomnikda 1000 ta yoki 300—500 ta, mutantlarning ikkinchi avlodi (M2), seleksion maktabda 100—200, dastlabki nav sinovida 8—12 ta o‘simlik, nav sinashiga esa 3—5 ta nav topshiriladi.
Keyinchalik, ekin gulining changlash qobiliyatiga asoslanib chang miqdori hisoblanadi. Masalan, urug‘li meva ekinlarida bitta gul changi bilan 4—8 ta ona o‘simlik gullarini changlash mumkin. Shu ma’lumotlarga asoslanib chatishtirishlar soni va kerakli jihozlar miqdori aniqlanadi.
Changlash uchun kerakli vaqt quyidagi ma’lumotlarga asoslanib aniqlanadi. Masalan bir ish kunida 400—600 ta olma va nok gulini bichish bilan yoki 1000—1200 ta g‘unchani bichishsiz bajarish mumkin. Xuddi shuningdek, danakli meva ekinlarida 600— 800 ta va 1200—1500 ta g‘unchada muvofiq ravishda changlanishni amalga oshirish mumkin. Ishning samaradorligi albatta ishchilarning malakasiga ham bog'liq.
Loyihada mevalarni terish, urug‘larni ajratib olish, duragay urug‘larni ekish, o’simliklarni yetishtirish muddatlari, usullari va texnologiyalari keltiriladi.
Duragay urug‘lar va o‘simIiklarni tanlash usullariga katta e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, o‘simliklarni birinchi yili tanlash va keraksiz formalarni brak(yaroqsiz) qilish belgilari aniq ko‘rsatilishi lozim. Olingan ma’lumotlar jadval shaklida ko‘rsatiladi.
Dastlabki nav sinovi va davlat nav sinashi uchun kerakli vaqt o’simliklarning ba’zi biologik xususiyatlariga qarab belgilanadi. (Masalan, qanday payvandtagda yetishtirilishiga qarab.) Yaratilgan navga dastlabki nom beriladi, uning ekilish zonalari aniqla- nadi, qimmatli belgi va xususiyatlari bo‘yicha ekilib kelinayotgan
navga va ota-ona formalariga nisbatan afzalliklarining ta’rifi bayon qilinadi.
Loyihada, albatta, seleksion ishlarni bajarish uchun kerakli maydon va tuproq-iqlim sharoitlari ko‘rsatiladi. Yakunida seleksion jarayon va ekilib kelinayotgan navni yangi yaratilgan nav bilan almashtirish uchun kerakli vaqt ko‘rsatiladi.
Topshiriq: meva va rezavor meva ekinlarining yangi navlarini yaratish loyihasi sxemasi va uslublari bilan tanishib, bitta ekinning yangi navini yaratish loyihasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |