dozasi 13 mg, kundalik dozasi 39 mg, preparat ichilgandan 1 soat o‘tgandan keyin kor
qila boshlaydi. Tabletkalarni chaynamasdan yutish kcrak.
Nojo‘ya ta’sir. Bosh og‘rishi, bosh aylanishi, badan qizib ketayotgandek bo‘lib
sezilishi.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. Miyaga qon quyilishi, kalla ichki
bosimining
yuqoriligi, o‘tkir miokard infarktidan keyingi dastlabki kunlar.
Chiqariladigan shakli. 2,6 mg li tabletkalar, o‘rovida 50 va 100 dona.
Saqlash shartlari. В ro‘yxati.
Yaroqlilik muddati 5 yil.
Trinitrolong
(Trinitrolong). Tuxumsimon shakldagi polimer pardalar, ‘tarkibida 1
yoki 2 mg nitroglitserin bo‘ladi.
Ishlatiladigan o‘rni. Nitroglitserinning ta’siri uzoq davom etadigan preparati
sifatida Stenokardiya xurujlarini davolash hamda oldini olish uchun ishlatiladi.
Bioeruvchan polimer tarkibidagi nitroglitserin ta’sirining tez yuzaga chiqib uzoq
(3-4 soat va bundan ko‘proq) davom etishini taminlaydi.
Ishlatish usuli va dozalari. Trinitrolong pastinkasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga
barmoqlar bilan bosib turiladi (odatda oziq tishlar yoki kichik jag‘ tishlar ustidagi milklar
sohasiga bosib turiladi). Ta’sirining boshlanishi va qancha muddat
kor qilib turishi bar
xil bemorlarda turlicha bo‘lib, plastinkaning kimda nechog‘lik tez so‘rilishiga va
dozaning to‘gri tanlanishiga bog‘liq. Preparat ta’sirini to‘xtatish zarur bo‘lsa-plastinka
olib tashlanadi. Plastinkani milkning shilliq pardasiga ovqatdan keyin qo‘yish tavsiya
etiladi.
Chiqariladigan shakli. 0,001 g li (yashil rangli) va 0,002 g li (bir tomoni oq,
ikkinchi tomoni oeh yashil rangli) polimer plastinkalar, 50 donadan o‘ralgan.
Saqlash shartlari. В ro‘yxati. Quruq yorug‘ tushmaydigan, olovdan uzoq joyda
saqlanadi.
Yaroqlilik muddati 2 yil.
Erinit (Erynitum). Sin.: Nitropenton (Nitropenton). В ro‘yxatida. Tabletkalarda
0,01-0,02 g dan chiqariladi.
Arterial bosimni birmuncha pasaytiradi.
Stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Ichishga 0,01-0,02 g dan kuniga 3-4 marta ovqatdan bir soat oldin
yoki til ostiga
qo‘yish uchun tayinlanadi. Davolash 2-4 hafta mobaynida olib boriladi. Nitroglitscringa
qaraganda kuchsizroq, biroq davomliroq ta’sir ko‘rsatadi, ta’siri 20-30 minut o‘tgach
yuz.aga chiqadi va 5 soatgacha davom qiladi.
Karbokromen (Carbocromenum). Sin: Intensain, intenkordin. В ro‘yxatida.
Tabletkalarda 0,075 g dan chiqariladi. Ichishga : tabletkadan kuniga 3 marta
tayinlanadi.
Toj tomirlarning kengayishiga imkon beradi, kollateral
qon aylanishini va
miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Stenokardiya, kardiosklerozda, infarkt bo‘lib o‘tgandan key in qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rig‘i, xolsizlik, dispeptik hodisalar. Venaga tez
yuborilganda to‘sh orqasida og‘riqlar, qizib kctish, boshda og‘irlik
sezish kabi sezgilar
kuzatiladi.
Stenokardiyaning og‘ir hollarida mushaklar orasiga yoki venaga 0,04 g dan kuniga
1-2 marta kiritiladi. Prcparat 5% li glyukoza eritmasida yoki 200-250 ml izotonik natriy
xlorid eritmasida eritiladi va venaga tomchilab yuboriladi.
Davolash qonning ivish xossasini nazorat qilib turgan holda ayni vaqtda
antikoagulyantlar tayinlash bilan birga olib boriladi. Preparatni yurak glikozidlari,
gipotenziv vositalar, trankvilizalorlar bilan birga ishlatish mum kin.
Anaprilin (Anaprilinum). Sin.: Inderal. p-adrenoblokatorlar gruppasiga kiradi.
Miokard p-adrenoretseptorlari blokadasi hisobiga yurak ishini pasaytiradi. Natijada
kislorod tushishi ko‘pay mas ad a, kislorodga ehtiyoj kamayadi.
Ichishga 0,01-0,04 g dan kuniga 3-4 marta, venaga 1 - 5 ml dan 1%
li eritmasi
(asta-sekin) tayinlanadi.
Miokard infarktida terapevtik ta’siri turlicha bo‘lgan vositalar qo‘llaniladi.
Shokning oldini olish va og‘riqni bartaraf etish uchun morfin gidroxlorid (Morphini
hydrochloridum) - 1 ml 1% li eritmasi ten ostiga tayinlanadi. Morfin odatda atropin
sulfatning (Atropini sulfas) 0,1% li eritmasi bilan 0,5-1 ml dan morfinning vagotrop
ta’sirini yo‘qotish va tomirlarning torayish ehtimolini bartaraf etish uchun birga
qo‘llaniladi. Boshqa og‘riq qoldiruvchi vositalardan: fen tan il (Phentanylum), talamonal
nomi bilan yuritiladigan fentanil bilan droperidol, omnoponning (Omnoponum) 1 ml 1%
li eritmasi teri ostiga yoki 1 ml 2% li promedol eritmasidan foydalanish ham mumkin.
Narkotik analgetiklar ta’siridan bosilmaydigan kuchli og‘riqlarda narkoz uchun vosita -
azot (I)-oksid tayinlanadi.
Qon ivishini pasaytiradigan, trombning yanada kattalashib ketishiga to‘sqinlik
qiladigan va Lining so‘rilishiga imkon beradigan vositalardan antikoagulyantlar -
geparin, fibrinolitik vositalar- flbrinolizin va boshqalar tayinlanadi (Qon
ivishiga
to‘sqinlik qiladigan vositalar. Fibrinolitik vositalarga q).
Miokard infarkti arterial bosimning birmuncha pasayishi bilan o‘tishi mumkin. Bu
holda pressor vositalar - noradrenalin gidrotartratning (Noradrenalini hudrotartras) - 1 ml
0,2% li eritmasini venaga yuborish tavsiya qilinadi. Yurak ritmi buzilishlarida
novokainamid (Novocainamidum) 5-10 ml dan 10% li eritmasi venaga yoki mushaklar
orasiga tayinlanadi.
O‘tkir yurak sustligida, ya ni chap qorincha keskin sustlashib qolganida (yurak
astmasi) yurak glikozidlari: strofantin (Strophanthinum) 1 ml dan 0,05% li eritmasi
venaga yoki korglikon 1 ml dan 0,06% li eritmasi tayinlanadi. Nitrong fortе (Nitrong
forte). Tablеtkada 6, 5 mg chiqariladi. Bir martadan bеriladi.
Kardikеt (Cardiket)-izosorbiddinitrat. Tablеtka shaklida 20, 40, 60
mg dan
chiqariladi. Ta'siri tеzroq boshlanib, uzoq (12-14 soat) davom etadi. 1 tablеtkadan kuniga
2 marta bеriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: