Milliy kadrlar tayyorlashdagi hamkorlik. O’zbekistonning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligining muhim yo’nalishi mutaxassis kadrlar almashish boldi. O’zbekiston zavod, fabrikalar, xo’jalik obyektlari qurish, asbob-uskunalarni montaj qilish, ishga tushirishni yo’lga qo’yish uchun shu mamlakatlarga mutaxassislar yubordi. Chunonchi, «Tashtekstilmash» zavodi 1958—1967-yillar mobaynida o’zining 44 nafar vakilini to’qimachilik uskunalarini montaj qilish uchun turli mamlakatlarga jo’natdi.
60-yillarda Kuba va Bolgariyada paxta terish mashi-nasidan keng foydalana boshlandi. Bu mashinani o’zlashtirishda O’zbekiston mutaxassislari ularga katta yordam berdi. Chet mamlakatlar ham o’z navbatida respublikaga keltirilgan sanoat uskunalarini montaj qilishda yordam berish, barpo etish va ularni ishga tushirishda texnik jihatdan ko’maklashish uchun o’z mutaxasislarini har yili O’zbekistonga jo’natib turdi.
60-yillarning boshlarida Andijon viloyati bilan Bolgariyaning Yambol okrugi, Toshkent viloyati bilan Xaskovo okrugi mehnatkashlari o’rtasidagi o’zaro yor-dam va hamkorlikka asoslangan aloqalar mustahkamlan-di. Paxtachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-melioratsiya ko’rinishida sug’oriladigan yerlarni o’zlashtirishda O’zbekiston bilan Bolgariya dehqonlari o’zaro tajriba almashdilar.
Chet mamlakatlarga malakali muhandis-texnik kadr-lar va mutaxassislar tayyorlab berish O’zbekistonning sanoat korxonalari, sovxoz, kolxoz, va boshqa muassa-salarda o’sha mamlakatdan kelgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning ishlab chiqarish tajribasini o’tkazish yo’llari bilan ham amalga oshirilgan. 1968-yilda 40 dan ortiq arab agronom, tuproqshunos, irrigator va mexa-niklari Toshkent, Mirzacho'1 sovxozlarida, bir guruh Eron metallurglari Bekobod metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish tajribasini o’tadilar.
Malakali kadrlar almashishidagi hamkorlik oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash orqali ham amalga oshirildi. O’zbekiston rivqjlanayotgan mamlakatlar xalq xo’jaligi uchun zarur miliiy kadrlar tayyorlab berishga salmoqli hissa qo’shib keldi.
Respublikamizning oliy va o’rta maxsus o’quv yurt-larida ta'lim olgan xorijlik talabalarning soni yildan-yilga oshib bordi. Agar 1963/64-o'quv yilida Toshkentdagi oliy o’quv yurtlari va texnikumlarida 14 mamlakatdan kelgan 250 icishi ta'lim olgan bo’lsa, 1967/68-o'quv yili-da 27 mamlakatdan kelgan 340 kishi ta'lim oldi. 1964-yildan 1970-yilgacha respublikamiz o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi-ning 45 mamlakatidan kelgan 1500 ga yaqin talaba, sta-jor va aspirantlar ta'lim oldilar.
1961-yildan boshlab Toshkent davlat tibbiyot institu-ti xorijiy mamlakatlar uchun turli ixtisosdagi vrachlarni tayyorlashga kirishdi. 60-yillarda bir necha mamlakat-larga yuzlab vrach va tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlab berildi.
O’zbekiston xorijiy mamlakatlarga mutaxassis tayyor-lash bilan birga, ilmiy kadrlar tayyorlashda ham baholi qudrat yordam ko’rsatdi. Respublikaning talay oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida xorijiy mutaxas-sislar shogirdlikni o’tadilar, aspiranturada tahsil olib, turli fan sohalari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |