Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet5/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Savol va topshiriqlar

1. Buxoro amirligida qaysi sohalarda islohot o’tkazish ko’zda tutilgan edi?

2. Yosh buxoroliklarning siyosiy qarashlarida qachon va qan-day tub o’zgarishlar yuz berdi?

3. Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhitga qaysi kuchlar so’I ekstremistik ta'sir o’tkazdilar?

4. RSFSR hukumati, Turkiston bolsheviklarining Buxoroga nisbatan tajovuzkorligi mohiyatini qanday tushunasiz?

5. Qizil armiyaning Buxoroga bosqini keltirgan oqibatlarni alohi-da jadvalda to’ldinng.


8-§. TURKISTON XALQLARINING MILLIY DAVLATCHILIK Yo’LIDAGI HARAKATLARI VA MUQOBIL

JARAYONLAR

Reja:

1.Davlatchilik muammosi va ijtimoiy hayot jarayonlari.

2., Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari

3. Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari.

Turkistonda sodir bo’lgan hokimiyat o’zgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi doiralari o’lkada barqarorlikni joriy qilish, ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yishga kirishdilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoa ishlariga rahabarlikni davom ettirdilar. Ammo qozbconalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu til jihatdan va boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarini tuzishga asosli manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv ido-ralariga faol, obro'-e'tiborli, savodli vakillarni ko’rsatib sayladilar. Milliy ziyolilar ilgari surgan g’oyalar asosida maktab-maorif, matbuot, boshqa sohalarda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sovetlar tortib olgan (ekspropriatsiya qilgan) katta turar joy — hovlilarda, shu kabi idoralarda yerli aholi bolalari uchun maktablar, internatlar, shifo-xona (poliklinika)lar ochildi, yerli aholi tillarida gazeta-lar, jurnallar chiqardilar, qator bosmaxonalar ishlay boshladi. Milliy ziyolilar samarali faoliyat ko’rsatdilar. Ular maktab-madrasa, shuningdek, rus-tuzem mak-tablari, boshqa o’quv yurtlarida bilim olgan xalqning ongli farzandlari edi. Ular moddiy ahvolning og’irligi, tashkiliy qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib ish-ladilar. Aholi maorif maskanlarini ta'mirlash, moddiy ta'minlash ishiga o’z hissasini qo’shib bordi. Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdu-rauf Fitrat va boshqa qator taniqli ziyolilar maorif-madaniyat idoralarida samarali xizmat qildilar. Xalq ommasidan qator siyosatchi davlat arboblari yetishib chiqdi. Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir To’raqulov (1892—1939) Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, Qayg’usiz Otaboyev (1887—1937) Turkiston XKS raisi,

so’ngra Buxoro respublikasi nozirlar sho’rosi rais muovi-ni, Abdulla Rahimboyev (1896-1938) Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliyev (1891—1929) Turkiston MIK raisi, O"zbekiston yer ishlari komissari lavozimlariga ko’tarilib, xalq ommasi manfaatlari uchun xizmatlarini ayamadilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar. Zo’ravonliklar, xalqni talashga barham be-rishga bel bog’ladilar va bu yo’lda kurash olib bordilar.

Rossiyada qurg’oqchilik va ocharchilik bo’ldi. Turkiston aholisi oziq-ovqat xayriya yordamini yubordi, o’lkaga kelgan 160 ming qochoq ochlarni qabul qildi, ularni o’limdan qutqardi. Turkistonning o’zida ham oziq-ovqat yetishmas, xo’jalik og’ir ahvolda edi. Turkiston bolsheviklari Markaz hokimiyatining madadiga tayanib o’lka aholisining ijtimoiy-davlatchilik faoliyati oldini olish, so’ndirish choralarini ko’rib bordilar. Turkiston Muxtoriyatining qurolli yo'1 bilan tor-mor etilishi, Qo’qon aholisining ommaviy qirg’in qilinishi bolsheviklarning asl maqsad-mohiyatlarini ochib tashla-di. Ularning yerli xalqlar milliy davlatchiligiga tish-tirnog’i bilan qarshi ekanligi ochiq ko’rindi. Bolshe-viklar mintaqada hukmronlikni o’rnatish, mustahkamlab borish uchun siyosatning boshqa yo’llarini ham ish-latishga kirishdilar. Bu mahalliy aholining ko’pchilik qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga yo’lat-maslik, ular o’rtasida adovatni keltirib chiqarish va shu kabilar edi.

Bolshevik siyosatdonlar yerli aholi, uning ko’zga ko’ringan namoyandalari, ayniqsa, milliy ziyolilarga xusumat bilan qaradilar. Islom dini ruhoniylariga qarshi dushmanlik siyosati yurgizildi, masjid-madrasalar, vaqflar ta'qib ostiga olindi. Ochilgan maktablar, inter-natlar moddiy ta'minlanmadi, natijada ko’plari ishini to’xtatdi. Shu sabablarga ko’ra gazeta-jurnallar tez-tez yopilib turdi.

Tub yerlik xodimlar, jumladan, yuqori lavozimlarda-gi arboblar faoliyati qattiq nazorat qilindi. Ular asossiz ravishda almashtirib turildi, ishlariga to’siqlar qo’yildi.O’lkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bol-shevik kadrlar yuborildi, 1920—1932-yillarda Turkis-tonga 1400 ta yevropalik bolshevik keldi. Bularning ko’pchiligi eng yuqori lavozimlarni egalladilar.



Xalq ommasi manfaatlari, milliy qadriyatlarni himoya qilish tadbirlari. Bolshevik rahbarlar mahalliy

sharoit hamda aholi vakillari fikr-mulohazalarini nazar-pisand qilmasdan lsh yuritdilar.

Natijada o’lkada ahvol og’irlashib bordi. Aholi, uning vakillari buning oldini olish uchun jiddiy harakat qildilar. Turkiston XKS raisi Q.Otaboyev katta yig’inda kelgindi yevropaliklar mahalliy sharoitni, yerli xalq tilini bilmay-di, shuning uchun o’lkada foydali ish qilmayapti, deb ochiq gapirdi. XRisqulov Turkiston XKS raisi qilib tayinlanayotganda yerli xalqlar qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish shartini qo’ydi.O’lkada diktaturani amalga oshirishda Turk-komissiya, uning a'zolari Peters, CSafarov va boshqalar jiddiy norozilikka sababchi bo’ldilar. Avj olib ketgan g’oyaviy-siyosiy kurashning sabablarini xolisona tahlil qilish, to’g’ri qaror va ko’rsatmalar qabul qilish o’rniga Markaz rahbarlari o’lkada amalga oshirilgan shovinistik yo’nalishni ma'qulladilar. o’lka rahbar idoralarining faoliyati yanada chalkashdi va izdan chiqdi. Iqtisodiy-xo’jalik inqiroziga siyosiy inqiroz ham qo’shildi. Bolshevik rahbar doiralar muayyan choralar ko’rishga majbur bo’ldi. Olib borilgan jiddiy kurash natijasida «siyosiy yon berishlar» deb atalgan tadbirlar amalga oshirildi: islom diniga hujum, vaqflarni yo’q qilish, masjid-madrasalar, eski maktablarning yopilishi to’xtatildi, qoziliklar tiklandi va hokazo.

Markaz Turkkomissiyadan tashqari o’lkada hukm-ronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi. Tez orada bu byuro O'rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Turkiston bolshe-viklari homiyligi va amaliy yordami bilan tuzilgan Xorazm, Buxoro Kompartiyalari o’rta Osiyo byurosi tarkibiga kiritilib, uning ko’rsatmalari bo’yicha ish olib bordilar.



Jiddiy xo’jalik taqchilligiga qaramay, bolsheviklar sinfiy tabaqalashtinsh choralarini ko’rishga kirishdilar. ljtimoiy notinchlik, an'anaviy xo’jalik munosabatlariga barham berish masalasi ilgari surildi. Mulkdorlar tabaqasini yo’q qilish aholi o’rtasida adovatni keltirib chiqardi. Yerli xalq vakillari bunday buzg’unchilikka qarshi chiqdilar. Turkiston MIK raisi etib tayinlangan A.Rahimboyev o’lkada asosiy maqsad «ochlik va mus-tamlakachilikka qarsbi kurash bo’lishi kerak, shundan keyingina o’z boylarimizga qarshi kurashmog’imiz lozim», degan fikrni ilgari surdi.

Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari.Yerli xalqlar, milliy rahbarlar Turkiston milliy davlatchiligiga erishihsh uchun jiddiy kurash olib bordilar. 1920- yilda u yana keskin tus oldi. Mustaqillik harakatining oldini olish, Turkistonni Markazga batamom qaram qi-lish maqsadida mart oyida «Turkiston avtonomiyasi to’g’risida nizom» tayyorlandi. Turkkomissiya undan kelib chiqib TSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjatlarda Turkiston tashqi aloqalar olib borish, o’z armiyasiga ega bo’lish, temir yo'1, pochta, xalq xo’jaligini mustaqil boshqarish huquqlari-dan mahrum etildi. Bular, shuningdek, soliqlar ta'sis etish, o’lka byudjetini tuzish, sud ishlari, qonunlarga o’zgarishlar kiritish, amnistiya berish RSFSR tasarrufiga o’tishi belgilandi. Yerli rahbarlar bularga Turkiston xalqlari mustaqilligining batamom yo’q qilinishi, deb qarab, qafiy qarshi chiqdilar. Turkiston Sovet Respublikasini Turkiston respublikasi deb o’zgartirish masalasini ilgari surdilar hamda Turkistonni boshqarish Nizomi, Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi loyihala-rini tayyorladilar. Milliy davlatchilik, mustaqillik g’oya-lari nufuzli yig’inlarda, shuningdek, keng jamoatchilik tomonidan qizg’in ma'qullandi. o’lka yerli xalqlari o’zini idora qilib, taraqqiyot sari borolmaydi, ularga Rossiya rahbarlik qilishi kerak, degan shovinistik g’oyalarga qarama-qarshi mintaqa xalqlarining mushtarakligi, mustaqil davlatchilik an'analari, imkoni-yatlari ta'kidlandi. 1920-yil 1-martda bo’lgan yig’inda Turkiston MIK raisi T.Risqulov yevropalik Turk-komissiya a'zolariga qarata, yerli xalq o’zini-o’zi idora qilishni istaydi, kelgindilar rahbarligini rad qiladi, deb ta'kidladi.G’oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Turkkomissiya yerli rahbarlar loyihalarini muhokama qilishga yo'l qo’ymadi. Bundan norozi bo’lib, may oyida T.Risqulov, STursunxo’jayev, N.Xo’jayevlar Markazda mintaqa xalqlari davlatchiligi, mustaqilligini asoslash, himoya qi-lishga harakat qildilar. Hay'at shu bilan birga Turk-komissiyasini tugatish, Turkfront RVS (inqilobiy harbiy kengash) huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan chiqarish yoki qurolsizlantirishiii qafiy talab qildi. Shuningdek, tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalarni RSFSR tasarrufidan Turkiston MIK tasarrufiga o’tkazish masalalari qo’yildi. Kompartiya va RSFSR rahbariyati Turkiston vakillari loyihalarini qafiy rad etdi. Milliy rahbarlar sinfiy pozi-tsiyalardan chekinishda, milliy burjuaziya manfaatlari tomonga og’machilikda ayblandi. T.Risqulov Turkiston MIK raisligidan bo’shatildi, qator boshqa rahbarlar ham ishdan chetlashtirildi. Turkistonda inqilobiy rejimni yanada kuchaytirish choralari ko’rildi.

1920-yil sentabrda qabul qilingan Turkiston respub-likasining yangi Konstitutsiyasida TSR nomi TSSR deb o’zgartildi. Milliy davlatchilik, mustaqil rivojlanishga qaratilgan Xorazm va Buxoro respublikalarining intilish-lariga ham Markaz, bolsheviklar qarshi choralarni ko’rdilar. Respublikalarni RSFSRga tobe qilishga qaratilgan bitimlar tuzildi, siyosat amalga oshirildi. Bunda ham ulug’ davlatchilik xalq ommasi va milliy rahbarlarning noroziligini keltirib chiqardi.

RSFSR rahbariyati, bolsheviklar mintaqani siyosiy-ma'muriy qaramlikda tutish bilan birga, bundagi boylik-larga egalik qilishga asosiy e'tiborni qaratdilar. o’zbe-kiston hududining xom ashyo boyliklarini talon-toroj qilishda davom etish ko’zda tutildi. Bosh mahkamalari Moskvada joylashgan paxtachilik qo’mitasi (niaB-xjioiikom), pillachilik tresti (mejiKOTpecT) va shu kabi tashkilotlar tashkil qilindi. 1923-yilda o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Cpeaa33K0C0) tuzildi, uning 1-konferensiyasi 1923-yil 5-martda o’tkazildi. Rasman uchta respublika iqtisodiyotining hamkorlik yo’lida bir-lashuvi e'lon qilindi. Amalda esa mintaqa xo’jaligi usti-dan Markaz nazorati o’rnatilishi, boyliklariga amaliy egalik qilish yo’li ochildi. Xalq ommasi davlatchiligi, mustaqilligi va asriy huquqlarining inkor qilinishi, yerli rahbarlar tashab-buskorligiga qarshi choralar, ulug’ davlatchilik, shovinis-tik boshqaruv amaliyotlari mintaqadagi iqtisodiyotga, ijtimoiy-siyosiy muhitga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bu hol yig’inlarda, matbuotda ochiq e'tirof etib borilgan.

Savol va topshiriqlar

1. O’zbekiston hududidagi xalqlarning davlatchilikka qaratil-gan harakatlari nimalarda ko’rindi?

2. Kimlar qanday qadriyatlarni himoya qilib chiqdilar?

3. 1920-yilda Turkistonda keskin siyosiy inqirozni keltirib chiqargan voqealar to'g'risida gapirib bering.

4. Mahalliy xalqlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga qarshi choralar va siyosatning sabablari hamda mohiyatini ochib bering.

9-§. ASRIY Xo’JALIK JARAYONLARINING BUZILISHI VA IQTISODIY INQIROZ

Reja:

1.O’zbekiston aholisining ijtimoiy tarkibi hamda xo’jalik faoliyati

2. Xalq xo’jaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi

OI’zbekiston hududida o’z-beklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqal-poqlar, ruslar, kelib chiqishi hindistonlik, afg’onistonlik, eronlik va boshqa mam-lakatdan bo’lgan kishilar yashar edilar. Til va madani-yatdagi ba'zi tafovutlar ularning totuv va bahamjihat yashashlariga xalal bermagan. Ular ijtimoiy-siyosiy faoliyat ko’rsatib, ro’y bergan voqealar, o’zgarishlar, jarayonlar ynalishiga o’z ta'sirini o’tkazib borganlar. O’zbekistondagi milliy g’oya sog’lom va adolatli turmush tarzi olib borish, boshqa mamlakatlar xalqlari hayoti bilan tanishish, ular bilan savdo va madaniy aloqalarni o’rnatish kabi an'analarda mujassamlashgan. Ijtimoiy jihatdan aholining ko’pchiligini dehqonlar, so’ngra hunarmandlar, savdo-tijorat ahJi, ziyolilar, yol-lanma ishchi-mardikorlar, ruhoniylar, rus posyolkalari-ning krestyanlari, aravakashlar, mahkama xodimlari tashkil qilgan. Sovet hokimiyati davrida banklar, aksio-nerlik jamiyatlari xodimlari, madrasa o’quvchilari, qis-man masjidlarning imom-xatiblari guruhlariga zarba berildi, ular yo’q bo’ldi yoki doirasi qisqarib ketdi. Amalga oshirilgan iqtisodiy o’zgarishlar jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlariga salbiy ta'sir ko’rsatganiga qaramasdan, ular 20-yillar boshiga kelganda o’z xo’jalik faoliyatlarini davom ettirishga intildilar.

O’zbek dehqonlari xo’jalik salohiyati nuqtai nazari-dan uch guruhga bo’linardi: badavlat dehqonlar, o’rta salohiyatli dehqonlar hamda kambag’allar. Sovet hokimiyati davridagi ba'zi o’zgarishlarni hisobga olma-ganda, bu holat 20-yillar oxirigacha davom etib keldi. Turkistonning uchta O’zbek viloyatlaridagi dehqon xo’jaliklarining uchdan ikki qismiga yaqini ikkinchi guruhga molik bo’lgan. Buxoro davlatining markazi va g’arbiy qismlarida hamda Xorazmning voha qismida ham manzara umuman olganda shunday edi. Iqtisodiy mustaqil xo’jaliklarning o’rta hisobda 2 desyatina sug’oriladigan yeri, ish hayvonlari va boshqa mehnat vositalari bo’lgan. Dehqonlar tomonidan ekilib, hosili yig’ib kelingan yerlar ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib kelgan.

Shaharlarda, uyezdlar, volostlar, bekliklar va tumanlar mavzelarida, ishchi posyolkalarida o’zbe-kiston hududidagi aholining beshdan bir qismi yashar edi. Bu hunarmandlar, savdogarlar, xizmatchilar, ishchilar va boshqalar edi. Materiallar va xom ashyo-ning kamayib va qimmatlashib borishi, buning ustiga sovet hokimiyatining tazyiqi hunarmandlar ahvoliga ham ta'sir qildi. Lekin hunarmandlar soni qisqarma-di, aksincha, ba'zi joylarda ko’paydi. Chunonchi, chetdan sanoat mollari kelishining kamayishi mahal-liy kosibchilar mahsulotlariga talabni oshirib yubordi.

Masalan, Farg’ona va Sirdaryo viloyatlaridagi mahal-liy to’qimachilik do’konlarini 1913-yilda 1100 kosib ishlatib turgan bo’lsa. 1920-yilda ularning soni 2280 kishiga yetdi. To’la bo’lmagan ma'lumotlarga qara-ganda, 1920-yilda Turkistonda 150 ming (1917-yilda-gi 91241 o’rniga) hunarmand bo’lib, ulardan ko’nchi-lar 8680, etik va mahsido’zlar 24030, ip yigiruvchilar 20150, to’qimachilar 62150, temirchilar 7470 kishini tashkil qilgan. Ko’plab sanoat korxonalari to’xtab qolishi oqibatida ishsizlar soni ko’paygan, ularning ham bir qismi kosibchilik bilan shug’ullangan.

Turkistonning Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona vilo-yatlarida qariyb 400 ta rus posyolkalari bo’lib, undagi aholi 100 ming kishi atrofida edi. Ularni rus krestyanlari, temir yo'l ishchilari, baliqchilar tashkil qilardi. Shu-ningdek, O’zbek shaharlarining yangi shahar qismlarida ham rus ishchilari, turli xizmatchilar yashagan. 1920-yilda Rossiyaning ko’p guberniyalarida qur-g’oqchilik bo’lishi natijasida Turkistonga 60 mingdan ko’p ochlar keldi. Mamlakatning Yevropa qismidan keluvchilar oqimi to’xtovsiz davom etdi. Turkistonda xususiy mulkchi-lik bekor qilingan joylarda vayrongarchilik kuchayib bor-di, egasiz korxonalar, yer maydonlari, bog’lar qarovsiz qoldi, ulardagi jihozlar talab ketildi. o’lkada qimmatchi-lik va inqiroz chuqurlashib bordi.

o’lkada, ayniqsa, shaharlarda g’alla, aholini non bilan ta'minlash muammosi jiddiy tus oldi. Nonni, boshqa mahsulotlarni kartochkalar bilan cheklangan miqdorda taqsimlash joriy qilindi. Bunga sinfiylik omili ham qo’shildi. Iste'molchilar soni esa pasaymadi. Buning usti-ga qizil armiya qismlari ham mahalliy zaxiralardan ta'minlanar edi.

Sanoat bilan qishloq xo’jaligi, shahar bilan qishloq o’rtasida mol almashuvining yo’qolib ketishi natijasida g’alla, oziq-ovqat mahsulotlarining dehqonlar tomo-nidan olib kelib sotilishi barham topdi. Oziq-ovqat diktaturasi qoniqarli natija bermadi.



Xalq xo’jaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi. Sovet hokimiyati to’g’ridan-to’g’ri dehqonlarni hamda o’lkadagi rus krestyanlarini talashga, zo’rlik bilan ulardagi g’alla, oziq-ovqat, yem-xashak, ot-ulov, mol-larni tortib olib ketishga kirishdi. Bunday bosqinchilik xatti-harakatlarini amalga oshirishda Turkistondagi bol-sheviklar, qizil armiya qo’mondonligi Rossiyada joriy qilingan tadbirlardan andoza olmoqchi bo’ldilar.

Turkistonda 1920-yilga kelib qator dekretlar chiqa-rilib, oziq-ovqat razvyorstkasi joriy qilindi, ya'ni oziq-ovqatga davlat monopoliyasi asosida xo’jaliklardan or-tiqcha g’alla va boshqa mahsulotlar majburan tortib oli-nadigan bo’ldi. Amalda esa soldatlar va qurollangan ishchilar (oziq-ovqat otryadlari) xo’jaliklardagi jamiki g’alla va boshqa mahsulotlarni zo’rlik bilan olib keta boshladilar, hatto urug’likka qoldirilganlari ham talab ketildi. Shahar bilan qishloq o’rtasida natural mol almashish va'da qilinganiga qaramasdan, dehqon xo’ja-liklari hech qanday sanoat mollari olmadi. «Harbiy kom-munizm» nomini olgan bu siyosat asosida shahar va tumanlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan har bir fuqaro majburiy ravishda mehnatga jalb qilindi. Hatto namoz paytida askarlar masjidlarga bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga haydab borgan. Dehqonlarni talash ularning qahr-g’azabi, norozili-gini yanada oshirdi. Razvyorstka o’lkadagi rus krestyanlariga nisbatan ham amalga oshirildi, ularning noroziliklari, qarshiliklari ba'zida jiddiy tus oldi. Shunda ular sovet hokimiyati dushmanlari, krestyanlar posyolkalari esa «quloqlar posyolkalari» deb qoralandi. 1920-yil yozida Markazda ularga qafiy choralar ko’rish belgilandi. 1921—1922-yil-larda krestyanlarning yerlari natsionalizatsiya qilindi, bu tadbir yer reformasi (islohoti) deb ataldi. Uning asosiy rayoni Yettisuv viloyati bo’ldi, Turkrespublika bo’yicha davlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26 ming desyatinasi o’troq dehqonlarga berildi.

Shu bilan birga yevropalik yer egalariga nisbatan siyosat o’zgaruvchan bo’ldi, ba'zida bog’lar, mollar, yerlar egalariga qaytarib ham berildi. Rossiyaliklarning Tur-kistonga kelishi, ularning yer bilan ta'minlanishi davom etdi.

Sovet hokimiyati dehqonlar qarshiligini sindirish maqsadida ular orasida nizo va dushmanlikni keltirib chiqarmoqchi bo’ldi. 1920-yilda bo’lib o’tgan o’lka sovetlarining IX qurultoyi qishloqda sinfiy tabaqalanish-ni ayj oldirish to’g’risida qaror qabul qildi.

Oziq-ovqat razvyorstkasi, «harbiy kommunizm» Turkistonda normal xo’jalik aloqalarini buzdi, xo’jalik faoliyatining bosh obyektiv qonuniyati bo’lgan moddiy manfaatdorlik tamoyilini yo’qqa chiqardi.

Sovet hokimiyatining iqtisodiy sohada ko’rgan choralari samarasiz bo’lib chiqdi. o’lkadagi xo’jalik hayotining inqirozi tobora halokatli tus olib bordi. Asrlar davomida tarkib topgan, dunyo mamlakatlarida mavjud bo’lgan xo’jalik shakllari va munosabatlari Turkistonda inqirozga yuz tutdi.

Turkistonda aholi barcha qat-lamlarining moddiy va ijti-moiy ahvoli keskin og’irlashib ketdi. Xo’jalikdagi vayrongarchilik, ziroatchi aholining surbetlarcha talanishi xalq ommasini zarur mahsulotlar, birinchi navbatda non bilan ta'minlash ishini butkul izdan chiqardi. Odam-larning tuz, kerosin, sovun, paxta yog’i topishlari amri mahol bo’lib qoldi. To’qimachilik matolari, oddiy kalish, gugurt va shu kabilar savdodan yo’qoldi. Natijada qishloqlarda eski mato to’qish dastgohlari ishga solinib, dag’al bo’z va qalama to’qish bilan zarur ehtiyojlarni qondirish yo’liga o’tildi.

Qahatchilik zarbalarini butun aholi seza boshladi. Ayniqsa, shaharlar va posyolkalardagi aholining moddiy ahvoli juda og’ir kechdi. Farg’ona viloyatida achinarli ahvol vujudga keldi. Ishsizlik, ochlar, gadolar, vayron bo’lgan qishloqlardan va Rossiya guberniyalaridan kel-gan juldur va boshpanasiz bolalar qayg’uli va mudhish manzarani tashkil qilardilar. Og’ir moddiy ahvol norozi-lik uyg’otib, yangi shaharlarda o’qituvchilar, tabobat



Aholi moddiy turmush darajasining yomon-lashib borishi. Xodimlari, idora xizmatchilari, shuningdek, ayrim ishchi guruhlarning ish tashlashi xavfini tug’dirdi. Turar joy yetmaganligi tufayli ishchilar yuk vagonlaridan uy-joy sifatida foydalandilar. To’rt yil davomida Farg’ona viloyati aholisining soni to’rtdan bir qismga kamaydi. Bunday kamayish oika-ning boshqa viloyatlarida ham ma'lum darajada ro’y berdi va keyingi qator yillarda davom etib bordi. 1920-yillar o’rtasiga kelib Farg’ona va Samarqand viloyatla-ridagi dehqon xo’jaliklari soni 1917-yildagi 613506 tadan 372000 taga qisqardi. Sirdaryo viloyatini ham qo’shib olganda bu uch viloyat hududida aholi soni 3 mln emas, 2 mln 76 ming kishini tashkil qildi.

Savol va topshiriqlar

1. XX asrning 10-yillari oxiri va 20-yillari boshlarida o’zbe-kiston aholisining asosiy qatlamlari va ularning ijtimoiy o’rnini ta'riflab bering.

2. Turkiston iqtisodiyotining inqirozga uchrash sabablari nimada edi?

3. o’lka iqtisodiyotidagi inqiroz va aholining moddiy turmush darajasi o’rtasidagi uzviylikni qanday tushunasiz?

4. Turkistonda xalq xo’jaligi hajmlarining pasayib borishi jad-valini tuzing.

1O-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNING , OQIBATLARI

Reja:

1.Turkistonda ocharchi-likning kuchayishi va uning oqibatlari

2.Turkistondan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy boyliklarning tashib ketilishi

Ocharchilikning kelib 1917-yil qurg’oqchilik bo’lib,' chiqish sabablari va g’alla hosili yaxshi bo’lmadi. uning boshlanishi o’sha yili Turkiston o’lkasi bo’yicha 52,5 mln pud g’alla yetishtirildi. Holbuki, o’lka aholisining faqat jon saqlashi uchun kamida 110 mln pud bug’doy kerak edi.

1917-yil qishida Turkistonda ocharchilik boshlandi. • Turkiston Muxtoriyati hukumati Kavkazdan Orenburg orqali Turkistonga g’alla keltirishga harakat qilganligi ma'lum. Biroq Toshkentda zo’ravonlik bilan hokimiyat-ni egallagan bolsheviklar hukumatining rahbarlari nafaqat siyosiy boshqaruvda, balki iqtisodiy sohada ham qo’pol xato va jinoyatlarga yo'1 qo’yishdi. Ana shunday jinoyatlardan biri 1918-yil 26-fevralda Turkiston XKS raisi F.Kolesov imzolagan paxta tolasi va xom paxtani musodara qilish to’g’risidagi dekret edi. Mazkur dekret-ga ko’ra, qisqa vaqt ichida zavodlarga topshirilgan 3,4 mln pud paxta tolasi, 6 mln pud xom paxta, 600.000 pud paxta yog’i, 4 mln pud chigit, 1,1 mln pud kunjara sovet davlati ixtiyoriga tekin o’tdi. Dehqonlar zavodga top-shirilgan paxtasi uchun ham, uyidan olib ketilgan paxta xom ashyosi uchun ham loaqal past narxda bo’lsa-da, mutlaqo pul olishmadi. Bu hol, bir tomondan, paxtakor dehqonlarni junbushga keltirsa, ikkinchi tomondan, ocharchilikni kuchaytirib yubordi. Turkistondagi ocharchilik bolshevikcha rejimning qattol siyosati natijasida 1918-yil boshlariga kelganda avj olib ketdi. Oziq-ovqat muammosi bu paytga kelib Turkiston respublikasidagi eng o’tkir muammolardan biriga aylangan edi. Bolsheviklar mahalliy aholi qo’lida-gi g’alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olish uchun qafiy choralarni belgilashdi. 1918-yil 9-mayda RSFSR da oziq-ovqat diktaturasi joriy qilindi. Bu masala Markazning o’zida ham qattiqqo’llik bilan amal-ga oshirildi. 15-iyunda Turkitsonda uch kishidan iborat o’lka oziq-ovqat direktoriyasi tashkil qilindi.

Biroq direktoriya o’z faoliyati davomida katta xato-larga yo'1 qo’ydi. Natijada ocharchilikdan qutula ol-mayotgan aholi qirila boshladi. «Ruslarning yangi sha-hari va unda kun ko’rayotgan sovet hokimiyati bilan mahalliy aholi o’rtasida o’tib bo’lmas devor paydo bo'ldi», — deb e'tirof qilishga majbur bo’lgan edi Turkbyuro raisining muovini CSafarov.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish