Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


VI bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring



Download 1,75 Mb.
bet32/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


VI bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring

1. Qayta qurish siyosatining bosqichlarint ko’rsa-ting.

A. 1985—1987-yillar (1-bosqich), 1987—1990-yillar (2-bosqich).B. 1985—1986-yillar (1-bosqich), 1987—1991-yillar(2-bosqich).C. 1985—1988-yillar (1-bosqich), 1988—1990-yillar (2-bosqich). D. 1985—1990-yillar (1-bosqich), 1990-1991-yillar (2-bosqich). E. To'g'ri javob yo’q.



2. 80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston iqti-sodiyotini tang qilgan holatlarni aniqlang.

A. 1984— 1989-yillarda Markazning yuntgan siyosati. B. Qayta qurish va uning barbod bo’lishi. C. Qatag'onlar, «paxta ishi» oqibatlari. D. Yuqorida keltirilgan barcha javoblar to'g'ri. E. Bunday holat bo’lmagan.



3. I.A.Karimov qachon O’zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi va O’zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi?

A. 1988-yil 14-noyabrda va 1989-yil 23-iyunda. B. 1989-yil 23-iyunda va 1990-yil 24-martda. C. 1989-yil 23-iyunda va 1991-yil 29-dekabrda. ,D. 1980-yil 20-iyunda va 1991-yil 31-avgustda. E. 1990-yil 20-iyunda va 1991-yil 31-avgustda.



4. «Davlat tili haqida»gj Qonun qachon qabul qilin-di?

A. 1989-yil 23-iyunda. B. 1989-yil 21-oktyabrda. C.1990-yil 24-martda. D.1990 -yil 20-iyunda.E.To'g'ri javob yo’q.



5. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qachon qabul qilindi?

A. 1989-yil 23-iyunda. B. 1990-yil 20-iyunda. C. 1991-yil 31-avgustda. D.1991-yil 1-sentabrda. E.To'g'ri javob C,.



6. O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi qachon e'lon qilindi?

A.1990-yil 20-iyunda. B.1991-yil 31-avgustda. C.1991-yil 1-sentabrda. D.To'g'ri javob faqat B. E.To'g'ri javob C.



7. O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni qaysi kun hisoblanadi?

A. 31-avgust. B. 1-sentabr.C. To'g'ri javob A, B. D. To'g'ri javob faqat A. E. To'g'ri javob faqat B.



8. Kommunistik mafkuraning nomilliyligi va xalq manfaatiga zidligi deganda siz nimani tushunasiz?

o’z fiknngizni yozma bayon qiling.



9. Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi deganda nimani tushunasiz va tasavvur qilasiz?

o’z fikringizni yozma bayon qiling.



XULOSA

1917—1991-yillarda O’zbekiston, uning xalqlari bosib o’tgan yo'1, unda yuz bergan o’zgarishlar tarixga aylanib borayotir. Bu — yaqin o’tmish tarixi. U davrda, ayniqsa, 20—30-yillarda tug’ilib hayot kechirib kelayotganlar XX asrning ikkinchi yarmida, hatto undan ancha avval bo’lib o’tgan voqealarning guvohlarigina bo’lmay, ularning bevosita ishtirokchilari hamdirlar. Ular bu davrdagi jara-yonlar, mustabidlik siyosati, mustamlakachilikning achchiq zug’umlarini boshdan kechirganlar.

Mustaqil va ozod O’zbekistonning yosh avlodi mam-lakatimizda istiqlol tantana qilguncha bosib o’tilgan yo’lni tarix darslaridan bilib oladi. Bu tarix, uning saboq-larini ilmiy asosda, haqqoniy tarzda idrok etish buguni-miz va buyuk kelajagimiz uchun g’oyat muhimdir.

Darslik materiallari qamrab olgan davrda o’zbe-kistonda vaziyat murakkab, ziddiyatli, ko’p jihatdan xalq ommasi uchun halokatli bo’lganligini ko’ramiz. Aholi, uning barcha qatlamlari va guruhlari normal xo’jalik faoliyati, ijodkorlik, hamkorlikni yo’lga qo’yish, o’zbe-kistonning iqtisodiy va ma'naviy salohiyatlarini yuk-saltirish harakatlari davomida bolshevistik diktatura, ashaddiy qizil imperiyachilikning eng manfur qarshiligi-ga uchradilar. Milliy davlatchilikni qaror toptirish sa'y-harakatlari barbod etilib, islom dini, tnilliy qadriyatlar, madaniy boyligimiz oyoqosti qilindi, millatning ardoqli vakillari qatag’on va quvg’inga uchradi.

Sovet mustabid tuzumi, undagi hukmron doiralar O’zbekistonga nisbatan yuritgan siyosatining bosh o’qi bu yerli aholini o’z milliy davlatchiligiga erishishga yo'1 qo’ymaslik, jannatmakon o’lkani xom ashyo manbaiga aylantirish, millatning ma'naviy kamolotiga yo'l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. O’zbekistonning boy tabiiy boyliklari ishlanmagan shaklda yoki tayyor mahsulot

holida respublikadan olib chiqib ketildi. Shu bilan birga, yerli aholining moddiy manfaatlan, yoshlarning ish bilan ta'minlanishi masalalan nazarga olinmadi.

Rasmiy targ’ibotda O’zbekiston rivojlangan agrarin-dustrial respublika deb e'lon qilindi. Ammo unda to’plangan halokatli muammolar xaspo’shlab, yashirib kelindi.

O’zbekistonning ko’pchilik aholisi qishloqlarda yashab kelgan. Mirishkor dehqonlar turli mahsulotlar yetishtirishning haqiqiy ustalari bo’lib, og’ir sharoitlarda ham yerga mehr qo’yib mehnat qildilar. Ammo paxta yakkahokimligining singdirilishi, haddan tashqari zahar-li kimyoviy moddalarning sepihshi ekin maydonlari biologik strukturasini buzibgina qolmay, aholi sog’lig’i, chorva mollariga ham halokatli ta'sir ko’rsatdi. Ko’plab keltirilgan va respublikada ishlab chiqarilgan traktorlar, yuk mashinalari, tez sur'atlarda qurilgan kimyo korxo-nalari va ularning mahsuloti faqat paxta yetishtirishni ko’paytirishga qaratilgan edi.

Shuningdek, respublikada bir qator sanoat korxo-nalari qurildi, bundagi yer osti boyliklari bazasida yirik obyektlar ishga tushirildi. Bu ishlar Markaz nazorati ostida, ko’chirib keltirilgan ishchi kuchlari vositasida olib borildi. Tabiiy gaz quvurlar orqali Rossiya markazi-ga haydaldi, lekin aholining katta qismi gazdan foy-dalanish, toza ichimlik suvini iste'mol qilishdan mahrum edi. Ishlab chiqarilgan oltin, boshqa qimmatbaho metal-lar to’g’ri Markazga olib ketilgan. Faqat mustaqillik sharofati bilan bu muammolar jadal yechilmoqda.

Sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining atigi 8%i shu yerda tayyor mahsulotga aylantirilib, qolgani respublikadan olib ketilar edi.

O’zbekistonda sanoat qurilishi sohasida o’tkazilgan siyosatning mustamlakachilik mohiyati shundan iborat bo’ldiki:

a) bunda qurilgan korxonalar mahsulot ishlab chiqa-rishni mustaqil olib borolmagan, ko’p jihatdan Rossiya sanoatiga bog’liq bo’lgan;

b) respublikadagi korxonalarning aksariyati Markaz tasarrufida bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib ketilgan;

d) bir qator kimyo zavodlari aholi yashaydigan ra-yonlarda qurilib, atrof-muhitni zaharlagan (mustaqillik yillarida ba'zilari yopildi, qolganlarining faoliyati xavf-sizlantirildi);

e) mahalliy aholi zich yashagan, bo’sh ishchi kuchi yetarli bo’lgan shaharlar va tumanlarda o’nlab yirik zamonaviy yengil sanoat korxonalari, mashina-sozlik zavodlari qurish uchun barcha sharoitlar mavjudligiga qaramay, bunday tadbirlar amalga oshi-rilmagan. Tabiatdan jinoyatkorona foydalanish oqi-batida ekologiya buzildi, Orol fojiasi umumbashariy muammoga aylandi.

Maorif-madaniyat dargohlari, o’quv yurtlari, ijodiy uyushmalar, teatr, kino, radio, televideniye, nashriyot-lar, ijtimoiy sohalar, ilmiy-tadqiqot institutlari — barchasining faoliyati birinchi navbatda sotsializm va kommunizm to’g’risidagi xayoliy, real voqelikdan yiroq, jamiyat uchun zararli ta'limot va g’oyalarni tarannum etish, odamlar ongiga singdirishga xizmat qilgan. O’zbekiston ilg’or davlatlardan kelgan texnologiyalar, rivojlanishning mukammal g’oyalaridan voqif bo’lish imkoniyatlaridan mahrum bo’lib keldi. Kadrlar tayyor-lashning istiqbolli milliy dasturini qabul qilish va uni amalga oshirishga kirishish, chet ellarga yoshlarni o’qishga yuborish, olimlarimizning xalqaro aloqalar maydoniga chiqib, muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatish-lari — bunday shukuhli lahzalar haqida sovet istibdodi sharoitida faqat orzu qilish mumkin edi. Shunga qara-masdan bu qiyin davrda xalqimiz mardonavor mehnat qildi. Sanoat va qishloq xo’jaligida ma'lum yutuqlarga erishildi. O’zbek milliy ziyolilari fidoyiligi tufayli fan, madaniyat, ta'lim rivojlandi. O’zbek xalqining shijoatli mehnati tufayli, qiyinchilik va to’siqlarga qaramay, respublika taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yuz minglab O’zbek o’g’lonlari jang maydonlarida qur-bon bo’ldilar. O’zbek xalqi minglab oilalarni bag’riga olib, non-tuz ulashdi.


O’zbekiston tarixining eng asosiy sanalari (1917-1991-yy.)

1917-yil 28-fevral (13-mart) Rossiyada fevral inqilobi g’alaba qozondi.

1917-yil 14-mart- Toshkentda «Sho'roi Islomiya» tashkiloti tuzildi.

1917-yil 16-23-aprel- Butunturkiston musulmonla-rining I qurultoyi bo’lib, unda Turkiston o’lka musulmonlari kengashi (KpayMyccoBeT) tashkil qilindi.

1917-yil 26-aprel-noyabr oxiri Xiva xonligida Majlis (Mahka-mai adliya) va hukumat faoliyat ko’rsatdi.

1917-yil iyun- «Sho'roi Ulamo»tashkiloti tuzildi.

1917-yil 10—11-sentabr- Butunturkiston musulmonla-rining II qurultoyi bo’ldi.

1917-yil 17—20-sentabr- Toshkentda Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyi bo’lib, unda Turkiston mintaqasi uchun umumiy «Ittifoqi muslimin* siyosiy par-tiyasi tuzildi.

1917-yil 1-noyabr- Toshkentda bolsheviklar zo’ra-vonlik bilan hokimiyatni egal-lashdi.

1917-yil 26—28-noyabr (9-11-dekabr)- Qo’qon Butunturkiston musul-monlarining favqulodda IV quraltoyi bo'lib, unda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.

1918-yil 22-fevval- Tirkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlar tomonidan tor-mor qilindi.

1918-yil fevralning oxiri- Turkiston mintaqasida bosqinchi qizil armiya va sovet rejimiga qarshi qurolli harakat bosblandi.

1918-yil mart- Turkiston XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro amirligiga hujum qildi. Kolesov mag’lubiyatga uchra-gach, Qiziltepa bitimi tuzildi.

1918-yil 20-aprel— 1-may- Turkiston Sovetlarining V qurul-toyi bo’lib, unda RSFSR tarkibi-da Turkiston avtonom sovet respublikasi (TASR) tuzildi.

1919-yil matr- Turor Risqulov raisligida Turkiston o’lkasi musulmonlar byurosi tuzildi.

1919-yil 9-aprel- Taxtada Junaidxon bilan sovet Rossiyasi o’rtasida bitim im-zolanib, Xiva xonligining mus-taqilligi tan olindi.

1919-yil 22-oktabr- Madaminbek boshchiligida Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.

1919-yil 4-noyabr Turkkomissiya tashkil qilindi.

1920-yil 2-fevral- Qizil armiya qo’shinlari Xiva shahrini ishg’ol qildi va Xiva xoni Said Abdulla taxtdan voz kechdi.

1920-yil 26-aprel- Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi.

1920-yil 2-sentabr- Turkfront qo’mondoni M.Frunzening bosqinchi armiyasi Buxoro shahrini bosib oldi, amir Said Olimxon hokimiyati ag’darildi.
1920 -yil 6—8-oktabr- Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyi bo’lib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi (hukumat raisi Fayzulla Xo’jayev) qonuniy tasdiqlandi

1921-yil 6-mart- Xorazmdagi Polvonniyoz Yusu-pov hukumatini qizil askarlar ag’darib tashladi.

1921-yil avgust-. Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzildi.

1923-yil mart- o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (CpeдaзЭКОСО) tuzildi.

1925-yil 13-fevral- Buxoroda bo’lgan UmumO’zbek sovetlarining I qurultoyida o’z-bekiston SSR tuzilgardigi e'lon qilindi (1929-yilgacha uning tarkibida Tojikiston ASSR bo'1-gan).

1925-yil fevral- Qoraqalpog’iston muxtor vi-loyati (Qozog'iston ASSR tar-kibida) tuzildi.

1925-yil 13-may- O’zbekiston SSSR tarkibiga kir-di.

1925-1929-yillar- O’zbekistonda yer-suv islohoti o’tkazildi.

1927-yil mart- O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1927-yil- O’zbek ayollarini ozodlikka chi-qarish uchun «Hujum» kam-paniyasi boshlandi.

1929-yil oxiri- Munavvar Qori boshchiligidagi O’zbek ziyolilari qamoqqa olindi va qatag’on qilindi.

1930-yil- O’zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirildi.

1930-1932-yillar- O’zbekistonda o’ziga to’q deh-qon xo’jaliklari «quloq» sifatida tugatilib, qishloq xo’jaligini kol-lektivlashtirish amalga oshirildi.

1931-yil- Toshkent qishloq xo’jalik mashi-nasozlik zavodi ishga tushdi.

1932-yil mart-. Qoraqalpog’iston muxtor vi-loyati RSFSRga kiradigan Qora-qalpog’iston ASSRga aylanti-rildi.

1932-yil- O’zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar Komiteti tashkil qilindi.

1934-yil mart- O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

1937-yil 23-mart1- Qoraqalpog’iston ASSR Kons-titutsiyasi qabul qilindi.

937-1938-yillar- Mustabid sovet rejimi o’zbe-kistonda ommaviy ravishda qatag’onlar o’tkazdi.

1939-yil 1-avgust— 15-sentabr-

1941-yil iyun— Katta Farg’ona kanali qazildi.

1945-yil may- O’zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urashda ishtirok qildilar.

1943-yil 4-noyabr- O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilindi.

1943-1944-yillar- O’zbekistonga qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, bolqarlar, pontiya greklari va mesxeti turk-lari ko’chirildi.

1947-yil -Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qurildi

1955-yil-. Samarqand superfosfat zavodi ishga tushirildi.

1958-yil 3-sentabr- Navoiy shahri tashkil etildi.

1958-yil- Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent kon-ferensiyasi bo’ldi.

1961-yil- Taxiatosh GRESning 1-navbati ishga tushirildi.

1961-1965-yillar- Ural gaz quvuri (uzunligi 6100 km) ishga tushi-rildi

1965-yil- Buxoro —. Toshkent shahrida kuchli zilzila bo’ldi.

1966-yil 26-aprel- Dunyoda eng uzun o’rta Osiyo—Markaz gaz quvuri (uzunligi 13750 km) qurildi.

1967-yil- 1966-yil- «Tashavtomash» zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.

1972-yil- Zarafshon shahriga asos solindi.

1977-yil 6-noyabr- Toshkent metropolitenining 1-navbati ishga tushirildi.

1978-yil - Uchquduq shahri tashkil topdi.

1984—1989-yillar- «Paxta ishi» natijasida o’z-bekistonda o'n minglab kishilar qatag’on qilindi.
1985-1987-yillar- Qayta qurishning birinchi bosqichi bo’ldi.

1987-1990-yillar Qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’ldi

1988-yil 11-noyabr-.-«Birlik» xalq harakati tashkil topdi.

1989-yil 21-oktabr- O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan «O’zbekiston SSR-ning davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi.

1990-yil 24-mart- O’zbekiston Kompartiyasi MIK birinchi kotibi I.A.Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi.

1990-yil 30-aprel -«Erk» demokratik partiyasi tuzil-di.

1990-yil 20-iyun- O’zbekiston SSR Oliy Soveti «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.

1991-yil 31-avgust - O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qi-lish to'g’risida» Qonun qabul qildi.

1991-yil 1-sentabr- Bu kun — O’zbekiston Respub-likasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi.

MUNDARIJA

Kirish.................................. 3

I b o b. O’zbekiston xalqining 1917— 1924-yillarda mus-taqillik uchun kurashi. Respublikaning tuzilishi

l-§. Turkistonda istiqlol uchun kurashning g’oyaviy asoslari.................................... 6

2-§. 1917-yilda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Rossiyada 1917-yil voqealari va uning Turkistonga ta'siri..................................... 11

3-§. Turkiston Muxtoriyati — tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich................. 18

4-§. Turkistonda o’rnatilgan sovet rejimi va bolshevistik diktaturaning mohiyati.......................... 30

5-§. Turkistonda boshqaruv tizimining tuzilishi va iqti-sodiyot sohalaridagi o’zgarishlar................... 36

6-§. Xorazmda milliy-demokratik harakat. Xon hokimi-yatining ag’darilishi............................ 42

7-§. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash. Ajnabiy tajovuzkorlik. Amir hokimiyatining ag’darilishi......... 48

8-§. Turkiston xalqlarining milliy-davlatchilik yo’lidagi harakatlari va muqobil jarayonlar.................. 57

9-§. Asriy xo’jalik jarayonlarining buzilishi va iqtisodiy inqiroz..................................... 62

10-§. Turkistonda ocharchilik va uning oqibatlari..... 67

ll-§. Turkistonda sovet mustabid tuzumiga qarshi qurol-li harakat.................................. 73

12-§. Iqtisodiy inqirozdan chiqish tadbirlari. Yangi iqti-sodiy siyosat va uning natijalari.................... 80

13-§. Xorazm respublikasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (1920—1924-yillar)............................ 86

14-§. Buxoro respublikasida hokimiyat tizimi. G’oyaviy-siyosiy vaziyat va xalq xo’jaligi (1920—1924-yillar)....... 95

15-§. Buxoro va Xorazm respublikalaridagi qurolli kurashlar...................................105

16-§. O’zbekistonda madaniyat, ma'naviyat va milliylik uchun kurash...............................114

17-§. o’quv yurtlari, matbuot, ma'rifat, mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi ziddiyatli muammolar..........120

18-§. Milliy-hududiy chegaralash va O’zbekiston SSRning tuzilishi.............................129

19-§. Qoraqalpog’iston 1917—1924-yillarda.........137

I bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring..................................141

II b o b. O’zbekiston mustabid tuzum iskanjasida (20-yillarning ikkinchi yarmi — 30-yillar)

20-§. O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot. Mustabid hokimiyat tizimining mustahkamJanishi.............145

21-§. O’zbekiston qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayon-lari.......................................150

22-§. Sanoat qurilishi va xalq hunarmandchiligi muam-molari....................................157

23-§. Yangi iqtisodiy siyosatning tugatilishi. Mustabid tizimning kuchayishi.........................162

24-§. O’zbekistonda sanoatlashtirish sur'atlarini jadal-lashtirish va uning asoratlari......................168

25-§. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati. Uni amalga oshirish usullari va fojiali oqibatlari............173

26-§. Madaniy qurilish: maorif va fan rivojining asosiy yo’nalishlari va muammolari......................180

27-§. Milliy san'at va adabiyotning rivojlanishidagi yutuq va ziddiyatlar................................186

28-§. O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari..............................195

29-§. Mustabid sovet rejimining O’zbekistondagi ommaviy qatag’on va terror siyosati.................203

30-§. O’zbekistonning 20—30-yillardagi xalqaro aloqala-rining cheklanishi.............................213

31-§. Qoraqalpog’iston 20-yillarning 2-yarmi — 30-yil-larda.....................................218

II bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring...........................229



III b o b. O’zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida (1941-1945-yillar)

32-§. Urushning boshlanishi. O’zbek xalqining fashizmga qarshi kurashga qo’shgan hissasi...................233

33-§. O’zbekiston iqtisodiyotining g’alaba uchun safar-barligi.....................................237

34-§. Qishloq xo’jalik ahlining mehnat jasoratlari.....244

35-§. O’zbekiston fani va madaniyati — g’alaba uchun . 249

36-§. O’zbekiston aholisining moddiy turmushi. Front bilan aloqaning mustahkamlanishi. Qoraqalpog’iston urush davrida....................................258

37-§. O’zbekiston jangchilarining jasorati va qahramon-liklari.....................................264

III bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring..................................271

461

IV b o b. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish muammolari (1946— 1970-yillar)

38-§. O’zbekiston xalq xo’jaligining urushdan keyingi ahvoli.....................................274

39-§. Aholining milliy tarkibi va sovet hukumatining respublikada amalga oshirgan milliy siyosati...........279

40-§. Ziyolilarning qatag’on qilinishi. Shaxsga sig’inishning fosh etilishi..............................284

41-§. O’zbekiston sanoatining bir tomonlama rivojlanishi 290

42-§. O’zbekistonda hunartnandchilikning ahvoli.....297

43-§. Paxta yakkahokimligining kengayishi va uning salbiy oqibatlari................................302

44-§. Qishloq xo’jaligining ahvoli................309

45-§. Aholi turmush darajasidagi o’zgarish va muammolar.......................................314

46-§. Ma'naviy madaniyatning rivojlanishidagi ziddiyatlar.......................................320

47-§. Fan va oliy ta'lim: siljishlar va qiyinchiliklar .... 327

48-§. O’zbekistonning xalqaro aloqalarda qatnashuvi . . . 333

IV bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring................................339

V b o b. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi (1971—1985-yillar)

49-§. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Sovetlarning partiya organlariga qaramligi.................. 341

50-§. Aholining o’sishi va milliy tarkibidagi o’zgarishlar . 345

51-§. Sanoat sohasidagi ziddiyatlar............... 348

52-§. Qishloq xo’jaligidagi noxush holatlar.......... 354

'J' 53-§. Yangi yerlarni o’zlashtirish va paxta ekiladigan maydonlarni kengaytirish........................ 359

54-§. Aholini ish bilan ta'minlash va milliy ishchi kadrlar tayyorlash muammolari....................... 363

55-§. Ekologik vaziyatning og’irlashishi. Orol fojiasi . . . 369

56-§. Mehnatkashlarning turmush darajasi. Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish........................... 375

57-§. Ma'naviy-madaniy hayot................. 380

58-§. Fan. Mutaxassis kadrlar yetishtirish.......... 388

59-§. Qoraqalpog’iston ASSR 1946-1990-yillarda .... 392

V bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring....................... 397



VI b o b. O’zbekistonda sovet mustabid tuzumining inqirozga yuz tutishi va mustaqillik uchun harakatlar

(1985-1991-yillar)

60-§. Kommunistik mafkuraning nomilliyligi va xalq manfaatiga zidligi.............................399

61-§. «Qayta qurish» siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz ….. 412

62-§. Xalq milliy ongining o’sishi. Demokratiya va ijti-moiy faollik.................................420

63-§. Iqtisodiyotda turg’unlik jarayonlarining chuqur-lashuvi....................................427

64-§. O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi dastlabki qadamlar. Prezidentlik boshqaravining joriy etilishi......434

65-§. Mustaqillikka harakat davrida madaniy hayot va ma'naviyat.................................442

VI bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring.............................448



Xulosa..................................450

0'zbekiston tarixining eng asosiy sanalari (1917-1991-yy.) . 454








Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish