Saylovlar o’tkazish tar tibidagi o’zgarishlar.O’zbekiston hali sobiq Ittifoq tarkibida turgan davrdayoq saylov o’tkazish tartibini takomillashtirishga kirishdi. 1987-yilda mahalliy sovetlarga saylovda har bir viloyatning bittadan tumanida eksperi-ment sifatida saylov o’tkazildi. Qo’llangan yangiliklar bu saylovlarning ko’p mandatli okruglar bo’yicha o’tkazil-ganligi, deputatlar bilan birga ularning o’rinbosarlarini saylash belgilangani va nomzodlar soni saylanadigan deputatlar sonidan ko’p bo’lganida edi. Bu muqobillik asosida o’tkazilgan birinchi saylov bo’ldi.
1989-yil 20-oktabrda O’zbekiston SSR xalq deputatlari saylovi haqida va O’zbekiston SSR xalq deputatlari mahalliy sovetlari deputatlari saylovi haqida qonunlar qabul qilindi. 1990-yil 18-fevralda o’tkazilgan saylovlar keng demokratik asosda o’tdi. Xususan, viloyat sovetlari-ga saylovda 138 okrugda, shahar sovetlariga saylovda 268 okrugda birinchi bosqichda hech kim yetarli ovoz to’playolmay, ikki haftalik muddatda takror ovoz berish o’tkazilgani saylovlar ma'lum ma'noda tanlash asosida o’tganini ko’rsatdi.
Aytish lozimki, xalq saylovlarning ahamiyatini hali yaxshi tushunib yetmagan edi. Masalan, 1990-yil fevral-aprel oylarida O’zbekiston Oliy Sovetiga o’tkazilgan saylovlarda 500 okrugdan 174 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatilmadi, nomzodlarning hammasi ham o’z platformalarini tushuntirib berish imkoniyatiga ega bo’lmadilar. Kommunistlarning ta'siri esa kuchli edi. Deputatlarning deyarli 95 foizini ular tashkil etardilar.
Hali SSSR mustabid tuzumi parchalanmasdan oldin O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish uchun harakatning boshlanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, shaxsan Islom Karimovning tashabbusi bilan demokratiyani qaror toptirish uchun O’zbekistonda yangi Konstitutsiyani qabul qilish maqsadida boshlangan harakatni shu ma'noda tushunish mumkin.
1990-yilning iyunida bo’lib o’tgan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasi respublika Prezidenti I. Karimov rais-ligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzdi. Islom Karimov Konstitutsiyani tayyorlash jara-yonida milliy O’zbek davlatchiligi asoslari, O’zbek xalqi-ning ruhiyati, qadimiy qonunchilik tajribasini har tomonlama chuqur o’rganishni alohida uqtirdi.
Qayta qurish millatlararo
Qayta qurish va millat lararo munosabatlarning keskinlashuvi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi.Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning miUatlararo munosabatlarga ta'sir etmasligi mumkin emas edi.
Ma'lumki, O’zbeklar azaldan mehmondo’st, ko’ngli ocbiq, qo’ni-qo’shnilarini hurmat qiluvchi xalq. Lekin O’zbekistonda sovetlar mafkurasi tomonidan olib boril-gan g’ayrimilliy siyosat o’zining juda ashaddiyligi bilan ajralib turardi. Xususan, xalq xo’jaligini boshqarishdagi qattiq markazlashuv, milliy o’zlikni anglashning mil-latchilik bilan tenglashtirilishi, milliy til, tarix, urf-odat-larga yetarli e'tibor berilmasligi, ijtimoiy-siyosiy, mada-niy-iqtisodiy, baynalmilal va milliy manfaatlarning inkor etilishi 80-yillar o’rtalarida avjga chiqdi. Shu asnoda 80-yillardagi «etnik omil» respublikalar-ning Markazdan qochish siyosatiga, so’ngra esa SSSR-ning parchalanib ketishiga olib keldi. Shunday sharoitda
Markaz murakkab «etnik vaziyat»dan soxta baynalmilal-lik shiorlari ostida qutulishga harakat qildi.
1989-yil iyun va oktabr oylarida Farg’ona, Toshkent va o’sh viloyatlarida bo’lgan voqealar, ayniqsa katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Ularning ro’y berishiga O’zbek xalqining hech qanday aloqasi yo’q edi. Aslida o’zbe-kistondagi mtilatlararo nizolar Markaz uchun, uning yanada qattiqroq siyosat olib borisbi, o’zlarining jinoyat-lashgan, millatchilikka asoslangan siyosatini yashirishi uchun zarur bo’ldi.
80-yillarning oxirlariga kelib O’zbekistonda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilib, ularning 71,4 foizi-ni O’zbeklar tashkil etardi. Biroq 8,2 foizni tashkil qilgan ruslar til, madaniy, ijtimoiy-siyosiy masalalarda o’z-beklarga qaraganda ko’proq imkoniyat va imtiyozlarga ega edilar. Tabiiyki, bunday holatlar 80-yillarning o’rta-laridan milliy resgublikalardagi millatlararo munosabat-larning keskinlashuviga, mahalliy millat aholisida norozilikning kuchayishiga, milliy o’zlikni anglash jara-yonining oshishiga, pirovard natijada SSSRning parcha-lanishiga olib keldi.
«Birlik» harakati va «Erk» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy cheklan-ganligi va xatolari.
80-yillarning ikkinchi yarmi-da O’zbekiston ijtimoiy-siyo-siy hayotida jiddiy o’zgarish-lar, ayniqsa, jamoat tashkilot-larining faollashuvi, siyosiy madaniyatining keskin ko’tarilishi yuz berdi. Jumladan, 1988-yilning 11-noyabrida «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po’latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Shuningdek, xuddi shu paytda O’zbekiston erkin yoshlar uyushmasi tuzildi. Ular 90-yillarning boshlarida respub-lika ijtimoiy-siyosiy hayotida malum rol o’ynadi.
Biroq «Birlik» harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo’lganligi sababli ham ko’plab xato va kamchiliklarga yo'l qo’ydi. Harakat ko’p hollarda, jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lsa-da, siyosiy partiyaga xos faoliyat olib bordi.
«Birlik» harakatining eng asosiy xatolaridan biri — bu ularning xalqimiz tub manfaatlarini anglamasliklari
bo’ldi. Harakat faollari ko’proq miting, namoyishlar o’tkazish, mahalliy rahbarlarga tazyiq qilish, qanday qilib bo’lmasin hukumat va uning mahalliy organlari faoliyatidan xato va kamchiliklar topish, turg’unlik davrida nochor holga tushib qolgan kishilarning ehtiroslarini avj oldirish orqali faoliyat ko’rsatdilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o’z ildiziga ega bo’la olmadi.
Shu bilan birga, «Birlik» harakati faollarining bir guruhi (Muhammad Solih boshchiligida) siyosiy partiya tuzish uchun harakat boshladilar. 1990-yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyida uning dastur va nizomi qabul qilindi. «Erk» partiyasining yangi jamiyat qurish yoki bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish jarayonidagi aniq bir konsepsiyasi yoki dasturi yo’q edi. Uning ko’p hujjatlarida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish to’g’risida gap ketsa-da, aslida uni qurish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, uning huquqiy poydevorini shakllantirish to’g’risida o’ylanmasdi.
«Erk»chilar juda tezlikda biron-bir jamiyatga o’tishga intilar edilar-u, lekin uning qanday bo’lishi to’g’risida aniq tasavvurga ega emasdilar. Partiya rahbarlari yangi bir jamiyatga o’tish uchun ulkan islohotlarni amalga oshirish ehtiyojini, fuqarolar ongi, tafakkuri va ruhiyati-da o’zgarishlar, yangicha qarashlar bo’lishi uchun o’tish davri lozimligini, bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun tadrijiy yo'1 bilan islohotlar o’tkazish zaruratini anglamagan edilar.
Bulardan tashqari ushbu harakat va siyosiy partiyalar rahbarlari asosan hissiyotga berildilar. Yuksak siyosiy bilim, siyosiy madaniyatning yo’qligi, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot to’g’risidagi bilimlarning sayozligi tufayli bun-day harakat yetarli obro'-e'tiborga ega bo’lmadi.
Natijada ham «Birlik» harakatining, ham «Erk» par-tiyasining faoliyati aholining bir qismida norozilik uyg’otdi, jamiyatdagi fuqarolar totuvligi va hamjihatligi-ga putur yetkazdi. Shuning uchun ham Ko’ppartiyaviylik tizimi va uning mohiyati, SSSR Konstitutsiyasi 6-mod-dasining bekor qilinishi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-avgustdagi farmonida siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar va birlashmalar faoliyatini tartibga solish belgilab berildi. Shu bilan birga, bunday harakat, partiya, birlashmalarni adliya organlari tomonidan ro’yxatga olish qoidalari bel-gilandi.
Umuman, 80-yillarning ikkinchi yarmi O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanish davri bo’ldi. Mav-jud partiyalar, harakatlar faoliyatidagi cheklanganlik, siyosiy ekstremizm, tajribaning yetishmasligi holatlariga qaramasdan O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot bu davrda ancha boyidi.
Ko’ppartiyaviylikka o’tish KPSSning uzoq yillar davom etgan yakkahokimligiga chek qo’ya boshladi. O’zbekiston fiiqarolari ham SSSR Konstitutsiyasining KPSSning jamiyatdagi rahbarlik roli to’g’risidagi 6-mod-dasini bekor qilish aksiyasida faol ishtirok etdilar. 1990-yil mart oyidagi SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari III qurultoyi ushbu moddani bekor qildi. Natijada kompartiyaning uzoq yillar davom etgan gege-monlik roliga barham berildi. Bularning barchasi O’zbekistonda xalq milliy ongi, siyosiy madaniyatining oshganidan dalolat berardi.Shunday qilib, 1985—1991-yillar O’zbek xalqining ruhiy holatida jiddiy siljishlar, miliy ong, demokratiya va ijtimoiy-siyosiy faollik ko’tarilgan, ko’ppartiyaviylik ti-zimi shakllanishi davri bo’lib tarixga kirdi.
Savol va topshiriqlar
1. Milliy o’zlikni anglash jarayonining mazmuni nimada edi?
2. Milliy-tarixiy merosni o’rganishga bo’lgan qiziqishning ijti-moiy ehtiyojga aylanishi deganda nimani tushunasiz?
3. Qayta qurishning O’zbek xalqi hayotidagi «roli» to'g'risida yozma ma'lumot tayyorlang.
4. Qayta qurish davrida millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi sabablari nimalarda edi?
5. «Birlik» harakati, «Erk» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy cheklanganligi sabablari nimada edi?
6. Ko’ppartiyaviylik va uning mohiyati nimada?
63-§. IQTISODIYOTDA TURG’UNLIK JARAYONLARINING CHUQURLASHUVi
Qayta qurish davrida O’zbekistondagi iqtisodiy holat va cheklangan islo hotlar mohiyati O’zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati - sovetlar hukmronligi davrida bevosita va mantiqiy davomini o’zida ifodaladi. Qayta qurish sovet jamiyatining uzoq yillar mobaynida to’planib qolgan iqtisodiy muammolarini hal etishni ko’zda tutgan edi. Biroq u iqtisodiyotdagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, turg’unlik holati nihoyatda keskin-lashgan vaziyatda davom etdi.
80-yillarning o’rtalariga kelib jamiyat iqtisodiy ha-yotida sustlashtirish mexanizmi to’la shakllanib bo’ldi. Uning mohiyati mavjud ijtimoiy-siyosiy holatda mam-lakat iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtirish orqali kam xarajatlar bilan qisqa muddatda iqtisodiyotni ko’ta-rishdan iborat edi. Ayni paytda asosiy mablag’ni texnik qayta qurish, harakatdagi korxonalarni modernlashtirish, yangi qurilayotgan obyektlar uchun mablag’ hajmini qisqartirish ko’zda tutildi.
Iqtisodiyotda qayta qurish 80-yillarning ikkinchi yarmidagi eng asosiy vazifa sanalardi. Biroq mamlakat xo’jalik tizimida turg’unlik, og’ir moliyaviy ahvol mavjud vaziyatni zudlik bilan barqarorlashtirishni talab qildi. Shu maqsadda ayrim tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1985-yil aprelidan so’ng ko’p o’tmay markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish, moliyaviy mexanizmning o’zgargan sharoitda moslashgan siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qayta qurishning dastlabki davrida bunday siyosat yurgizishdan ko’zlangan asosiy maqsad uzoq yillar hukmronlik qilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etib, xo’jalik sohasida demokratik tartiblarni joriy qilish, deb aytilgan bo’lsa-da, ammo aslida buni bajarish imkoni bo’lmadi. Ayniqsa, qayta qurishning boshlanishida agropromlarning tashkil etilishi ijobiy natijaga olib kelmadi. Agropromlar qishloq xo’jaligida va unga bog’liq sanoat ishlab chiqarishida ma'muriy-buyruqbozlikni yanada avj oldirdi. Natijada qishloq xo’jaligiga rahbar-likning bir usuli sifat jihatidan o’zgarishsiz qolgan ikkinchi usul bilan almashdi, xolos.
Shu bilan Markaz asosiy e'tiborni xalqning shijoati, «mafkuraviy sofligi»ga qaratdi. To’g’ri, 80-yillar o’rtala-rida xalq orasida jiddiy qo’zg’alish, ruhiy-siyosiy ko’ta-rilish sodir bo’ldi. Biroq kuchli moliyaviy asosga, ilmiy asoslangan konsepsiyaga muhtojlik oqibatida xalq qayta qurishdan beza boshladi. Bularning barchasi keyinchalik uning salbiy oqibatlarini namoyon qildi.
Ittifoqdosh respublikalar orasida iqtisodiy sohada O’zbekistonning o’rni va roli nihoyatda katta va salmoq-li ekani e'tiborga olinadigan bo’lsa, haqiqatdan ham unda juda ko’p imkoniyatlar boy berilganini ko’rish mumkin. Jumladan, ittifoqdosh respublikalar orasida o’zining ulkan moddiy-iqtisodiy imkoniyatlari, tabiiy boyliklari, intellektual kuchlari, mehnatsevar xalqi bilan ajralib turuvchi O’zbekiston uchun ma'muriy-buyruq-bozlik yillari, xususan, turg’unlik davri juda katta yo’qotishlar davri bo’ldi.
1971—1985-yillarda xalq xo’jaligi reja topshiriqlarini muntazam bajarmasligi, mahalliy daromadning yillar davomida o’sish o’rniga to’xtovsiz pasayib borgani, oziq-ovqat dasturining bajarilmasligi, xalq iste'moli mahsulot-larining yetishmasligi, xalqning turmush darajasi pasayib borgani, ijtimoiy sohada juda katta uzilishlar va taqchil-liklar bo’lib kelgani — bularning barchasi ko’p darajada O’zbekistonning xo’jalik hayotini izdan chiqarishga, ijti-moiy-siyosiy tizimining beqarorlashuviga olib kelgani hech kimga sir emas.
Ittifoq mehnat taqsimoti va unda O’zbekiston-ning tutgan o’rni.O’zbekiston iqtisodiyotida turg’unlik holati yuzaga ke-lishining asosiy sabablaridan biri Ittifoq mehnat taqsimoti-da respublika o’rni va hissasi uzoq yillar davomida Markaz zo’ravonligi bilan belgilanib kelinganidir. Chunonchi, SSSRda yetishtiriladigan paxtaning 65%i,pillaning 60%dan ortig’i, kanopning 80—90% i, qazib olinadigan oltin, simob, volfram va boshqa nodir metal-larning salmoqli miqdori O’zbekistonda ishlab chiqarilar edi.
Biroq 80-yillarning o’rtalariga kelib O’zbekistondagi real vaziyat salbiy tomonga jiddiy o’zgarib bordi. o’zbe-kiston aholisini tabiiy gaz bilan ta'minlash miqyosi 20% ga yaqinni tashkil etdi, xolos. Yetishtiriladigan pax-taning atigi 10%igina O’zbekistonda qayta ishlanar, qol-gan qismi esa Ittifoqning sanoat markazlariga jo’natilardi.
Natijada O’zbekistonda iqtisodiy ahvol og’irlasha boshladi, moddiy tanglik yuzaga keldi, xo’jalik yuritish tizimi haddan tashqari siyosiylashdi, ma'muriyatchilik usullari takomillashdi. Bularning barchasi, tabiiyki, og’ir iqtisodiy vaziyatni yuzaga keltirdi. Agar 1981—1985-yil-larda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo’lsa, 1986— 1990-yillarda bu ko’rsatkich 2,2%ni tashkil etdi. 1986-1990-yillarda O’zbekistonda po’lat quyish darajasi jiddiy kamaydi, shu davr mobaynida paxta terish mashinalari ishlab chiqarish 9,4 ming donadan 5,8 ming donaga, traktorlar 26,4 mingdan 21,1 ming donaga, ekskavator-lar 1576 donadan 964 donaga kamaydi.
Markaz tomonidan olib borilgan iqtisodiy siyosatdan ko’zlangan maqsad soxta «ixtisoslashtirish» vositasida barcha respublikalarning xalq xo’jaligini bir-biriga sun'iy yo’llar bilan bog’lab tashlash, ularning ajralmasligini ta'minlashdan iborat edi. O’zbekiston sanoati, ayniqsa, mashinasozlik, xususan, traktor sanoati uchun tayyor de-tallarning aksariyat qismi boshqa hududlardan keltirilib, respublikamizda ularning hissasi atigi 2,2 foizni tashkil etardi.
Ittifoq mehnat taqsimotida O’zbekiston paxta yetishtirish va xom ashyo mintaqasi sifatida qabul qili-nishining o’zi ham respublika iqtisodiyotidagi bir yoqla-malikdan dalolat berardi. Xo’jalik yuritish tizimidagi bir yoqlamalik esa, o’z navbatida bir tomondan, ishsizlik-ning yuzaga kelishiga, ikkinchi tomondan, ijtimoiy beqarorlikning paydo bo’lishiga olib keldi.
Qayta qurish davrida O’zbekiston iqtisodiyoti va jahon.1985—199i-yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida paxta va u bilan bog’liq xo’jalik tizimi saqlanib qolaverdi. Bu hol paxtachilik komplekslari, yengil sanoatni rivojlan-tirishga ustuvor yo’nalish sifatida qaralganida ravshan ko’rindi. Pirovard natijada O’zbekistonda ishlab chiqa-rish vositalaridan ko’ra iste'mol mollari ishlab chiqarish-ga ko’proq e'tibor berildi. Respublika yengil sanoati esa, tabiiyki, uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlay olmadi. O’zbekistonni yengil sanoat respublikasiga aylantirishga urinish qayta qurish sharoitida yanada kuchaydi. Paxta, qorako'1, shoyi, pilla yetishtirib, Markaz qudratini oshirib kelgan O’zbekiston Moskva boqimandasi degan soxta yorliqqa ega bo’ldi.
80-yillarning o’rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini oshirish kabi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi. Ayniqsa, milliy daromad-ning o’sishi borasida ahvol og’ir edi. Masalan, 1986— 1987-yillarda uning o’sishi 10,7 foizgacha deb belgilan-gani holda, uning amaldagi holati 1,4 foizga arang yetdi.
Ushbu davrda O’zbekiston aholisi 6 foizga ortdi. Bu respublika aholisi jon boshiga daromad hajmi bo’yicha yana ortga ketganidan dalolat berardi. 1988-yilgi bunday ko’rsatkich umumittifoq ko’rsatkichidan 3 marta kam bo’ldi. Qayta qurish yillarida O’zbekistonning Markaz bilan iqtisodiy munosabatlaridagi ko’plab mavjud nomu-vofiqliklar yanada avj oldi. Masalan, 1986—1990- yillar-da respublikaning asosiy ishlab chiqarish fondlari 21 foizga yetdi, davlat byudjetidagi daromadlar esa 7 mlrd so’mga ko’paydi. Lekin iste'mol uchun sarflanadigan milliy daromad hajmi 4,3 mlrd so’mni tashkil etdi, xolos. Aholi sonining ortib borishi, unda yosh bolalar hamda faxriylar hissasining jiddiy ortishi ham aholi jon boshiga milliy daromad hajmining taqsimlanishida salbiy nisbatni yuzaga keltirdi.
O’zbekiston hududida katta hajmdagi va ko’p sonli Ittifoq vazirliklari tasarrufidagi korxonalar ham joylash-gan edi. Odatda, bunday korxonalar daromadlari shu respublika milliy daromadiga qo’shilishi lozim edi.Ammo Markazning ko’rsatmalariga asosan asosiy daro-mad markaziy vazirliklar ixtiyoriga jo’natildi. 1988-yilda O’zbekistondagi shunday korxonalar bor-yo’g’i mahalliy byudjetga 10 mln so’mgina mablag’ ajratdilar, xolos.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi ahvol ham juda achinarli edi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi yildan-yilga pasaya bordi. Masalan, 1985—1990-yillarda qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligining o’rtacha yillik hajmi har bir kishi-soat hisobida o’tgan besh yildagiga nisbatan jamoa xo’jaliklari va qishloq xo’jalik korxo-nalarida 1,5 foizga, davlat xo’jaliklarida esa 16,1 foizga kamaydi.
1985-1991-yillarda o’zbe-kiston iqtisodiyotida uning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham mu-him ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda shu narsani qayd etish lozimki, sobiq SSSR o’zining insonparvar davlat ekanligini namoyish etish maqsadida kplab mahsulot-larni beg’araz yordam shaklida boshqa davlatlarga in'om etardi. Masalan, 1985-yilda O’zbekistonda amalga oshi-rilgan mahsulot eksportining 65 foizi shunday in'om shaklida Hindiston, Afg’oniston, Mongoliya kabi davlat-larga jo’natildi.
80-yillar o’rtalaridan O’zbekiston importi va eksportida ayrim ijobiy o’zgarishlar ham yuz bera bosh-ladi. Ayni paytda, O’zbekiston endi asosiy e'tiborni ilg’or davlatlar bilan tashqi aloqalarga qarata bordi. Xususan, 1987-yilda O’zbekiston eksportining hajmi 32522 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, shundan 515,1 ming so’mi Yaponiya va Turkiyaga to’g’ri kelardi. O’zbekiston eksportida paxta tozalash korxonalari uchun asbob-usku-nalar, to’qimachilik stanoklari, ekskavatorlar, kompres-sorlar, elektr kranlari, paxta, qorako'1 kabilar ustuvor xarakterga ega edi.
Umuman, 1991-yilda O’zbekiston eksportining 79 foizini xom ashyo mahsulotlari, 11 foizini mashinalar, texnika vositalari, asbob-uskunalar, 6 foizini xalq iste'mol mollari, 4 foizini oziq-ovqat mahsulotlan tashkii etdi. Bu ko’rsatkichlar 80-yillar boshlaridagi raqamlar-dan biroz ko’p edi. Eng muhimi eksportning geografiyasi kengaya bordi. O’zbekiston eksportida xom ashyo mah-sulotlari ko’proq o’rin egallardi. Ayni paytda, undan keladigan foyda ham asosan Markazning umumiy byud-jetiga tushar edi.
Umuman, 1985— 1990-yillarda O’zbekiston iqtisodi-yotida 70-yillar boshlarida avj olgan iqtisodiy turg’unlik yana kuchaydi. Bunga O’zbekiston hududida joylashgan industriyaning haddan tashqari markazlashuvi ham ta'sir qildi. Xususan, respublika hududining 5 foizida 65 foiz sanoat korxonalari joylashgan edi. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi ham sust bo’lgan. Masalan, sanoatda qo'l kuchi mehnati 48,7 foizni, qurilish kompleksida 51 foizni, yengil sanoatda 50 foizni, oziq-ovqat sanoatida 45,5 foizni tashkil etgan.
Bu hol oxir-oqibatda qayta qurishning iqtisodiy soha-da barbod bo’lishiga olib keldi. Iqtisodiy islohotlar, malumki, 1987-yilda e'lon qilindi. Biroq 1986-1987-yillar mobaynida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, sog’-lomlashtirish bo’yicha birorta ham samarali yo'1 izlan-madi. Bozor munosabatlariga o’tish esa quruq gap bo’lib qolaverdi. Mulkchilik shakllarini o’zgartirmasdan, iqti-sodiy raqobatni kuchaytirmasdan, iqtisodiy qonunlarga keng erk bermasdan bozor munosabatlariga o’tib bo’lmas edi. Shuning uchun ham 1990-yilgacha qayta qurishning maqsadi sun'iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo’lib qolaverdi. Shu bilan birga, byud-jet xarajatlarining daromadlar hajmidan ortib ketishi pul-ning qadrsizlanishiga olib keldi. O’zbekiston iqtisodi-yotining inqirozga uchrashiga hali kuchli tarzda davom etayotgan xo’jalik yuritishning ma'muriy usullari, iqti-sodiyotning siyosiy mulohaza va eskicha yo’llar bilan boshqarilishi, yangi qiyinchiliklar (xom ashyo yetish-masligi, ommaning iqtisodiy «islohotlar»ga ishonmasligi) ham ta'sir qildi.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston iqtisodi-yotiga jiddiy salbiy ta'sir etgan holatlardan yana biri
1984—1989-yillardagi qatag’onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo’ldi. Bu davrda xo’jalik yuritish san'a-tini yuksak darajada o’rgangan minglab rahbarlar, mutaxassislar qamaldi, ishdan olindi, ular keyinchalik amaliy faoliyat ko’rsatishga qodir bo’lmay qoldilar. O’zbekiston iqtisodiyotida kadrlar, mutaxassislarga muh-tojlik sezildi.
Markaz ittifoqdosh respublikalarni iqtisodiy inqiroz-dan chiqarish imkonini qidirmadi. 1990-yilgacha mam-lakatda ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan, mamlakat-ni inqirozdan saqlab qoluvchi davlat dasturi yo’q edi. 1990-yil o’rtalaridan boshlabgina O’zbekistonning yangi siyosiy rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqiroz-dan olib chiqish, bozor munosabatlariga o’tish uchun jiddiy harakat boshladi, buning umumdavlat dasturini tayyorlashga kirishildi. Uning asosiy tamoyillari esa respublika iqtisodiyotidagi bir tomonlama rivojlanishni bekor qilish, xo’jalik yuritishda o’z milliy xususisiyatla-rini e'tiborga olgan holda andozalarni o’rganish, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish, mulkchi-likning turli shakllarini joriy etishdan iborat edi.
Savol va topshiriqlar
1. Qayta qurish davrida O’zbekistondagi iqtisodiy holat qan-day edi?
2. Bu davrda O’zbekistonning sobiq SSSR iqtisodiy hayotida tutgan o’rni haqida so’zlab bering.
3. Xalq xo’jahgini soxta «ixtisoslashtirish» deganda nimani tushunasiz?
4. o’zingiz yashab turgan hududda «paxta ishi» bilan asossiz ravishda qatag'on qilingan kishilarning nomlarini aniqlang.
5. Qayta qurish davrida O’zbekistonning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari qay ahvolda edi?
64-§. O’zbekistonning MUSTAQILLIGI YO’LIDAGI DASTLABKI QADAMLAR. PREZIDENTLIK BOSHQARUVINING JORIY ETILISHI.
Qayta qurish va mustaqillik g’oyasi .I. Kari movning mamlakat rah bar, etib saylanishi.
80-yillarning o’rtalarida boshlangan qayta qurish jamiyat hayotida jiddiy o’zgarishlarni xususan, O’zbekiston haddan tashqari o’zgarib ketdi. Qayta qurish, jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o’zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Pirovard natijada u mustaqillik, istiqlol g’oyalarining ustuvor ahamiyatga ega bo’lishiga olib keldi. Mustaqillik, istiqlol kabi muqaddas so’zlar avval juda ehtiyotkorlik bilan e'tirof etilsa, so’ngra u ochiq-dan-ochiq amalga oshirilishi shart bo’lgan muammo sifatida kun tartibiga qo’yildi. Ozodlik g’oyasi 80-yillar o’rtalarida millatchilik, SSSRni ichidan turib qo’porish tarzida baholangan bo’lsa, u 90-yillar arafasiga kelib obyektiv zarurat, ijtimoiy burch ma'nosida tushunildi.
Shu ma'noda qayta qurish SSSRning parchalanishini tezlatuvchi omil sifatida baholanishi mumkin. Ayni payt-da, mustaqillik g’oyalari aynan 80-yillar o’rtalaridan paydo bo’la boshladi, deyish ham xatodir. Istiqlol g’oyasi O’zbek xalqining ming yillik tanxida eng muqaddas tuyg’u sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. O’zbek mil-lati ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida istiqlol, erk har doim ustuvor bo’lgan. Siyosiy ta'qiblarga asoslangan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida ham millatparvar va erkparvar ziyolilarimiz xalqning alamli dardi, hasrati-ni bayon etganlar. Ammo uni oshkor ravishda, baralla bayon etish imkoni 80-yillarning ikkinchi yarmidagina vujudga keldi.
Mustaqillik uchun kurash har bir sohada avj oldi. Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, madaniy jabhalarda istiqlolga erishish harakati SSSRni titratdi, uning kuchli zanjirlari uzilishiga olib keldi. Sobiq SSSRning vaqtin-chalik rivojlangan davrlarida ham G’arbdagi sovetshunoslar adolatsizlik, qo’rqitishlarga asoslangan bunday rejimning poydevori mustahkam emasligini ta'kidlagan, uning albatta parchalanib ketishini bashorat qilgan edi-lar. Haqiqatdan ham shunday bo’ldi.
Markaz jilovni qo’ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda o’zbe-kiston xalqi, hukumati mustaqillik uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Bu o’rinda O’zbekiston Kom-partiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anju-manda LKarimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tut-gan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an'analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.
Yana shu narsa e'tiborga molikki, O’zbekistonning yangi siyosiy hukumati 8—10 yil mobaynida O’zbeklar va O’zbekiston boshiga ag’darilib kelingan malomatni yuvib tashlashga qafiy ahd qildi, xalqimiz hamda davlatchilik siyosatimiz tarixini, hozirini qadrlash', hurmatlashni joyiga qo’yishdan iborat vazifani baja-rishga kirishdi.
O’zbekistonning yangi huku-mati avval Markaz bilan bo’ladigan munosabatlarning tub mohiyatini o’zgartirmas-dan yurtimizda tom ma'-nodagi ijobiy siljishlarga erishish mumkin emasligini anglagan bo’lsa, keyinchalik respublikaning to’liq mustaqilligiga erishmasdan xalq-ning manfaatlarini himoya qilib bo’lmasligini tushundi. Bu esa O’zbekistonning Markaz oldiga qo’yayotgan qafiy talablari, ayniqsa, Ittifoq xalq xo’jaligi tizimida respublikaning haqiqiy o’rnini belgilash, tashqi iqtisodiy sohada mustaqillikka erishish, xalq ijtimoiy-siyosiy muammolarini yuqorining aralashuvisiz hal etish, madaniy-mafkuraviy masalalarini milliy o’zlik, zaminga tayangan holda ado etishda yaqqol ko’rindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |