Ibn Sino (980-1037) у
Вuxoro yaqinidagi Afshona degan qishloqda tug’ilgan, 10 yoshida Qur’oni Karimni yod olib, 16 yoshida barcha bilimlarni egallaydi. U ensiklopedik olim bo’lib, g’arbda Avisina nomi bilan mashhur tabib sanaladi. «Tib qonunlari» asari tibbiyotda hozirgacha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Uning tabiatshunoslikka oid asarlarida «Donishnoma», «Miyar al - akul» (Aqmar o’lchovi) asosan Aristotel va Geron Aleksandriyskiy asarlari asos qilib olingan.
Ibn Sino oddiy mexanik moslamalarning tuzilishi va ishlashini asoslab beradi.
Boshqa olimlardan farqi o’laroq Ibn Sino ushbu oddiy mexanik moslamalarni birgalikda ishlatish orqali kuchdan katta yutuq berishlik g’oyasini yaratadi. Ibn Sino asarlarida Ona zaminimizda foydalanib kelingan tegirmon, objuvoz, o’g’ir (sholini tuyadigan moslamalar), charxpalak (suv ko’targich asbobi) omoch va hokazolar tuzilishi va ishlatish yo’llari yoritib berilgan. Bizning ota-bobolarimiz tomonidan Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa ko’pgina qadimiy shaharlarimizda bunyod etilgan osmono’par minora-yu, imoratlar, ulkan jome masjidlari qurilishida mexanik moslamalardan mohirona foydalanib kelishgan. 1-5 rasmlarda ushbu moslamalarning ayrimlarining tuzilishi keltirilgan. Ibn Sino mexanikaning dinamika masalalariga doir ham ilg’or g’oyalarni ilgari surgan. U asosan Aristotel nazariyasiga asoslansa-da, ammo uning ba’zi fikrlariga qo’shilmagan. Ibn Sino yunon olimi I.Filopon g’oyasini rivojlantirib, mexanik harakatning sababi havoning ta’siri emas, balki jismga berilgan «impetus» («mayl») deb ta’kidlaydi. U o’zining «Kitob ash-shifo» asarida jismlarning harakatiga sabab unga qo’yilgan kuch (quvvat) va «mayl» jismni harakati davomida havoning qarshiligini yengish uchun isrof bo’la boradi, deb aytadi. Ibn Sino inersiya to’g’risida ham ilg’or fikrlarni bayon etadi. Harakatni u uchga bo’ladi: psixik, tabiiy va majburiy. Ibn Sino bo’shliq bo’lishini rad etadi va jismlarga havoning qarshiligi bo’lmasa harakatini cheksiz davom ettirishi mumkin edi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlari bilan u inersiyaning saqlanish qonuniga juda yaqin g’oyani ilgari suradi. U issiqlik hodisasini jismlar zarralari harakati orqali tushuntiradi. Optikaga doir qarashlarni u ko’z fiziologiyasi asosida tushntirishga harakat qilgan. Ibn Sino fizik hodisalarni Aristotel g’oyalari asosida izohladi va jismlar tasviri gavhar yordamida ko’rish nervlariga fokuslanadi, deb tushuntiradi. Ushbu qarashlari orqali Ibn Sino inson ko’zida buyum tasviri hosil bo’lishining zamonaviy tasavvuriga juda yaqin keladi.
Ibn Sinoning mexanika, optika va termodinamika sohalarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalari klassik fizika shakllanishiga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |